Tahlil - tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo‘linib o‘rganiladi Taqqoslash - narsa va xodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi. Sosiologiya - jamiyatda Yuz beradigan turli-voqyea-xodisalarni va o‘zaro munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan fan. So"rov - asosiy metodlardan biri bo’lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma‘lumot olinadi Kauzometriya-inson hayoti va uning psixologik vaqtini tasvirini o'rganishga mo'ljallangan. U intervYu sifatida o'tkaziladi, shu bilan uning yordamida nafaqat o'tgan voqealarni, balki kelajakdagi voqealarni, ya'ni sabab-ta'sir munosabatlari orqali Yuzaga kelishi yoki Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan voqealarni tasvirlash mumkin. Suhbat— bevosita muloqot jarayonida shaxsning psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi Suhbat metodining ijobiy tomoni — o‘quvchi bilan bevosita muloqotda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligidir. Savolnoma metodi-Sinaluvchiga beriladigan savollar majmuasi deyiladi Bu savollar ochiq va yopiq usulda bo‘ladi. Sinaluvchi mustaqil ravishda hohlagan javobni berishi ochiq savollar deyiladi So‘roq metodlari. So‘roq metodlari eksperimental psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi Yozma so‘roq yoki anketaning afzalligi -shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘pgina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo‘ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.