21. Ekonometrik model tuzishda “Eng kichik kvadratlar usulini” imkoniyatlari va metodik bosqichlari.
Funktsiyalar parametrlari odatda “eng kichik kvadratlar” usuli bilan aniklanadi. Eng kichik kvadratlar usulini mazmuni quyidagicha: xaqiqiy miqdorlarning tekislangan miqdorlardan farqining kvadratlari yigindisi eng kam bo’lishi zarur
Bir omilli chiziqli bog’lanishni olaylik
Eng kichik kvadratlar usuli xisobdash metodikasi. Mezon: xaqiqiy mikdorlarning tekislangan miqdorlardan farqining kvadratlari yig’indisi eng kam bo’lishi zarur.
Demak
22. Ekonometrik model turlarini tanlash usullari.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makrodarajada tabiiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarning eng muhim, ahamiyatli boѓlanishlarini ajratishga va formal tasvirlashga, iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalarini aniq va lo’nda bayon qilishga imkon beradi. Model — bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob’ektki, qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, uni bevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarni qurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi va qo’yilgan masalani echish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
n bo’lishi kerak, shuning uchun ular juda murakkab bo’lmasligi kerak — binobarin, ular albatta faqat soddalashtirilgan nusxalar bo’ladi. Biroq, ikkinchi tomondan, modellarni o’rganishdan olingan xulosalarni haqiqiy ob’ektlarga ham qo’llash lozim, demak, model o’rganilayotgan haqiqiy ob’ektning muhim tomonlarini aks ettirishi kerak.
Modellashtirish deganda modellarni qurish, o’rganish va qo’llash jarayoni tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi uch elementni o’z ichiga oladi:
1) sub’ekt (tadqiqotchi);
2) tadqiqot ob’ekti;
3) o’rganuvchi sub’ekt bilan o’rganilayotgan ob’ektning munosabatlarini vositalovchi model.
Iqtisodiy-matematik model — bu iqtisodiy ob’ektlar yoki jarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematik tasvirlanishi, ya’ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi. Iqtisodiy ob’ektning matematik modeli — bu uning funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar, mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko’rinishidagi aks ettirilishi.
Dostları ilə paylaş: |