Tadqiqot maqsadi. Hozirda fan va tehnikaning rivojlanishi davrida insoniyatni tabiatga va tabiiy resuruslarga salbiy ta‘siri ortib bormoqda.Insonlar turmush tarzini yaxshilash hamda o‘zlariga qulay sharoit yaratish uchun turli yangiliklar va kashfiyotlar qilinmoqda. Shunday qulayliklardan biri avtomobillardan foydalanish hisoblanadi. Hozirda avtomobillarsiz hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Har jihatdan qulayliklar yaratadi. Ammo buning yana bir tomoni borki, —Ona tabiat” ga, xususan, atmosfera havosiga salbiy ta’siri kundan kunga ortib bormoqda. Shunga asosan, atmosfera havosiga avtomobillar hozirda qanday ta’sir ko‘rsatmoqda hamda uni oldini olish chora-tadbirlari nimalardan iborat ekanligi tadqiqotni maqsadi hisoblanadi.