Avtomobillarning ekspluatatsiyasidagi ekologik xavfsizligi
Avtotransport korxonasi (ATK) darajasida ATE ning xolati va uni mukammallashtirilishi avtotransport tarmog'ini ekalogik xavfsizligiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etadi. Xuddi shu ATK va transport vositalarining egalari tomonidan avtomobillarni saqlash, TX va JT ishlari amalga oshiriladi, ularning ishlash qobiliyatini tiklash ta'minlanadi va natijada ishlab chiqarish chiqindilarining asosiy qismi to'planadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish, TX va JT sifati, ishlatilayotgan texnologiya oqibatida avtomobilning texnik xolati shakllanadi. Demak, bu avtomobil harakatida chiqadigan zararli moddalar va ishlab chiqarish ahlatining miqdorini belgilaydi.
ATK darajasida ekologik xavfsizlikni belgilovchi omillarning ta'sirini ko'rib chiqamiz.
Avtomobillarning tejamkorlik va zaharlilik me'yoriy ko'rsatkichlarini ta'minlash.
Ishlatish jarayonida detallarning yeyilishi, birikmalardagi tirqishlarni o'zgarishi va bu bilan bog'liq tizim, birikma va agregatlardagi zavod o'rnatgan sozlarining buzilishi natijasida avtomobilning texnik xolati o'zgaradi. Uning ta'sirida dvigatel quvvati kamayadi, yonilg'i sarfi va zararli moddalar chiqishi ortadi.
Mavjud baholarga asosan, 10-15% nosoz avtomobilga umumiy avtomobil transportidan atrof muhitga chiqadigan chiqindilarning 40% ga yaqini to'g'ri keladi. Shuning uchun to'g'ri tanlangan va unga amal qilinadigan texnik xizmat davri va operatsiyalar ro'yxati avtomobil ishlash qobiliyati darajasiga hamda yonilg'i sarfi, atrof muhitni ifloslanishi va avtomobil va agregat resurslariga ATK ning ITX tomonidan ta'sir etuvchi asosiy mexanizmlardan biridir.
Masalan, —KamAZ-740” dvigatelida moy almashtirish davrini 1.5 marta oshirish, uning resursini 15% ga kamaytiradi, TX operatsiyalarini o1z vaqtida va to'liq o'tkazmaslik esa yana 10-15% ga qisqartiradi.
Avtomobilning harakat paytidagi zaharligiga, asosan dvigatel va uning tizimlarini texnik xolati ta'sir etadi va u yonilg'ini ortiqcha sarfi va zaharlilikni keltirib chiqaruvchi barcha nosozliklarning 80-85% ga to'g'ri keladi (qolgan 1520% nosozlik transmissiya va yurish qismiga to'g'ri keladi) (2- jadvalga qarang)
Karbyuratorli dvigatellarda nosozliklarni taqsimoti quyidagicha holatda: o't oldirish chaqmog'i 38%, karbyurator-26%, uzgich taqsimlagich-21%, yuqori kuchlanish simlari-7.5%, o't oldirish chulg'ami-3.4%, qolganlari-0.8%. Ushbu nosozliklarning paydo bo'lishi to'g'ridan-to'gri ishchi aralashma tarkibi yoki uning tsilindrda yonish jarayoniga ta'sir etadi. Natijada CO, CxHy va NOx larning ChG dagi quyuqlik darajasi keng ko'lamda o'zgaradi. Shu bilan birgalikda tashish jarayonida solishtirma yonilg'i sarfi, g/100 tkm, oshadi, bu, o'z navbatida zararli moddalarning chiqishini ko'paytiradi.
O‘zbekiston Respublikasida transport vositalarini etilsiz benzin bilan ta’minlash borasidagi talabga 2008-yilda erishish ko‘zda tutilmoqda. Uchuvchan organik birikmalar (UOB) to‘g‘risidagi Protokol (Jeneva, 1991) antropogen kelib chiquvchi UOB chiqindilarini 1998-yilda 1984-1990-yillar davri bilan solishtirilganda 30% kamaytirilishini talab etadi. Troposfera ozoni miqdorini boshqarish hududlarida chiqindilar 1988-yil darajasidan oshmasligi kerak. Tomonlar chiqindi chiqarishni cheklash bo‘yicha milliy va xalqaro me’yorlari, ya’ni statsionar (turg‘un) harakatlanuvchi manbalarda 1999-yilda, amaldagilari esa 2002-yilga kelib qoilanilishini ta‘minlashlari kerak.
Tomonlardan jamoat transporti turlaridan foydalanishni keng tatbiq etish, yo‘l harakatini oqilona tashkil etishni joriy qilib va yuk tashishni takomillashtirishni faollashtirish, benzin taqsimlash va avtomobillarga quyishda UOB chiqindilarini cheklash, shu jumladan benzin uchuvchanligi bug‘ bosimini (odatda 60 kPA) maksimal darajada qisqartirish bo'yicha choralar o‘rnatishini talab etadi.
Mazkur choralar etilsiz benzinda benzol va boshqa aromatik uglevodorodlar miqdorini kamaytirishni o‘z ichiga oladi.
Misol uchun, tomonlar erituvchilar kam miqdorli mahsulotlarni qo‘llashni rag‘batlantiradilar. Choralar uchuvchan organic birikma (UOB) chiqindilari bilan havoni ifloslantiruvchilardan to‘lov yoki soliqlar olish amalidan iborat, litsenziya chiqindilar belgilangan me‘yorlariga amal qilishni ta‘minlashga qara- tilgan ruxsatnomalar berish kabi ma’muriy-boshqaruv uslublaridan ham iborat bo‘lishi mumkin. UOB chiqindilari asosiy manbalari quyidagilardan iborat: erituvchilar, yonilg'i, organik kimyoviy moddalar, metallurgiya, chiqindilarni qayta ishlash, qishloq xo‘jaligi.
O‘zbekiston Respublikasi UOB chiqindilari bo‘yicha statistik ma’lumotlar 1990-yildan boshlab to‘planadi.
1990 va 1999-yillarda UOB chiqindilari 32,527 ming tonnani va 10,998 ming tonnani tashkil etdi. Davlat statistik hisobot ma‘lumotiga qaraganda, 2004-yilda UOB chiqidilari 8,869 ming tonna atrofida bo‘ldi.
Statsionar (turg‘un) manbalardan UOB chiqarish amaldagi jadvali chiqindilarni talab etiladigan o‘ttiz foizga kamaytirilishidan ancha ilgarilab borayotgani ko‘rinadi. 1999-yilda UOB chiqindilarni 1990-yil bilan solishtirilganda, amalda 67,2% ga va 2004-yilda — 72,7% ga kamaydi.
Atmosfera havosini monitoring qilish.
Ekologik nuqtai-nazardan atrof-muhitning monitoringini o‘rganish tizimi juda murakkab hisoblanadi. Monitoring har bir tabiiy muhit uchun alohida bo‘lishi shart, masalan, tuproq monitoringi, suv monitoringi, havo monitoringi, shahar monitoringi, o‘rmon, cho‘l, daryo va hokazolar ko‘rinishida alohida o‘rganiladi
Atmosfera havosining toza bo‘lishi barcha tirik organizmlar uchun zarurdir, chunki barcha organizmlar nafas olishi, oziqlanishi, yashashi uchun toza havoning ahamiyati juda kattadir. Atmosfera havosini toza saqlashni o‘rganish monitringini bajarish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Atmosfera Yer sharidagi barcha organizmlaming yashashi, hayot kechirishi uchun eng zarur bo'lgan havoni o'zida saqlab turadi, insonlar, o‘simliklar, hayvonlar, suv va ostidagi tirik organizmlaming hammasi uchun kislorod zarur. Ma‘lumki kislorod asosan atmoslerada saqlanadi, tabiatdagi barcha narsalarning o‘z joyi bor, ayrimlari jonli ayrimlari jonsiz, kislorod jonslz jismlar uchun ham ma‘lum bir darajada ahamyatga egadir.
Birgina Toshkent shahrining o‘zida bir yilda havoga sanoat korxonalari va avtomashinalar harakatidan 270 ming tonnadan ziyod ifloslantiruvchi moddalar tashlanadi, ushbu miqdor, ja’mi respublika bo‘yicha tashlanadigan yalpi miqdorning 13 % ini tashkii qiladi. Keyingi ma‘lumotlar havoga tashlanayotgan moddalar miqdori kamayganligini ko‘rsatadi. Masalan, 1990 yilda atmosferaga 380 ming tonna ifloslantiruvchi modda tashlangan bo‘lsa, ular miqdori 2008 yilga kelib 302 ming tonnani tashkil qildi. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalarining miqdori monitoringi doimo Toshkent shahri bo‘yicha 0‘zgidrometning 13 nazorat punktida kuzatib boriladi. Kuzatishlar natijasida ma’lum bo'lishicha havoga tashlanayotgan ayrim moddalar me’yori bo‘yicha ba’zilari ko‘p, ba’zilari esa kamroqdir. Toshkent shahri atmosferasining ifloslanishi darajasi bilan Varshava va Sapporo kabi dunyoning shaharlari bilan teng hisoblanadi.
Ekologik nuqtai-nazardan atrof-muhitning monitoringi o‘rganish tizimi juda murakkab hisoblanadi. Monitoring har bir tabiiy muhit uchun alohida bo‘li.shi shart, masalan, tuproq monitoringi, suv monitoringi, havo monitoringi, o‘rmon, cho‘l, daryo va hokazalar ko‘rinishida alohida o‘rganiladi.
Avtotransportlarning harakatiga qarab atmosfera havosini baholash.
Tabiat musaffoligini buzishda eng katta zarar keltiruvchilar avtotransport vositalari hisoblanadi. Hozirgacha atmosferaga biron bir antrapogen yoki texnogen vositalar shunchalik zarar keltirmadi, chunki ular soni er sharining barcha mamlakatlarida oy sayin oshib bormoqda InsOnlar keyingi vaqtlarda o‘zlarini avtomobilsiz tasavvur qilmay qo‘yishdi, chunki har bir foydali narsaning albatta zarari ham bor.
Avtomashinalar chiqargan gaz tarkibida 200 dan ziyod turli xil kimvoviy moddalar va elementlar bo‘lib, zaharli gazlar atrof-muhitni ifloslantirishga juda katta hissa qo'shishadi. Zaharli moddalarning tarkibida uglerod oksidi, azot, uglevodorod, oltingugurtli birikmalar va saja yoki qurum bor.
Atmosferaga tashlanayotgan avtomobil gazlari joy hamda vaqtga qarab 0‘zgarib turadi. Shuning uchun katta shaharlardagi va aholi yashash joylaridagi
Aholi yashash joylarida transport oqimi ma‘lum bir me‘yorga buysunishi kerak, aks holda atmosferaning ifloslanish darajasi juda oshib ketadi. Sanitariya talablariga ko'ra, aholi yashaydigan joylarda bir soatda katta yo‘ldan o'tgan mashinalar soni 200 donadan oshmasligi kerak. mashinalar oqimini hisobga olib, ular tashlaydigan zaharli gazlar miqdorini o‘rganib borishni kunlik mashina soniga qarab donalab hisobga olish kerak Bundan tashqari hamma transport vositalari belgilangan joylardan, ruxsat etilgan Davlat avto inspektsiyasi talablariga buysungan holda harakatlanishi kerak. Ko'chadan o‘tadigan avtomobillar oqimini hisobga olish uchun barcha ko‘chalarning sxemasi bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |