Hissiyotlar - bu juda murakkab psixik hodisalar. Ahamiyatga ega bo‘lgan hissiyotlarga quyidagi emotsional holatlar turlarini kiritish mumkin: hissiyot affektlari, kayfiyatlar, ehtiroslar, stresslar, frustratsiyalar, hissiyotlarning emotsional toni, emotsional munosabat. Affekt- sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. Bilishga qiziqish— intellektual hissiyot; Stenik his — aktivlikning kuchayishi; hayajonlanish; Ehtiros — iroda bilan bog'liq emotsiyalar, ijobiy yoki salbiy; Stress — kuchli hayajonlanish, kuchli qo'zg'atuvchi ta'sirida tug'iladi; Kayfiyat — barqaror emotsional holat; Hissiyot —tashqi ta'sirlarga ongning munosabat bildirishi; Yuksak ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmaganligi; Empatiya — boshqa kishining hissiy holatlarini tushuna olish hamdard bo'lish qobiliyati; Emotsiyalar —qo'zg'atuvchiga inson va hayvonlarning reaktsiya bildirishlari, xursandlik, g'amginlik, darg' azablik; Ambivalentlik — bir vaqtning o'zida qarama - qarshi his - tuyg'ularni ichdan kechirish (quvonch va tashvish, sevgi va nafrat); Apatiya— toliqish, hastalik yoki boshqa sabablar ta'sirida atrofdagilarga qiziqishing yo'qolishi, befarqlik bilan bog'liq hissiy holat; Affekt kuchli, shiddatli, qisqa muddatli hissiy holat; Depressiya - xatti - harakatlarning tormozlanishi, faollikni kamayishi bilan bog'liq tushkunlik kayfiyati;