Bilvosita kuzatuv -ob'ektiv usullar yordamida to'g'ridan-to'g'ri kuzatishga mos kelmaydigan aqliy jarayonlarni o'rganmoqchi bo'lgan holatlarda qo'llaniladi. Kuzatish usulining asosiy xususiyatlari:
kuzatuvchi va kuzatilayotgan ob'ekt o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri bog'liqlik;
kuzatishning xolisligi (emotsional rang berish);
takroriy kuzatuvning murakkabligi (ba'zan - mumkin emasligi)
Kontent-analiz- tekshirilayotgan matnda so‘z, ibora, abzaslarni ma’no-mohiyatini takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli. Kuzatish - sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma‘lumotlar to‘plash metodi. .LongitYud tadqiqot- sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o‘rgansh. Metod - bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi. Metodologiya - tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir Pilotaj tadqiqot - tadqiqotning muammoli izlovchi turi, asosiy tadqiqotgacha o‘tkaziladigan va soddalashtirilgan shakli. Psixodiagnostika- shaxsning individual-psixologik xususiyatlarini aniqlovchi va o‘lchashni ishlab chiquvchi psixologiya usuli. Psixologiya metodlari - psixik xodisalarni va ularning qonuniyatlarini ilmiy tomondan o‘rganishning asosiy yo‘l-yo‘riq va usullari. Psixokorreksiya- shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo"llash jarayoni Psixologik xizmat - psixologiyani amaliyotda qo‘llash tizimi. U turli sohalarda diagnostika, konsultasiya, ekspertiza vazifalarini bajaradi.