Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot
Yer egaligi munosabatlari. Ilk o'rta asrlardayoq ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o'zgarishlar yuz berdi. Vohalarda yirik sug'orish inshootlari barpo etilib, yangi yerlar o'zlashtirish ishlari kengayib bordi. Yangi yerlarni o'zlashtirish ishlariga urug' boshliqlari, qishloq oqsoqollari boshchilik qiladi. Shu bois, ular o'zlashtirilgan yerlarni katta qismini, sug'orish inshootlari yonidagi yerlarni egallaydilar. Shu tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi, ular bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydilar. O'sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlarning shaharlarda hashamatli uylari, qishloqlarda esa qo'rg'onlari bo'lib, xizmatkor-cho'rilargaqo'riqlovchichoparlarga ega bo'lgan.
V asrda obikor yerlarning asosiy qismi hali qishloq jamoalari-ning qaramog'ida edi. Qishloq jamoalarida yashab, yer va suvdan iborat umumiy mulkda o'ziga tegishli yerlari bo'lgan erkin ziroatchilar kashovarzlar deyilar edi. Ularning bir qismi o'ziga tegishli yerlaridan mahrum bo'lib, bora-bora Kadivarlarga aylanib borganlar. Kadivarlar dehqonlar yerini ijaraga olib ishlashga majbur bo'ladi va dehqonlarga qaram tabaqaga aylanadilar. Shu tariqa, qishloq ahli uch tabaqaga bo'linadi.
Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi pirovardida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo'lidagi xalq harakatlari, g'alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. VI asr birinchi choragida Eronda boshlanib, O'rta Osiyo hududida ham keng tarqalgan Mazdak qo'zg'oloni buning yaqqol namunasidir. Mazdakchilar «Z» harfi bilan boshlanadigan 4 narsaning aholi o'rtasida teng baham ko'rilishini yoqlab chiqqandilar: Zamin (yer), Zar (oltin, boylik), Zo'rlik (kuch-hokimiyat) va Zan (xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu xil g'oyalardan shuni anglash mumkinki, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o'ringa qo'yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o'rtasida barovar taqsimlashni talab qilganlar. Ular davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning daxlsizligi va qonuniy huquqlarini himoya qilinishini, ayollar tengligini yoqlaganlar. Biroq o'sha davrda, sinfiy tabaqalanish tobora kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g'oyalarining tantana qilishi yohud hayotga tatbiq etilishi mumkin emas edi. Shu bois ham, Mazdak qo'zg'oloni tez orada hukmron tuzum kuchlari tomonidan bostirildi. Mazdak va lining ko'plab tarafdorlari qo'lga olinib qatl etildi. Shunga qaramay Eron va Turon aholisining keng qatlamlari orasida Mazdak g'oyalari saqlanib, ularning haq, adolat yo'lidagi kurashlariga xizmat qildi.
Eftaliylar davrida aholining katta qismi ko'chmanchi chorvadorlar bo'lib, ular chorvachilik, yilqichilik bilan shug'ullangan. Suv havzasi, daryo bo'ylariga yaqin hududlarda dehqonchilik rivoj topib bordi. Jumladan, Xorazm, So'g'd, Chag'oniyon va Toshkent vohasida dehqonchilik madaniyati salmoqli o'rin tutgan. Darg'om, Zog'ariq, Bo'zsuv kanallari singari suv inshootlari dehqonchilik tarmoqlarini rivojlantirishga xizmat qilgan.
