Eksperimental


Noverbal emotsiyaning namoyon bo’lishi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə67/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Noverbal emotsiyaning namoyon bo’lishi.
Ma’lumki, emotsiyalarning «insoniylashuvi» hissiyotlar ichidan kechishi mazmuni va sifatlari jihatidan hayvonlarniki bilan qiyoslanganda shaxsniki o‘zining rang-barangligi, murakkabligi bilan ustuvordir. Insonlarning mehnat, ma’naviyat, siyosat, oila, ishlab chiqarish bilan o‘zaro munosabatlari, shuningdek,tabiat bilan odamlar orasidagi, shu bilan birga shaxslararo munosabatlar bir qator insoniy hissiyotlarning va ularni ifodalash, tatbiq etish vositalarini vujudga keltiradi. Shaxs Yuz ifodalari, boshini tebratish bilan, xo‘rsinish orqali o‘zgalarga hamdardlik (empatiya) tuybusini bildiradi. Bolalarga odob bilan javob berishni,suhbatdoshiga iliq, samimiy jilmayishini, qariya va nogironlarga hurmat bilan joy bo‘shatishni, kichkintoylarga mehribonlikni shakllantirish lozim. Shaxs o‘z his-tuyg‘ularini o‘zi boshqaradi, ularni me’yoriy hujjatlar, ijtimoiy turmush qoidalari,etnik rasm-rusumlar, odatlar, an’analar, protsessual qonunlar nuqtai nazaridan goh ma’qullaydi, goh qoralaydi. Shu bilan birga insonlar kuchli va jo‘shqin emotsiyalari kechishida tashqi xotirjamlikni saqlay biladilar. Ularning ba’zilari o‘z hissiyotlarini berkitish uchun o‘zlarini befarq tutadilar, salbiy emotsiyalarni ifodalashga intiladilar. Shaxs o‘zining mimika va pantomimikalarini boshqarish imkoniyatiga ega, lekin organlardagi tabiiy o‘zgarishlarni ushlab turish mumkin emas. Masalan, nafas olish, qon aylanish,ovqat hazm qilish, ko‘z yoshlarini ushlab turish, rangni qizartirish, oqartirish va hokazo.
Emotsiyalarning ifodalanish quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘lish mumkin: 1) ifodali harakatlar (mimika va pantomimikalar); 2) organizmdagi turli hodisalar (ichki a’zolar faoliyati va holatining o‘zgarishi); 3) gumoral xususiyatdagi o‘zgarishlar (organizmning qon tarkibidagi, suYuqlikdagi kimyoviy o‘zgarishlar, modda almashish va hokazo). Emotsiyalarning tashqi ifodasiga mimika,imo-ishora, vajohat, qaddi- qomat o‘zgarishi, tashqi sekretsiya bezlari faoliyati (yosh, so‘lak, ter ajralishi), xatti-harakatlar (tezligi, kuchi, yo‘nalishi, muvofiqlashuvi), nutqning xususiyatlari va boshqalar. Emotsiyalar, his-tuyg‘ular mazmuni, sifati, shakli jihatidan etnopsixologik xususiyatlariga ega.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin