2.3 Transport vositalaridan chiqayotgan zaxarli gazlarni atrof-muhitga va inson salomatligiga ta’siri.
Atmosferaning (changlar, qurumlar, tutunlar va boshqa qattiq zarrachalar hamda zaharli gazlar bilan) ifloslanishi biosferaning barcha qismlari kabi, sayyoramiz suv resurslariga ham salbiy ta‘sir etadi. Atmosferaning ifloslanishi natijasida atmosfera havosi tarkibida bo‘ladigan ko‘pgina fotokimyoviy jarayonlar buziladi, kislotali yomg‘irlarining yog‘ishi, ozon qatlamining yemirilishi, o‘rmonlarining qurishi va boshqa salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, havo tarkibidagi namlikning aylanish jarayoniga ham salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, so‘nggi yillarda atmosfera havosining ifloslanishi natijasida Navoiy va Samarqand shahri atrofiga nisbatan, bir yilda 6 kun ko‘p tuman tushgan, 11 mm yog‘in ko‘p yoqqan.
Bir kishi sutka davomida o‘rtacha 25 kg chang havo bilan nafas oladi. Natijada havo tarkibidagi zararli chang, qurum va zaharli gazlar kishi organizmida to‘planaveradi. Bu esa asta-sekin kishi organizmini zaiflashuviga olib keladi va oqibatda inson organizmi turli infeksiyalarga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmaydigan bo‘lib qoladi, oqibatda turli kasalliklarning, chunonchi astma, ko‘z kasalligi, jigar sirrozi, qon bosimi, rak, bronxit, o‘pka kasalligi, yo‘tal kabi kasalliklarining ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
O‘simliklarning zararlanishida atmosferaning urushlar natijasida zaharlovchi moddalar bilan ifloslanishi ham mavjud. AQSh ning Vetnamdagi mudhish urush yillari davrida 90 ming tonna zaharlovchi moddalar, 2 mln ga maydonga tashlangan. Natijada bugungi kunga kelib 1,5 mln ga joyda o‘rmon va o‘tloqlar qurib, qishloq xo‘jaligiga yaroqsiz yerga aylanib qolgan. Bunday hodisa Laosda, Kambodjada ham ro‘y bergan.
Hozir sanoatlashgan joylardagi hayvonlar orasida —sanoat flyuoroz” degan kasalligi keng tarqalib, u suvda va yem-xashakda to‘planib qolgan ftor moddasi tufayli vujudga kelgan. Faqat, AQSH dagi Florida shtatining Polk okrugidagi bir necha fosfat zavodlaridan chiqqan ftordan zaharlanib 30 ming bosh qoramol o‘lgan. AQSH dagi rangli metallurgiya zavodidan chiqqan qo‘rg‘oshin va po‘lat eritish zavodidan chiqqan molibden bilan zaharlanib, zavoddan radiusi 24 km gacha bo‘lgan yaylovlardagi qo‘ylar o‘lgan. Tursunzoda alyuminiy zavodining (Tojikiston) zaharli gazlari ta‘sirida uning atrofidagi, jumladan, Surxondaryo viloyatining chegaradosh tumanlarida chorva mollari mahsuldorligining va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorliklarining kamayib ketish bilan birga, ko‘plab o‘simlik turlari yo‘qolib bormoqda.
Atmosfera havosining chang va gazlar bilan ifloslanishi asalarilarning ko‘plab qirilib ketishidan tashqari, asal sifatiga ham ta‘sir etadi. Atmosferaning ifloslanishi turar joy va komunal xo‘jalikka, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sanoatiga, tarixiy-tabiiy yodgorliklarga ham ta‘sir etadi. Natijada, xalq xo‘jaligiga katta zarar etkazadi. AQSH da havoning ifloslanishi natijasida jon boshiga yiliga o‘rta hisobda 65 dollar zarar to‘g‘ri keladi. Atmosfera ifloslanishining keltirgan zararlarini quyidagicha bo‘lish mumkin:
Atmosferaning ifloslanishi, shuningdek, mashina ranglarini, gazmollar, kiyim-kechak, teri materiallarini va umuman shahardagi turli xil obyektlar turli xil ranglarni tez o‘zgartirib yuboradi. Atmosferaning ifloslanishini olidini olishning eng qadimiy yo‘li bu zavod-fabrikalardan tutun chiqaruvchi trubalarni balandroq qurishdir. Tutun chiqaruvchi trubalar qancha baland bo‘lsa, zaharli changlar va gazlar shuncha keng maydonga yoyilib, uning yer ustki konsentratsiyasi kamayadi.
Dostları ilə paylaş: |