Bu davrda yangi tipdagi ko'rkam va gavjum shahar-qal'a ko'rinishidagi aholi manzilgohlari vujudga keladi. Xorazmdagi Berkutqal'a, Bozorqal'a, Toshkentdagi Oqtepa mavzeilari shular jumlasidandir. Bir necha oilalardan tashkil topgan mazkur manzilgohlar qo'rgbonlar, qalin paxsa devorlar bilan o'ralgan. Ularda hukmron tabaqa kishilariga xos hashamatli, bezakli ark-qasrlar, ko'p xonali binolar bilan birga oddiy fuqarolarga mos qilib qurilgan sodda ko'rinishdagi turar joylar ham o'rin olgan. Eftaliylar poytaxti Poykand o'z davrining eng ko'rkam, obod shaharlaridan sanalgan. Bu yerda hunarmandchilik, savdo-sotiq, qurilish ishlari ancha rivojlangan. Shahar Buyuk Ipak yo'lida joylashganligidan, unda turli mamlakatlarning savdo karvonlari xilma-xil mollari bilan kelib savdo qilganlar. Buning uchun shaharda ko'plab bozoru rastalar, karvonsaroylar mavjud bo'lgan. Mamlakatning savdo-sotiq ishlarida Eronning tanga pullari bilan bir qatorda buxorxudotlar tangasi, So'g'diy va Xorazm tangalari ham keng muomalada yurgan. Eftaliylar Eron, Hindiston, Xitoy va uzoq Vizantiya davlatlari bilan ham qizg'in savdo-sotiq aloqalarida bo'lganlar. Bu esa ularga foyda, manfaat keltiribgina qolmay, ayni chog'da o'sha davlatlar bilan o'zaro yaqin-lashuvlarida muhim rol o'ynagan.
Eftaliylar davrida madaniyat ham o'sdi. Varaxsha shahri obidalari, Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan saroy, uning devorlariga ishlangan betakror tasvirlar, o'ymakorlik va ganjkorlik namunalari -bular ajdodlarimiz yuksak badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir.
Bu davrning moddiy madaniyatiga oid yodgorlik sifatida Xorazmdagi Tuproqqal'a to'g'risida bir qadar ma'lumot keltirib o'tish joizdir. Uning tuzilishi to'g'ri burchakli bo'lib (500x 360 m), gumbazsimon yo'lakli va burjli mudofaa devori bilan o'ralgan. Devorning janubiy qismidagi darvozadan ibodatxona tomon asosiy ko'cha o'tgan. Ko'ndalang tushgan ko'chalar shaharni 10 ta mavzega boigan. Tuproqqal'aning shimoli-g'arbiy qismida maxsus ko'tarma supa ustiga xom g'ishtdan saroy qurilgan. Unga yonma-yon arkbinosi joylashgan. Bundan tashqari 100 ga yaqin turarjoy, xo'jalik binolari va 8 ta saroy zali mavjud bo'lgan. Qai'aning janubi-sharqiy burchagidagi 4 ta xonada teri va yog'ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan ortiq hujjatlartopildi.
Bu davrda o'lkamizda yozuv madaniyati ham rivoj topgan. Aholi o'rtasida keng tarqalgan So'g'd yozuvi bilan birga undan bir qadar farq qiluvchi xorazm va eftaliy yozuvlari ham qo'llanilgan. Bu yozuvlarda ajdodlarimizning tarixi, taqdiriga oid ko'plab qimmatli bitiklar, ma'lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, eftaliylar davri qo'shiqlari va eposlari A.Firdavsiyning mashhur «Shohnoma»sida ham o'z ifodasini topgan.
Sharqda qadimdan nishonlanib kelingan Navro'z va unga xos xalq marcsimlari Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda va hududlarda keng bayram qilingan. Eftaliylar shaharlarida mangu olov uylari -otashkadalar bo'lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas maskanlari sifatida aholi tomonidan ziyorat etilgan. Xullas, Eftaliylar davrida o'lkamiz odamlari o'ziga xos boy madaniy va ma'naviy turmush tarzini yaratib, undan bahramand bo'lganlar. Ayni chog'da. ular o'zlaridan keyingi avlodlar uchun ham munosib iz qoldirganlarki, bunga ularning davriga oid turli hududlardan topilgan ko'plab noyob topilmalar, osori atiqalar guvohdir.
Dostları ilə paylaş: |