Ekologik faoliyatning asosiy yo’nalishlari vositalariga umumiy tavsif


BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAVJUD TRANSPORT



Yüklə 174,07 Kb.
səhifə6/11
tarix02.01.2022
ölçüsü174,07 Kb.
#50934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAVJUD TRANSPORT

VOSITALARIGA UMUMIY TAVSIF.

Transport (lotincha transporto — tashiyman) — ijtimoiy moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i, yuklarni va yo‘lovchilarni bir joydan ikkinchi joyga eltishni, mamlakat viloyat va tumanlari, korxonalari, xalq xo‘jalik tarmoqlari o‘rtasida, shuningdek, mamlakat ichida ayriboshlash va aloqani ta’minlaydi.

Quyidagi transportlar mavjud: yer usti transport i (transportyil, avtomobil, quvur yo‘llari), suv transporti (dengiz va daryo), havo transporti (aviatsiya). Vazifasiga ko‘ra ichki ishlab chiqarish. (sanoat) transportiga vaumumiy foydalaniladigan transportga bo‘linadi. Butransport turlari bilan bir qatorda shaxsiy foydalaniladigan avtotransportlarxam mavjud. Vazifasi xususiyatiga ko‘ra, transport yo‘lovchilar va yuk tashuvchi transportga bo‘linadi. Ichki ishlab chiqarish. Transporti bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish. Jarayoniga xizmat qiladi va korxona ishlab chiqarish Vositalarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy foydalaniladigan transport (yer usti, suv va havo) ijtimoiy ishlab chiqarish.da muhim sohani tashkil etadi. Umumiy foydalaniladigan transportning moddiy ishlab chiqarish. Tarmog‘i sifatida paydo bo‘lishi sanoat to‘ntarishi bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasida mavjud turli xildagi transport vositalari



1-jadval

T/r

Viloyatlar

Jami transport

Yuk transporti

Avtobus

Yengil transport

1.

Qoraqalpog’iston

83410

6703

2951

73756

2.

Andijon

153586

12755

1450

139381

3.

Buxoro

174309

11073

3432

159804




4.

Jizzax

51276

6212

1810

43254

5.

Qashqadaryo

147559

7508

978

139073

6.

Namangan

119071

4705

195

114171

7.

Navoiy

72265

4294

2715

65256

8.

Samarqand

276056

16975

1416

257665

9.

Surxondaryo

113400

3719

1209

108472

10.

Sirdaryo

33342

3705

681

28956

11.

Toshkent

186813

15035

3427

168351

12.

Toshkent shahri

309043

7275

1292

300476

13.

Farg’ona

235923

13715

1712

220496

14.

Xorazm

148522

7301

1315

139906

Mamlakatlar o‘rtasida tashqi savdoning o‘sishi dengiz kemachiligining rivojlanishiga turtki berdi. Avtotransport XlX-asrning oxirida paydo bo‘ldi, XX- asrning 20-yillarida qisqa masofaga yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshirib, temir yo‘l va daryo transport bilan raqobat qila boshladi. Fuqaro havo transporti XX-asrning 1-choragida vujudga keldi.

XX-asrda jahon transporti tizimi juda yuksaldi. Rivojlangan mamlakatlarda transport tizimlarining barcha transport turlari (aqsh, kanada) yoki ayrim transport turlari (G‘arbiy yevropa mamlakatlari, Yaponiya)ning yuksak darajada rivojlanganligi bilan tavsiflanadi.

XX-asr Boshlariga qadar O’zbekistonda yuk va yo‘lovchilar, asosan, transportyil, otulov transportlarida, tuya, xachir va boshqa yuk tashuvchi hayvonlarda tashilgan. XX-asrning 20-yillaridan avtomobil va xavo transporti,

yirik sanoat korxonalari qurilishi bilan sanoat transporti vujudga keldi. 80-yillar oxiriga kelib respublika transportining moddiy texnika bazasi birmuncha yaxshilandi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi.da ishlab chiqarish.ning o‘sishi, keng miqyosdagi kapital qurilishi va transport moddiy texnika bazasining yuksalishi bilan yuk va yo‘lovchilar tashish hajmlari ham orta bordi.

Respublika mustakillikka erishganidan keyin transportning xalq xo‘jaligiga va ahrliga xizmat ko‘rsatishini tubdan yaxshilash va transportni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadlarida "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "O‘zbekiston avtomobil transporti" davlat aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar), "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr.) va boshqa idoralar tashkil etildi. Mamlakatda transport korxonalari davlat ishtirokidagi aksiyadorlik, ochiq turdagi aksiyadorlik, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, jamoa korxonalariga aylantirildi. Respublikada avtotransport vositalarining bir qismi (avtobuslar, yuk va yengil mashinalar) jamoa xo‘jaliklari, fuqarolarning mulkiga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo‘lovchilar tashuvchi transportning barcha turi transporty, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten), daryo transporti, quvur yo‘llari transporti, shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transporti turlari — transporty, avtomobil, tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan.

Respublikaning transport tizimi avtomobil yo‘llari, zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan temir yo‘l vokzallari, styalari, bekatlari, yuk omborlari, pristanlar, havo flotining yirik aerovokzallari va boshqa infratuzilma bo‘linmalarini qamraydigan xalq xo‘jaligi kompleksini tashkil


Shaharlardagi transport zichligi.

2.1 Transport vositalarini atmosferaga chiqarayotgan zaxarli gazlari va chiqindilari.

Ma‘lumki, hisob-kitoblarga qaraganda, bitta mashinadan chiqadigan zaharli moddalar miqdori bir yilda 537 kg ni tashkil qilar ekan. Agar har to‘rt shahar aholisiga bitta (50000 ta) mashina to‘g‘ri kelsa, bu miqdor 26850000 kg ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatgichlardan ko‘rinib turibdiki, asosan atmosfera havosiga hamda atrof muhitga eng katta ta‘sir transport vositalardan chiqadigan chiqindi gazlar miqdorlari hisoblanadi.

Bu ko‘rsatgichlar, insonlar sog‘lig‘i uchun juda ham xavfli hisoblanadi va buni oldini olish zarur. Shuning uchun atmosferaga chiqadigan zararli moddalarni tozalash haqida o‘ylashimiz zarur bo‘ladi.

Butun tirik organizmlarni o‘z bag‘riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko‘payib ketmasa, tabiiy tumanlar ta‘sirida zaharli omillar o‘z- o‘zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug‘simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo‘lsa, ular vaqr o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o‘tib qoladi. Atmosfera havosining o‘z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida yog‘ingarchilik asosiy o‘rin tutadi. Havo tarkibida mavjud bo‘lgan zararli omillarni qor va yomg‘ir suvlari yuvadi. Yog‘ingarchilik qanchalik ko‘p bo‘lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini tozalashda daraxtlar, qolaversa, o‘simliklar olamining ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o‘ziga singdirib oladi.

Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat korxonalaridan hamda avtotransport vositalaridan ajralib chiqayotgan zaharli chiqindilar o‘simliklar olamiga asoratli ta‘sir ko‘rsatadi. Avtotransport vositalardan atmosfera havosiga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish ustida ham bir qancha tadbirlarni amalga oshirish mumkin. Masalan, „Shahar avtomobildan holi kun” shiori ostida harakatlanish. Bu tadbirni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Tabiarni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, Ichki ishlar Vazirligi, Sog‘liqni saqlash Vazirligining qo‘shma buyrug‘i asosida shaharning kirish chiqish yo‘llari yopilib, aholini avtotransport vositalarisiz masalan velosipetda yoki piyoda harakatlanishiga yo‘l ochib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu bilan avtomobillardan chiqadigan chiqindi gazlar ancha miqdorda tejalib qolinadi.

Sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish ustida ham ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini ruxsat etiladigan darajada ta‘minlash mumkin bo‘ladi.

Avtomobillardan chiqayotgan zaxarli gazlarning atrof-muhitga ta' siri.

Amerikalik mutaxassislarning ma'lumotlariga qaraganda, aholi ko'p yashaydigan shaharlarda avtotransportning ishlashidan chiqarilgan zaxarli unsurlar havo ifloslantirilishining 60 foizini tashkil etar ekan.

Avtomobil atrof-muhitni ifloslash bo'yicha eng katta ob'ektlardan sanaladi. Statistik ma'lumotlarga tayanadigan bo'lsak, hatto sanoati rivojlangan eng katta shaharlarda, ham ya'ni zavod va fabrikalari mo'l bo'lgan shaharlarda ham avtomobillar ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gazlar miqdori boshqa ob'ektlardan chiqayotgan zaxarli gazlardan ortiqroqdir.

Ular quyidagilar:

-ishlangan gazlar tarkibidagi uglerod oksidlari (SO), azot oksidi (NO), yonmay qolgan yonilg'i tarkibidagi uglevodorodlar (CH), qo'rg'oshin, oltingugurt va boshqa zaxarli komponentlar:

-karter gazlari tarkibidagi uglerod oksidlari (SO), azot oksidi (NO), yonmay qolgan yonilg'i tarkibidagi uglevodorodlar (CH), qo'rg'oshin, oltingugurt va boshqa zaxarli komponentlar:

-yonilg'i baki va karbyuratorning qolqovuchli kamerasidan bug'lanayotgan yonilg'i bug'lari:

-sovutish tizimidagi tasol, avtomobilning tormoz, rul kuchaytirgich, oyna va yuvish va boshqa suyuqliklarning bug'lari:

-shinalarning va tormoz kolodkasining yeyilish maxsulotlari:

-axlatga tashlanayotgan avtomobilning qismlari (shinalar, g'ildirak disklari, kuzov elementlari, ishlatilgan moy va boshqa ekspluatatsion materiallar qutilari).

Yuqorida keltirilgan chiqindilar ichida atrof-muxitni eng ko'p zaxarlayotgan manba-ishlangan gazlar tarkibidagi uglerod va azot oksidlari xisoblanadi.

Ma'lumki avtomobilda IYoDda yonilg'i doimo to'la yonavermaydi. Natijada SO ning miqdori 7% gacha boradi (benzin IYoDlarida). Bahzi IYoDlarida atrof- muhitga ishlangan gazlar bilan birga karter gazlari xam chiqarib yuboriladi. Ularning tahsiri xam ishlangan gazlar tahsiridan qolishmaydi. Demak, atrof- muhitni zaxarlashni kamaytirish uchun avvalo avtomobillar IYoDlarida yonilg'i to'la yonishni ta'minlash insoniyatning eng dolzarb va kechkirtirib bo'lmaydigan muammolardan xisoblanadi




    1. Transportlarning atmosfera havosini ifloslantirishini kuzatish

Hozirgi kunda avtotransportlar havo atmosferasini eng ifloslantiruvchi manbalardan biri hisoblanadi. Atmosferaga tashlanadigan zaharli moddalar miqdori avtomobillar soni, ko‘cha harakatining tuzilishiga, avtomobil magistral yo'llarining joylashiga, ular foydalanadigan yoqilg'i turlari va boshqa omillarga bog‘liq bo'ladi.

Benzin bilan yuradigan avtomobillar havo issiq paytlarda uglevodorod bug‘larini tashlaydi. Mana shu zaharli bug‘larning oldini olish uchun uzluksiz mashina dvigatellarining zaxarli gaz tashlanmasi tekshirilib turadi. Tekshirishlar natijasi havoga tashlanayotgan toksik gazlar miqdori yuqori ekanligini ko‘rsatsa o‘sha mashinani ishlatishga ruxsat berilmaydi.

