E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə3/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Plastik ashyolar — kuch, harorat yoki suv ta’sirida qayta ishla-nish xususiyatiga ega bo‘lgan ashyolar (gil, bitum, mis, qo‘rg‘oshin, va h.k.).
Elastik ashyolar — unga ta’sir etayotgan kuch olingandan so‘ng o‘z shakliga qaytadigan ashyolar (rezina, po‘lat va yog‘och).
Mo‘rt ashyolar — ta’sir etayotgan kuch natijasida o‘lchami va shaklini o‘zgartirmay qo‘qqisdan buzilish xossasiga ega bo‘lgan ashyolar (shisha, cho‘yanning ayrim xillari, g‘isht va h.k.).
Mustahkam (granit, temir, yog‘och) va mustahkamligi juda past (chig‘anoq tosh, somon, xomg‘isht va h.k.) ashyolar.
Qattiq (cho‘yan, granit va h.k.) va yumshoq (yog‘och, bitum va h.k.) ashyolar.
Suv, kislota, ishqor, issiq-sovuq, hamda fizik-kimyoviy jarayon ta’siriga chidamli (klinker va h.k.) va
chidamsiz (xomg‘isht) ashyolar.
Muhofazalovchi ashyolar — issiqlik o‘tkazmaydigan (mineral paxta, jun, g‘ovaksimon asbest buyumlar), tovush yutuvchi (pemza, qatlamli shisha-paxta, fibrolit), suvga chidamli (bitum, ruberoid, tol) va elektrdan muhofazalovchi (rezina, chinni, marmar) xossalarga ega bo‘lgan ashyolar.
Qurilish ashyolari va buyumlarining xossalarini tabiatiga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘lish mumkin — fizik, mexanik va kimyoviy. Mahsulotlarning sifatini baholashda, uning ichki tuzilishi xossalari bilan bog‘liq qonuniyatni o‘rganishga doir ilmiy tekshirish ishlari maxsus tajribaxonalarda aniqlanadi.
Ashyolarning fizik xossalariga quyidagilar kiradi: zichligi, g‘ovakligi, bo‘shlig‘i, nam yutuvchanligi, suv shimuvchanligi, bug‘ va gaz o‘tkazuvchanligi; issiqqa, yuqori haroratga, alangaga, sovuqqa va radiatsiyaga chidamliligi, tok o‘tkazuvchanligi, tovush yutuvchanligi, tovushdan muhofazalash va h.k.
Ashyolarning mexanik xossalari deganda, tashqi kuch ta’sirida ularning egilishga, bukilishga, siqilishga bo‘lgan qarshiligini tushunmoq lozim. Bunga mustahkamligi (siqilishga, cho‘zilishga, egilishga, ishqalanishga, zarbga, buralishga va h.k.), qattiqligi, deformatsiyalanishi, mo‘rtligi, yumshoqligi, oquvchanligi, siljishi, kirishishi va hokazolar kiradi.
Ashyoga kimyoviy zararli muhit ta’sir etganda ro‘y beradigan reaksiya jarayoniga va buzilishga qarshilik ko‘rsatishi, uning kimyoviy xossasini ifodalaydi. Masalan, ashyolarni tuz, kislota, ishqor va ularning eritmalari ta’siriga chidamliligi va h.k. Bulardan tashqari, qurilish ashyolarining biologik xossalari, ularni zamburug‘lar, mikroorganizmlar, qurt-qumursqa va qo‘ng‘izlar ta’siriga chidamliligini ifodalaydi.
Pardozbop ashyolar tajribaxona sharoitida chidamlilikka, deformatsiyalanishga, ishqalanishga va issiqqa bardoshlilikga, hamda boshqa xossalarga sinab ko‘riladi. Qurilish ashyolari va buyumlarning xossalarini o‘rganishda asosiy o‘lcham birliklari to‘g‘risida mukammal tasavvurga ega bo‘lmoq kerak. Ashyolarning uzunligi, eni, qalinligi va bo‘yi — mm, sm hamda metrda ifodalanadi. Yuza maydoni, ashyoning yoki buyumning kesimi — sm2 va m2 da, hajmi — sm3, litr, m3 da, og‘irligi — g, kg va tonna bilan ifodalanadi. Darslikdagi barcha o‘lcham birliklari Xalqaro o‘lcham tizimi (CИ) va standartlar talablariga mosdir.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin