Ekologiya kursi, vazifasi, maqsadi, tuzilmasi va tarixi, fanni o‘rganish usullari. Reja


teng huquqlik va o’zaro foyda, o’zga davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik



Yüklə 15,47 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü15,47 Kb.
#208116
1   2   3
Ekologiya Avezdurdiyev Didar

teng huquqlik va o’zaro foyda, o’zga davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik;


hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlash;
tashqi aloqalarni ikki tomonlama va ko’p tomonlama rivojlantirishga kelishish.
Milliy siyosatning shakllanishi va xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari mamlakat ekologik salohiyatini saqlashga asoslanadi.
Ekologik hamkorlik
Ekologiya umumiy va xususiy yoki tarmoqli bo`ladi. Umumiy ekolo­giya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosi­stemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funktsional printsi­plarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o`zaro munosabatini, turlarning muhitga ko`proq va uzviy moslashganligini o`rganadi. Xususiy ekologiya – o`simlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat.
Bugungi kunda ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta`siri natijasida ekologiya tushunchasi o`ta kengayib ketdi. Inson ekologiyasi degan tushuncha paydo bo`ldi.
Qurg`oqchil mintaqalarda kishilarning xo`jalikdan noto`g`ri foydalanishi natijasida qayta cho`llanish xodisasi yil sayin kuchayib bormoqda. Hozir er qurrasi bo`yicha cho`llashgan maydonlar 30 mln km2 ga etgan bo`lib, bu sayyoramiz quruqlik maydonining 20 % ni egallaydi.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning tabiatga ta`sir etish yo`llari va shakllari ko`payib, ular tabiatda bo`ladigan miqdor o`zgarishgagina emas, balki sifat o`zgarishlarga ham olib keladi.
Ekologiya tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog`lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil BMT ga a’zo bo’ldi. 1993-2004 yillar mobaynida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan ishga aloqador bog’lanishlar o’rnatildi: BMT, TASIS, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha departamenti, KUROON, YUNIDO, YUNeSKO, VOZ, VMO, er Kengashi, Konventsiya Kotibiyati, Butun Jahon banki, GEF. 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi KUROONga a’zolikka saylandi.
Bulardan tashqari O’zbekiston evropa hamkorligi doirasida «evropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha tashkilot, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR), NATO kabi xalqaro tuzilmalar bilan faol aloqa bog’lagan. O’zbekiston evropa uchun Iqtisodiy komissiya bilan hamkorlik o’rnatib, uning «evropa uchun atrof-muhit» jarayonida ishtirok etmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida Osiyo mintaqasidagi xalqaro tashkilotlar, xususan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, EKO va boshqa qator mamlakatlar bilan uzviy aloqa bog’lagan. SHuningdek, soha bo’yicha AQSH, Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ham aloqa mavjud.
YUNeP tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda Hududiy ekologik markaz tashkil etilib, har bir respublikada uning milliy ofislari faoliyat ko’rsatmoqda.
Jamiyat va tabiat o`rtasidagi oddiy munosabat shakli - kishilarni ekologik tizimni buzmaydigan soddalashtirilgan hayot tarzi. Ekologik tizim (ekotizim) - tirik organizmlar majmui va ularning yashash muhiti yig`indisi bo`lib, tirik organizmlar o`zaro va atrof tabiiy muhit bilan uzviy aloqadorlik qonuniyati asosida bo`lgan holati. Bu shakl kishilarning ibtidoiy jamoa tuzumidagi hayot tarziga, ya'ni insoniyat tarixining ilk ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyasi davriga xosdir. Bu davr o`z ichiga odamlarning Yer kurrasida paydo bo`lishi (3-4 mln. yil avval) davridan to sinfiy jamiyat yuzaga kelguniga qadar muddatni o`z ichiga oladi.
Tabiat - keng ma'noda - butun borliq, olam va uning xilma-xil shakllari; tor ma'noda - kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo`lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat va tabiat tizimini ko`rib chiqayotganda ikkinchi tor ma'nodagi tushuncha qo`llaniladi. Chunki inson o`zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balkim uni o`rab turuvchi va uning ta'siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanishi mumkin.
Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o`rtasida to`xtovsiz va xilma-xil o`zaro ta'sirlar ro`y berib kelgan. Ammo tabiat insonlarsiz bu moddiy dunyoda hukm surib kelgan, lekin insonlar tabiatning bir bo`lagi bo`lib, ular tabiatsiz hayot kechira olishmaydi. Insonlar o`z hayoti uchun zarur bo`lgan hamma narsani tabiatdan oladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh uchun xom ashyo, qurilish uchun binokorlik materiallari, nafas olish uchun atmosfera havosi, o’chish uchun suv, dam olish uchun go`zal landshaftlar va h.k. Shunday qilib inson hayoti davomida foydalanilgan hamma narsalar tabiiy modda va kishilar faoliyatining mahsulidir.
Zardushtlarning "Avesto" kitobiga binoan bolalar yoshligidanoq daraxt ko`chatini o`tkazishlari shart bo`lgan. Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi jazosiga mahkumdir. Lekin bu kitobda ekologik jazo sifatida bir turdagi tabiiy obyektni buzgani uchun ikkinchi bir turdagi tabiiy obyektdan qutilishni ham me'yor qilib qo`yganlar. Suvni iflos qilgan yoki ov itini o`ldirgan kishi 10 ming ruhiatni tetiklashtiradigan o`simlik bargi terishi, 1000 echkiemar, 1000 ta suv qo`ng`izi va kasallik tarqatuvchi pashshani o`ldirib, gunohini yuvishi lozim bo`lgan.
Atrof tabiiy muhitning antropogen ifloslanishi iqtisodiy munosabat shaklida umumiy ifloslanishning 90-97% ni tashkil etadi. Tabiiy moddalarning fizik va ximik o`zgarishi shaharlarda asosan transport va sanoat hisobiga (80-85 %) bo`lsa, agrar tegralarda qishloq xo`jaligini (70-85%) ximiyalashtirish, mexanizatsiyalash, meliorativ va irrigatsion inshootlar qurish xaddan tashqari chorva mollari tuyoq sonini ma'lum bir maydonlarda oshib ketishi hisobiga amalga oshmoqda. Sanoat tegralarida ifloslanish metallurgiya va energetika tarmoqlarida juda yuqori darajadadir.
Yüklə 15,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin