Asteniya (Yunoncha astenia - holsizlik) - kishining jismoniy va psixik kuchsizligi ojizligidan iborat nuqson. Senzitivlik (lotincha sensus - hissiyot) - turli ta’sirlarga nisbatan sezgilarning tez va kuchli qo’zg’alishi. Psixoasteniya(Yunoncha psycte - jon, asteneia - ojizlik, kuchsizlik) - haddan tashqari qat’iyatsizlik, o’ziga ishonmaslik, badgumonlik, ruhan ezilganlik va muttasil fikirlarga beriluvchanlik va hakozalar bilan sifatlanadigan psixopatologik holat. Shizofreniya (Yunoncha schizo bo’lmoq, maydalamoq, phren aql) - aql hissiyot va irodaning pasayishidan iborat, aniq sabablari hali aniqlanmagan psixik kasallik. Epilepsiya(Yunoncha epilpsia - hujum qilaman) - davriy ravishda takrorlanadigan tutqanoqlanib hushsizlanish yoki qisqa muddatli psixik buzilish; ongning qorong’ilashishi bilan xarakterlanadigan nerv - psixik kasallik. Isteriya (Yunoncha hustera bachadon, XIX asr meditsinasida I.ya bachadon kasali deyilib, u faqat ayollarga xos deb hisoblanardi) - markaziy nerv sistemasining psixika harakatlar doirasi, sezgirlik kabilarning buzilishi bilan belgilanadigan funksional o’zgarish: ruhiy kasallikning bir turi. Konformlik- (lotincha conformis - o’xshash, mos) - individning guruh fikrlariga tashqi tomondangina qo’shilib, ichki tomondan esa qo’shilmay o’zfikrida qolishi, guruhga ongli ravishda moslashishi. Moyillik - shaxsning muayyan faoliyat turi bilan shug’ullanishga doimiy intilishidan iborat individual xususiyat. Masalan: Muzikaga moyillik ilmiy tekshirish ishlariga moyillik va x.k. Shaxsning individual- psixik xususiyatlari turli-tumandir. Masalan: kamtarlik, mag’rurlik, xudbinlik, samimiylik, rostgo’ylik, bahillik, g’amho’rlik, tortinchoqlik, quvnoqlik va x.k. Shunday ekan xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter xislatlari 2 ta katta gruppaga bo’linadi: Hislar- bu inson ongida uning Yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.