Kuzatishlar bir haftada soat 6 dan 13 gacha va 14 dan 21 gacha olib boriladi, asosiy kuzatishlar avtomobillar ko‘p yuradigan vaqtlarda olib boriladi, kechalari 1­2 marta o‘tkaziladi.

Kuzatish nuqtasi qilib shahar ko‘chalarining har joyidan eng serqatnov uchastkalari olinadi. Ko‘chalar kesishgan joyda va ko‘priklar tagida zararli moddalar juda ko‘p bo‘ladi.

O'lchov asboblari odam yuradigan yo‘laklarga joylashtiriladi, yo‘lning bir tomonidagi harakat o‘lchanadi.

Idoralarga tegishli avtotransportlar, gazoanalitik va diagnostik uskunalar bilan yetarlicha jihozlanmaganligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning bilim darajasi pastligi, atrof-muhitni muhofaza qilish muammolariga yagona yondashuv yo‘qligi sababli, ekologik jihatdan noqulay vaziyat yuzaga kelmoqda. Bunday ekologik vaziyat, kechiktirmay hal etishni talab etuvchi ko‘plab muammolar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog'liqdir.

Respublikada 17% ga yaqin etillangan benzin ishlab chiqarilishi va iste‘mol qilinishi davom etib kelinmoqda, bu esa avtotransport vositalarining katalitik neytralizatorlarini qo‘llashga imkon bermayapti. Xorijiy davlatlar tajribasiga ko'ra, katalitik neytralizatorlarning qo‘llanishi ifloslantiruvchi chiqindilar miqdorini 50% dan ziyod kamaytirishga imkon berishi mumkinligini ko‘rsatadi.

2003-yildan ishga tushirilishi nazarda tutilgan “Ekotransnazorat” ekologik punktlarining namunaviy loyixasi O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab —Ekotransnazorat” ekologik punktlarini shu jumladan, Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashtirish sxemasi ishlab chiqildi. Farg‘ona viloyatida bir postning qurilishi yakunlandi. Toshkentning ikkita yo‘l patrul xizmati (YPX) postlarini —Ekotransnazorat” punktlariga aylantirilishi bo‘yicha rekonsturksiya ishlari olib borilmoqda. Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston

Respublikasida post qurilishi uchun yer ajratilgan.

Avtomobil transportlaridan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni kamaytirish borasidagi tadbirlarning bajarilishi respublika korxonalari va tashkiloflarida kerakli moddiy mablag'lar yo‘qligi sababli orqaga surilmoqda.

2009-yil holatiga qaraganda, respublikada 400 ming dona qishloq xo'jalik texnikasi mavjud, ulardan 87,549 mingtasini traktorlar, paxta terish mashinalari, g'alla o‘rish kombaynlari va boshqa qishloq xo‘jalik mashinalari tashkil etadi. Bunday manbalar tashlamalarining nazorati, tutun o‘lchashda va ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning saqlash me‘yorlari yo'qligi sababli amalga oshirilmaydi.

Temir yo‘l va havo transporti atmosferani ifloslantiruvchi asosiy man- ba hisoblanmaydi. Ammo ko‘chma transport vositalaridan foydalanish ob’yektlarning ko'pchiligi odatda shaharda, aholi yashash punktlarida yoki bevosita ularga yagin hududlarda joylashgan. Ular joylashgan punkt- lar azot oksidlari, oltingugurt dioksid, qurum kabilar bilan, atmosferaning yuqori darajada ifloslanganligi bilan ajralib turadi. Respublikada teplovozlar va havo kemalari dvigatellari chiqindi gazlarining zararli moddalarini nazorat qilish uchun asboblar va chiqindi gazlarda ifloslanuvchi moddalarning miqdori bo‘yicha me’yoriy hujjatlar yo‘q.




Yüklə 174,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin