E qosimov, M. Akbarov


TOG‘ JINSLARIDAN PARDOZBOP



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə42/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156
TOG‘ JINSLARIDAN PARDOZBOP
BUYUMLAR TAYYORLASH
Tosh buyumlar va qismlarni tayyorlashda quyidagi texnologik bosqichga rioya qilinadi:

  1. yaxlit jinsdan yirik blokni kesish;

  2. blokning sirtini ishlash;

  1. blokni alohida buyum yoki tosh taxtalarga bo‘lish;

  2. buyum yoki tosh taxtalarga kerakli shakl berish va ular sirtini pardozlash.

Tosh kesuvchi mutaxassislarning tajribasi shuni ko‘rsatdiki, tog‘ jinslarini tanlash va qayta ishlash aniq qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Bu qonuniyatlar qanday qismlar tayyorlanishiga qarab yaratiladi. Masalan, bino va inshootlarning pastki qismlarini pardozlashda ishlatiladigan toshlar mustahkam jinslardan —granit, diorit, gabbro va labradoritdan tayyorlanishi kerak. Yuqori qismlar esa uncha mustahkam bo‘lmagan jinslardan — ohaktosh, marmar, dolomit va hokazolardan tayyorlanishi mumkin.
Hozirgi kunda bino va inshootlarni pardozlashda qimmatbaho toshlar — labradorit, gabbro va shu kabilar juda kam ishlatilmoqda. Tabiiy toshlarning rangi va teksturasi bino va inshootlarning arxitekturasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, gabbro, granit, diorit va boshqa to‘q rangdagi pardozbop toshlar ishlatilgan binolarning fasadi och rangdagi pardozbop toshlar — ohaktosh, marmar va travertinlarga qaraganda ko‘rimli va savlatlidir. Shuningdek, och-kulrang dolomit bilan qora diabazning fasadni pardozlash uchun birga ishlatilishi g‘amgin holatni ifodalovchi ko‘rinish beradi. Agar pardozbop toshlarning yuzasi oynadek yaltiroq va silliqlangan ko‘rinishga ega bo‘lsa, bino fasadining yaxlit va ko‘rimli bo‘lishi uchun toshlar orasidagi choklar eni 4 mm dan kam qilinadi.
Pardozbop toshlar teksturasi. Pardozbop toshlarning ko‘rimliligi va xossalarini baholashda uning teksturasi (tashqi ko‘rinishi) muhim ahamiyat kasb etadi (3.8-rasm).
Bunda jinsda minerallarning joylashishi (qatlamliligi va h.k.), g‘ovakliligi, yoriqlar mavjudligi toshlar teksturasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, cho‘kindi va metamorf tog‘ jinslari (ohaktosh, marmar va h.k.) qatlamli ola-bula ko‘rinishga ega. Bunday jinslar uzoqqa chidamli bo‘lmaydi, turli chang va suvlar ta’sirida buzilishi mumkin. Katta o‘lchamli kavakka ega bo‘lgan traverin toshlari yomg‘ir ta’sirida to‘qroq ko‘rinishga o‘tishi mumkin.
Tabiiy toshlarning teksturasi ularni tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq. Me’moriy kompozitsiyalarni yaratishda pardozbop toshlar teksturasi juda muhim ahamiyatga ega. Masalan, qatlamli teksturalar binolarning ko‘rimliligini oshiradi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin