Tashqi kuzatishda- ba’zan tafakkur bo’yicha ham ma’lumotlar olish: ish ustidagi kayfiyatini, fikrning muayyan ob’ektga yo’naltirilganligini, tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga berilmaslikni, chehradagitashvish va iztirobni, ko’zdagi g’ayritabiiylikni, shuningdek, sinchkovlik, teranlik, termulish kabi ruhiy holatlarni kuzatib, tafakkurning kechishidagi o’zgarishlarni aniqlash mumkin. Bulardan tashqari, qo’lning titrashi, asabiylashish, nutqning buzilishi, hissiyotning beqarorlashuvi ham inson ruhiyatidagi o’zgarishlar bo’yicha ma’lumot beradi.
O’zini o’zi kuzatish (introspeksiya) Ko’pincha tajribali psixolog yoki malakali mohir o’qituvchi, salohiyatli rahbar o’zini o’zi kuzatish orqali ilmiy xulosa chiqara biladi. Masalan, o’z tafakkurini kuzatib o’zidagi emotsional o’zgarish haqida, shuningdek, tafakkurning ichki mexanizmlari vujudga kelishi va ketishi to’g’risida ma’lumot oladi. Natijada tafakkurning sifati, mazmuni, mohiyati qay tarzda, qanday tezlikda, qay shaklda ro’y berishini kuzatadi.
Donalash metodi yordami bilan tadqiqot ob’ektiga kirgan shaxs psixikasiga aloqador barcha o’zgarishlar, o’ziga xoslik, o’zaro bog’liqlik va o’zaro ta’sir, izchillik, uyg’unlik o’rtasida “gorizontal” yo’nalishdagi munosabat o’rganiladi.Jumladan, boshqa odamlar nutqini idrok qilish uchun sezgi, idrok, xotira, tafakkur jarayonlarining bir davrda birga qatnashishi bunga yorqin misoldir. Mazkur jarayonda har qaysi bilish jarayonining ulushi donalanadi yoki uning ahamiyati alog’ida ta’kidalandi, ularning o’zaro bog’liqligi asoslab berildi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiqetish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklari, uzgalar ijodiga bergan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o’rin egallaydi. Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar,tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filbmlar, taqrizlar, o’rganilayotgan shaxsnito’laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |