E qosimov, M. Akbarov


Ayrim qurilish ashyolarining g‘ovakliligi



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə5/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Ayrim qurilish ashyolarining g‘ovakliligi
Birinchi guruhdagi ashyolar konstruksiyabop, oxirgisi esa is-siqlikni saqlovchi ashyolar sifatida ishlatiladi. G‘ovak ashyoning to‘la suvga shimilishi uchun sarflangan suv og‘irligi shu ashyoning quruq holatidagi og‘irligiga bo‘lgan nisba-ti orqali ifodalanadi. G‘ovaklarning suvga to‘la qondirilgan holati ashyoning hajmiy suv shimuvchanligi deb ataladi. Odatda, g‘ovaklarning hammasi suv bilan to‘lmasligi sababli ashyoning suv shimuvchanligi uning absolyut g‘ovakligidan kam bo‘ladi. Chunki ashyolardagi kichik (0,0001 mm dan 0,001
mm larga teng bo‘lgan) g‘ovaklarga normal atmosfera bosimida suv kirmaydi.
Ashyoga to‘la shimdirilgan suv hajmining undagi g‘ovaklar hajmiga nisbati shimilish koeffitsienti deb ataladi. Ashyolarning suv shimuvchanligini aniqlash uchun ularning quruq va to‘la suv shimdirilgan holatdagi og‘irlik farqini bilish kifoya.
Suv shimuvchanlikni aniqlashda ashyolarni asta-sekin suvga cho‘ktirish, qaynatish va bosim ostida sinash usullari bor.
Jismning havodagi namlikni o‘ziga yutish xususiyati havodan namlanish (gigroskopiklik) deb ataladi. Gigroskopiklik grekcha so‘z bo‘lib, «namlikni kuzataman» deganidir. Qattiq va sochiluvchan ashyolar atrof muhitdan namni o‘ziga tortadi.
O‘zgarmas bosim ostida ashyoning havoyi nam holatidagi og‘irligining quruq holdagi og‘irligiga nisbati shu ashyoning havodan namlanish xususiyatini ifodalaydi. Ashyoning havodan namlanish darajasini aniqlash uchun namuna havoning namligi 100% bo‘lgan xonada bir necha soat saqlanadi. So‘ng namunaning quruq va havoyi nam holatdagi og‘irliklar farqidan, uning havodan qancha nam yutgani aniqlanadi.
Ashyolarning suv shimuvchanligi bilan havoyi namlik ko‘rsatkichlarining ortishi, ularning xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ashyo suvga to‘la to‘yinganda uning mustahkamligi va chidamliligi kamayadi, zichligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va egiluvchanligi esa ortadi.
Suvga chidamlilik. Ashyoga muttasil yoki vaqti-vaqti bilan suv ta’sir etganda, uning texnik xususiyatlari o‘zgarmasa, bu ashyo suvga chidamli deb ataladi. Ayrim ashyolar, masalan, xomg‘isht namlansa,
mustahkamligi kamayadi va o‘z shaklini o‘zgartiradi. Oddiy gipsdan tayyorlangan buyumlarga ham suv ta’sir etsa, ularning mustahkamligi kamayadi.
Ashyo g‘ovaklarining yuzasi gaz va suv molekulalarini adsorbsiya (molekulalarni yuzaga botib kirishi) qiladi va namlanadi. Namlanish ashyoning tabiiy tarkibiga va uning tuzilishiga bog‘liq. Agar ashyo, tabiatan o‘ziga suv molekulalarini faol sur’atda yutsa — uni gidrofil (namlanuvchan) yoki suv molekulalarini o‘zidan qochirsa — gidrofob (namlanmaydigan) deb ataladi. Ashyolarni, ayniqsa maydalangan xillarini nam o‘tmaydigan holatda saqlash kerak. Aks holda uning namlanishi natijasida kukun bog‘lovchi moddalar zarrachalarining faolligi kamayadi.
Namlik. Ashyoning namligi uning g‘ovaklaridagi suv miqdori bilan o‘lchanadi. Ashyoning nam va quruq holatidagi og‘irliklari orasidagi farqni 100 ga ko‘paytirsak, uning namlik darajasini (%) aniqlagan bo‘lamiz. Ashyolarning namligi ortishi bilan bog‘lovchi modda zarrachalari orasidagi yopishish kuchi susayadi, binobarin, uning mustahkamligi kamayadi.
Ashyoning suvga shimdirilgan yoki 100% nam holatidagi mustahkamligining (Rshim) quritilgan holatidagi mustahkamligiga (Rqur) nisbati yumshash koeffitsienti (Kyum) deb ataladi, ya’ni Kyum Rshim / Rqur. Bu koeffitsient 0—1 oralig‘ida o‘zgaradi.


Kyum Rshim/Rqur
Ashyoning yumshash koeffitsienti 0,8 dan ortiq bo‘lsa suv va namga chidamli, undan kam bo‘lsa chidamsiz deb yuritiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin