Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar


Ishlab chiqarish funksiyalar bo’yicha prognozlashtirish bosqichlari



Yüklə 151,3 Kb.
səhifə10/13
tarix11.04.2023
ölçüsü151,3 Kb.
#96270
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ekonometrik model tushunchasi, turlari va undagi o’zgaruvchilar

18.Ishlab chiqarish funksiyalar bo’yicha prognozlashtirish bosqichlari.

Ishlab chiqarish funktsiyasi ishlab chiqarish faoliyati natijalarining ularni taqozo etgan ko’rsatkich-omillarga boѓliqligining iqtisodiy-matematik ifodasidir. Iqtisodiy sharoitlarda ishlab chiqarish jarayoni natijasi ko’p sonli turli, ya’ni iqtisodiy, ijtimoiy, texnik, tabiiy omillarning ta’siri bilan aniqlanadi. Bu omillarning hammasini ham ishlab chiqarish funktsiyasida hisobga olish mumkin emas, chunki omillarning ba’zilari miqdoriy jihatdan ifodalanmaydi, boshqalarining ta’siri esa amalda juda kichik. Shuning uchun ishlab chiqarish funktsiyasi o’rganilayotgan ko’rsatkichga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan omillarni o’z ichiga oladi.


Ishlab chiqarish funktsiyasi deb erkli o’zgaruvchilari sarflanadigan yoki foydalaniladigan resurslar (ishlab chiqarish omillari) hajmlarining qiymatlarini qabul qiladigan (o’zgaruvchilar soni resurslar soniga teng), funktsiyaning qiymati esa ishlab chiqarish hajmlari kattaligini anglatadigan funktsiyaga aytiladi. Va quyidagicha



Bu erda a — ishlab chiqarish funktsiyasi (IChF) parametrlarining vektori.
Bashorat deganda tizimni kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan holatini va shu holatni egallash uchun ketgan muddatni ilmiy asoslangan holda tasvirlash tushuniladi. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashoratlash deb ataladi.
Bashoratlash davri muddatiga qarab bashoratlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
- tezkor bashoratlar – bir oygacha;
- qisqa muddatli bashoratlar – bir yilgacha;
- o’rta muddatli bashoratlar – besh yilgacha;
- uzoq muddatli bashoratlar – o’n besh yildan yuqori.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’proq tezkor va qisqa muddatli bashoratlar muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy jarayonlarni bashoratlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- masalaning qo’yilishi va bashoratlash uchun zarur ma’lumotlarni yig’ish;
- yig’ilgan ma’lumotlarni birlamchi tahlil qilish;
- bashoratlashning mumkin bo’lgan modellarni aniqlash;
- ko’rilayotgan model parametrlarini baholash;
- tanlangan modelni mutanosibligi addekvatligini tekshirish;
- model ko’rsatkichlarini baholash;
- olingan bashorat natijalarini tahlil qilish.



Yüklə 151,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin