18.2.1. Ish bo‘yicha suhbat
Ish bo‘yicha suhbat — ish muammolarini hal etish yoki ularni hal etishga konstruktiv yondoshishni ishlab chiqish uchun kerakli vakolatlarga ega bo‘lgan suhbatdoshlarning so‘zlashuv muloqoti.
Ish bo‘yicha suhbatlar samarasi va natijasi oldindan rejalashtirilgan maqsadli yo‘naltirilgan kommunikatsiyani ifodalaydi. Ish bo‘yicha suhbatlarga ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishdagi suhbatlar, nizoli vaziyatlarni muhokama qilish va hokazolar misol bo‘la oladi. Yozma muloqotning (xatlar, bildirgilar va tushuntirish xatlari) ish shakllariga nisbatan og‘zaki kommunikatsiyalarning afzalliklari „qaytar aloqa“ning tezkorligi, ya’ni suhbatdoshning gaplariga tezlik bilan aks ta’sir etish va ularning o‘ziga qarab yondoshish imkoniyati bilan bog‘liq.
Ish bo‘yicha suhbatlarni bir nechta turlarini ajratish qabul qilingan:
reglamentlangan (masalan, ishga qabul qilishda — ma’lum namuna — reglament bo‘yicha suhbat o‘tkazish).
Rahbarning ishida kadrlarni tanlash o‘ta muhim masaladir. Vakant o‘ringa eng yaxshi nomzodni tanlash bo‘yicha suhbatlarni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun, bir qismi suhbatdan oldin, bir qismi suhbatdan keyin to‘ldiriladigan formularni oldindan tuzib chiqish tavsiya etiladi (18.1- chizma).
Maqsadli yo‘naltirilgan, masalan intizom bo‘yicha suhbat. Bunday suhbatning asosiy vazifasi, unga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rgan holda, gunohkor hamkasabaning samarali ishlashi va bundan keyin o‘zini yaxshi tutishidan iboratdir. Ishonchliylik muhitining yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi: xodimni faqat qabul qilingan qarorning to‘g‘riligiga ishontirish emas, balki keyingi harakatlarning dasturini va uni amalga oshirish muddatlarini kelishish lozim. Ma’lum muddat o‘tganidan keyin takroran suhbat o‘tkazish zarur;
muammoli suhbat (masalan, aniq bir muammoni hal qilish uchun orttirilgan tajriba hamda bilimlarning yetishmasligi sababli o‘tkaziladigan va jamoa hamkorligining samaradorligini oshirishga qaratilgan suhbat).
Ish bo‘yicha suhbatni o‘tkazish muolajasi bir nechta asosiy bosqichlardan tarkib topadi:
I bosqich — tayyorlov bosqichi, unga maqsadni belgilab olish; sherikning manfaatlarini hisobga olgan holda muhokama etiladigan masalalarning doirasini aniqlash; sherik haqidagi taqdimnomalarni shakllantirish (shaxsning tavsifnomasi, xizmat mavqeyi, yon-atrofdagilari bilan munosabati, ularga ko‘rsatadigan ta’siri, jamoatchilik faoliyati, odatlari, qiziqishlari, bilimdonligi, xohish-istaklari, hayotiy nuqtayi nazari va boshqalar); suhbatni o‘tkazish joyi va vaqtini kelishish; maqsadga erishish strategiyasini va suhbatni o‘tkazish taktikasini ishlab chiqish (batafsil rejani tuzish);
II bosqich — asosiy, salomlashish va birinchi taassurotlarni anglab yetishdan boshlanadi. So‘ngra muammo muhokama qilinadi, bunda psixologik keskinlikning bo‘lmasligi, suhbatda ijobiy natijaga erishishning zaruriy sharti bo‘lib hisoblanadi.
III bosqich — xulosaviy, yakunlarni chiqarish.
Ish bo‘yicha suhbatning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi ko‘p jihatdan unga, mantiqiy faoliyatning bir nechta turlarini o‘z ichiga olgan tayyorgarlik ko‘rilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ish bo‘yicha suhbatlarning rejasini tuzish — bu mantiqiy bog‘langan sxemani yaratish deganidir, har qanday suhbat unga muvofiq tarzda ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Ish bo‘yicha suhbatning namunaviy ish rejasi quyidagi bandlarda tarkib topishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |