Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar


Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi



Yüklə 42,62 Kb.
səhifə7/13
tarix24.12.2023
ölçüsü42,62 Kb.
#191734
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar-www.fayllar.org

11.Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi.
Ekonometrik modellashtirish va modellarning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi:
1) Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va ‘ul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
2) Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
3) Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan ‘rognozlarni umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo’ladi.
4) Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o’rganilmagan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. SHuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5) Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni yengillashtiradi, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.
Asosiy ekonometrik usullar – bu matematik statistika usullari va ekonometrik usullar.
Matematik statistika usullari - dis’ersion tahlil, korrelyatsiya tahlili, regressiya tahlili, omilli tahlil, indekslar nazariyasi.
Ekonometrik usullar - iqtisodiy o’sish nazariyasi, ishlab chiqarish funktsiyasi nazariyasi, talab va taklif nazariyasi.
Ekonometrikani o’rganish jarayoni – bu iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlarning ekonometrik modellarini tuzish jarayonidir.
Asosiy qo’llanadigan usuli – korrelyatsion-regression tahlil usuli.
Ekonometrik modellashtirish quyidagi ilmiy yo’nalishlar kom’leksidir:
- iqtisodiy nazariya;
- ehtimollar nazariyasi;
- matematik statistika;
- kompyuter texnologiyalari.


12.Ekonometrik modellashtirishda korrelyatsiya tahlili.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog’lanish korrelyatsion bog’lanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog’lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda
omillarning to’liq soni nomahlumdir. SHuning uchun bunday bog’lanishlar to’liqsiz
hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos. Korrelyatsiya so’zi lotincha correlation so’zidan olingan bo’lib, o’zaro munosabat, muvofiqlik, bog’liqlik degan mahnoga ega.
Ikki hodisa yoki omil va natijaviy belgilar orasidagi bog’lanish juft korrelyatsiya deb ataladi.
Korrelyatsion bog’lanishlarni o’rganishda ikki toifadagi masalalar ko’ndalang bo’ladi. Ulardan biri o’rganilayotgan hodisalar (belgilar) orasida qanchalik zich (yahni kuchli yoki kuchsiz) bog’lanish mavjudligini baholashdan iborat. Bu korrelyatsion tahlil deb ataluvchi usulning vazifasi hisoblanadi.
Korrrelyatsion tahlil deb hodisalar orasidagi bog’lanish zichlik darajasini baholashga aytiladi.
Omillarning uzaro boglanishi 2 turga bulinadi: funktsional boglanish va korrelyatsion boglanish.
Yunalishlarning o’zgarishiga karab, bog’lanishlar ikki turga bo’linadi: to’gri bog’lanish va teskari bog’lanishlar.
Analitik ifodalarning ko’rinishlariga qarab ham bog’lanishlar ikki turga bo’linadi: to’g’ri chiziqli va chiziksiz bog’lanishlar. Fuktsional bog’lanishlarda bir o’zgaruvchi belgining har qaysi qiymatiga boshqa o’zgaruvchi belgining anik bitta qiymati mos keladi.
Korrelyatsion tahlil korrelyatsiya koeffitsientlarini aniqlash va ularning muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi. Bog’lanishlar chiziqli bo’lsa, u

holda bog’lanish zichligi baholashda korrelyatsiya koeffitsientidan foydalanish mumkin:


bu yerda, x va y mos ravishda x va y o’zgaruvchilarning o’rtacha kvadratik chetlanishidir va ular quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:




Yüklə 42,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin