Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar


Ekonometrik modellashtirish usullari tasnifi



Yüklə 42,62 Kb.
səhifə8/13
tarix24.12.2023
ölçüsü42,62 Kb.
#191734
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar-www.fayllar.org

14.Ekonometrik modellashtirish usullari tasnifi.
Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.

Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:
1) sub’ekt (tadqiqotchi);
2) tadqiqot ob’ekti;
3) o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo’llash usullari iqtisodiy-matematik usullar deb ataladi.

Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.
15.Iqtisodiy-statistik modellashtirishning qo’llanilishi.
Ijtimoiy fanlarda statistik o’rganish ob’ekti bo’lib murakkab tizimlar hisoblanadi. Bunday murakkab tizimlarni yozish(tasvirlash), ularni harakat mexanizimlarini tushuntirish uchun o’zgaruvchilar orasidagi bog’lanish zichligini aniqlash, alohida regressiya tenglamalarini tuzish etarli emas.
Alohida regressiya tenglamalaridan foydalanishda, masalan iqtisodiy hisob-kitoblarda ko’pchilik holatlarda argument(omil)larni bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’zgartirish mumkin deb faraz qilinadi. Ammo bunday faraz qilish noto’g’ri, amalda bir o’zgaruvchi boshqa o’zgaruvchilar mutlaqo o’zgarmagan holatida o’zgarishi mumkin emas.
Bir o’zgaruvchining o’zgarishi butun tizimdagi o’zaro bog’langan belgilarni o’zgarishiga olib keladi. Bundan kelib chiqadiki, alohida olingan ko’p omilli regressiya tenglamasi alohida ko’rsatkichlarni natijaviy o’zgaruvchining o’zgarishiga ta’sirini tavsiflay olmaydi.
Aynan shuning uchun keyingi yillarda iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlarda o’zgaruvchilar orasidagi o’zaro bog’lanish tarkibini “bir vaqtning o’zida ifodalovchi tenglamalar” deb ataluvchi tizim bilan tasvirlash muammosi muhim o’rinni egalladi. O’zgaruvchilar orasidagi bog’lanishni bir vaqtning o’zida ifodalovchi tenglamalar “tuzilmaviy tenglamalar” deb ham ataladi.
Agar narxning istemol qilinayotgan mahsulot miqdoriga munosabatini ifodalovchi talab modeli o’rganilayotgan bo’lsa, u holda talabni bashoratlash uchun
bir paytning o’zida, taklif e’tilayotgan mahsulot va ne’matlarning narxi bilan miqdori orasidagi bog’lanishni ifodalovchi taklif modeli ham kerak bo’ladi.
Bu esa talab va taklifni tenglashtirishga olib keladi.
Yana boshqa misol, ishlab chiqarish samaradorligini baholashda faqat rentabellik modelini o’zi etarli emas. U yana mehnat unumdorligi modeli hamda mahsulot birligi tannarxi modeli bilan to’ldirilishi zarur.
Agar biz mikrodarajadagi tadqiqotlardan makrodarajadagi hisoblashlarga o’tadigan bo’lsak, o’zaro bog’langan tenglamalar tizimini qo’llashga bo’lgan talab yanada ortadi.
Milliy iqtisodiyot modeli iste’mol funktsiyasi, mehnat haqi investitsiyasi, daromadlarni shaklanishi va boshqa funktsiyalardan tashkil topgan tenglamalar tizimini o’z ichiga oladi. Chunki bu makroiqtisodiy ko’rsatkichlar iqtisodiy holatini umumlashtiruvchi o’zaro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlardan iborat. Ya’ni iqtisodiyotda yakuniy iste’molga xarajatlar yalpi milliy daromadga bog’liq. Shu bilan birga milliy daromad hajmi investitsiya funktsiyasi sifatida qaraladi.


Yüklə 42,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin