E qosimov, M. Akbarov


Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə41/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156
Ishqalanishga chidamliligi va eskirishi. Tabiiy toshlar pardozlash ishlarida, polbop taxtalar va zinapoya kabi buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan xillari esa yuqori mustahkam, ishqalanishga chidamli bo‘lishi kerak. Mayda kristall toshlar ishqalaganda ular juda silliq bo‘lib ketadi. Shu sababli, zinapoya va polbop taxtalar uchun o‘rtacha yiriklikdagi tabiiy toshlar ishlatiladi.
O‘tga chidamli tosh ashyolarning mineralogik tarkibi katta ahamiyatga ega. Tosh ashyolar tarkibidagi gips 200°C da, ohaktosh 900°C da buziladi. Granit va porfirlar yuqori haroratda (inshootlarga o‘t ketganda) kengayishi hisobiga yoriladi.
Qattiqlik. Tabiiy tosh ashyolarning qattiqligini aniqlashda Moosning qattiqlik shkalasidan foydalaniladi (3.7-rasm). Maxsus tanlab olingan 10 xil mineral qattiqlik shkalasida shunday joylashganki, navbatdagi mineral bilan o‘zidan oldingi mineralga chizilganda iz qoladi, lekin uning o‘ziga shu mineral bilan chizilganda iz qolmaydi.
Minerallarning qattiqligini aniqlash uchun tekshirilayotgan minerallarning silliq yuzasiga shkalada ko‘rsatilgan minerallarning hammasi bilan (yumshoq mineraldan boshlab) chizib ko‘riladi. Bunda sinalayotgan namunada qaysi mineral bilan iz qoldirilganligini bilish kerak. Masalan, tekshirilayotgan apatit bilan chizganda unda iz qolsa va namunaning o‘zi plavik shpatda iz qoldirsa, tekshirilayotgan mineralning qattiqlik ko‘rsatkichi 4,5 bo‘ladi.
Zararli muhitga chidamliligi. Tog‘ jinslari atmosfera ta’sirida undagi fizik-mexanik jarayonlar, haroratning o‘zgarishi, suv va muz ta’sirida asta-sekin buzila boshlaydi.
Muhit va yer osti suvlari tarkibida har xil moddalar — karbonat angidrid, sulfatlar, organik birikmalar bor. Agar tog‘ jinslariga shu moddalar ta’sir etsa, uning tarkibi asta-sekin o‘zgara boradi va murakkab fizik- kimyoviy jarayonlar ro‘y beradi. Jinsdagi oksidlanish, karbonizatsiyalanish kabi jarayonlar uning kimyoviy buzilishini tezlashtiradi.
Tog‘ jinslarning atrof muhit ta’sirida buzilishi uning yemirilishi deyiladi. Jinslarning yemirilishga chidamliligi ularning tarkibiga, tuzilishiga va tabiatning ta’sir etuvchi omillariga bog‘liq.
Bino va inshootlarni qurishda ishlatiladigan tabiiy tosh ashyolarini yemirilishdan va fizik-kimyoviy jarayonlar ta’sirida buzilishdan saqlashning quyidagi usullari keng qo‘llaniladi:

  • sirti silliqlangan va pardozlangan toshlarni ishlatish;

  • tosh sirtida yomg‘ir va qor suvlarining ushlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • tosh sirtiga kimyoviy usullar bilan ishlov berish va hokazo.

Kimyoviy usullar bilan ishlov berishda tabiiy toshning sirtiga kimyoviy moddalar shimdiriladi. Modda toshdagi minerallar bilan birikib, tosh sirtidagi g‘ovaklarni to‘ldiradi. Natijada, ashyoning mustahkamligi, sovuqqa hamda kimyoviy eritmalar ta’siriga chidamliligi ortadi va suv shimuvchanligi kamayadi.



Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin