Ekologik faoliyatning asosiy yo’nalishlari vositalariga umumiy tavsif



Yüklə 174,07 Kb.
səhifə10/11
tarix02.01.2022
ölçüsü174,07 Kb.
#50934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
XULOSA

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishgach, atrof-muhit muhofazasi borasida yangi qonun va qarorlar qabul qilish uchun mezon va talablar ishlab chiqila boshlandi. Zero 1992-yil 9-dekabrda “Tabiat muhofaza qilish to’g’risida” gi qonun qabul qilinib, qonun mustahkamlanib, 1993-yil 29- yanvardan kuchga kirdi. Qonun 11 ta bob 53 ta moddadan iborat.

O‘zbekiston respublikasida quyidagi transportlar mavjud: yer usti transporti (transport, avtomobil, quvur yo‘llari), suv transporti (dengiz va daryo), havo transporti (aviatsiya). Vazifasiga ko‘ra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) transpo rtiga vaumumiy foydalaniladigan transportga bo‘linadi.

Atmosferaning (changlar, qurumlar, tutunlar va boshqa qattiq zarrachalar hamda zaharli gazlar bilan) ifloslanishi biosferaning barcha qismlari kabi, sayyoramiz suv resurslariga ham salbiy ta‘sir etadi. Atmosferaning ifloslanishi natijasida atmosfera havosi tarkibida bo‘ladigan ko‘pgina fotokimyoviy jarayonlar buziladi, kislotali yomg‘irlarining yog‘ishi, ozon qatlamining yemirilishi, o‘rmonlarining qurishi va boshqa salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi.



Bir kishi sutka davomida o‘rtacha 25 kg chang havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi zararli chang, qurum va zaharli gazlar kishi organizmida to‘planaveradi. Bu esa asta-sekin kishi organizmini zaiflashuviga olib keladi va oqibatda inson organizmi turli infeksiyalarga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmaydigan bo‘lib qoladi, oqibatda turli kasalliklarning, chunonchi astma, ko‘z kasalligi, jigar sirrozi, qon bosimi, rak, bronxit, o‘pka kasalligi, yo‘tal kabi kasalliklarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.


Yüklə 174,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin