Eksperimental


Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo'ladi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə75/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Irodaviy jarayonlar oddiy va murakkab bo'ladi. Oddiy - kishi hech ikkilanmasdan ko'zlagan maqsad sari boradi, u nimaga va qanday yo'l bilan erishajagini aniq biladi. Murakkab - maqsadni tanlashga ikkilanish, harakatni tanlashga qiynalish. Bunday hollarda irodaviy harakat murakkab xarakterga ega bo'ladi va ikki bosqichga ajratiladi:
1)tayyorgarlik;
2)bajarilish;

  1. Niyatni, maqsadni, anglashni ba'zan motivlar kurashi bilan qarorga kelishini, ish olib boriladigan metodlarni tanlashni o'z ichiga oladi. Masalan, oliy o'quv Yurtiga kirish bosqichlari.

  2. Qarorning bajarilishi. Kishi faoliyati davomida o'zini xarakterlab beradigan irodaviy sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarim sharlar po'stlog'idagi qo'zg'alish jarayonlarining ustunlik qilishi bilan bog'langan bo'ladi, boshqa sifatlar yoqimsiz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda, ularni to'xtatib qolishda, yo'q qilishda nomoyon bo'ladi.

Aktivlik bilan bog'liq bo'lgan sifatlarga : qat'iylik, dadillik, sabr-matonat (o'jarlik emas), mustaqillik (negativizm emas. Negativizmda qanday qilib bo'lsa ham tashqaridan bo'ladigan ta'sirga qarshilik ko'rsatishga intilish xususiyati xosdir). Irodali kishi ta'sirga beriluvchan bo'lmaydi. Mustaqillik-o'z hatti harakatlarini jamoaning fikri va irodasiga buysundirmaslik kerak degan ma'noni bildirmaydi. Biroq "podaga o'xshab harakat qilish tuyg'usi" degan tuyg'uga ham berilmaslik kerak. Ko'pgina yomon odatlar (ichkilikbozlik, chekish va hokozolar) irodasi zaif kishilarga aynan mustaqil bo'lmagan, ta'sirga beriluvchan va taqlid qilishga moyil bo'lgan kishilarga yopishib oladi. Harakatlarni mustaqil bajarish o'z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam beradi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.
Nomaqbulpsixik jarayonlar va harakatlarning tormozlanishi bilan bog'liq bo'lgan iroda sifatlariga: chidam(o'zini tuta bilish), bardoshlik, sabr-tokat, intizomlik va uYushqoqlik, batartiblik, aniqlik, puxtalik kiradi. Irodasi sustlikning nomoyon bo'lish doirasi xuddi kuchli irodaning xarakterli sifatlari kabi rang-barangdir. Irodasi sustlikning eng chekka darajasi psixika normasi chegarasidan tashqarida bo'ladi. Masalan, abuliya va apraksiya shunga kiradi. YAlqovlik - kishining qiyinchiliklarini engishdan bosh tortishga intilishi, irodaviy sustlikning eng tipik ko'rinishidir. Shunisi diqqatga loyiqki, boshqa barcha hollarda qandaydir kamchiliklarnitan olishga unchalik moyil bo'lmasalar ham, bu deffektni juda oson tan oladilar. YAlqovlik - kishi ojizligi va sustligining, uning hayotga layoqatsizligining umumiy ishga befarqligining dalilidir. YAlqov kishi odatda nazoratning tashqi tomonlariga e'tibor bermaydi va shu sababli beparvodir. YAlqovlik- kishining qiyofasidir, shuning uchun ham uni butun choralar bilan yo'qotish zarur. YAlqovlik, shuningdek, ojizlikning boshqa ko'rinishlarining - qo'rqoqlik, jur'atsizlik, o'zini tuta bilmaslik va boshqalar shaxsning rivojlanishidagi jiddiy kamchiliklardir, ularni bartaraf etish jiddiy tarbiyaviy ishni va avvalo o'z-o'zini tarbiyalashni tashkil etishni talab qiladi.
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko'rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ruyxati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat'iylik, mustaqillik, o'zini tuta bilish va ko'pgina boshqalar. Xususan qat'iylik - irodaning individual fazilati bo'lib, mustaqil ravishda mas'uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so'zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog'liqdir.
Irodaviy fazilatni baholash atiga birgina "kuchli-kuchsiz" o'lchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi bo'lmasa ham, muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko'rinishlar xarakteristikasi, ularning ma'naviy bahosi irodaviy akt amalga oshirilishining asosiga qo'yilgan motivlarning sosial ahamiyatiga bog'liqdir.
Irodaning asosiy xususiyatlari.
Irodaviy harakatlarda har doim maqsad aniq bo’ladi. Odam o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadigan natijalarni ham oldindan tasavvur eta oladi. Ana shuning uchun har qanday qiyinchiliklarni yengib bo’lsa ham maqsadini amalga oshirishga intila boradi. Masalan, odam biror imorat solayotgan paytda oxirgi natija qanday bo’lib chiqishini juda yaxshi tasavvur etadi va shuning uchun qanday qiyinchiliklar bo’lsa ham yengib ishni davom ettira beradi. Yoki talaba universitetning birinchi kursiga kirganda qanday mutaxassis bo’lib chiqishini yaxshi biladi va shuning uchun barcha qiyinchiliklarga chidab o’qishni davom ettira beradi.
Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktni amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to’la-to’kis determinizmga, ya'ni sababiy bog’lanish qonuniga bo’ysunadi. Shu bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sharoitida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli-tuman hayotiy sharoitlar bo’lishi mumkin.
Odamning irodaviy faoliyati ob'ektiv jihatdan bog’langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog’liq ravishda irodaviy xarakatlar odam to’la ravishda javob beradigan ish sifatida boshdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli shaxs ko’p jihatdan o’zini ma'lum sharoitda anglaydi, o’z hayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashi mumkin. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o’ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xattiharakatlarni irodaviy harakat deb bo’lmaydi. Shu bilan birga iroda avvaldan mavjud bo’lmagan, lekin faoliyatni natijasiga erishishdan so’ng hosil bo’lishi mumkin bo’lgan qoniqishga butun e'tiborini qaratishdan iboratdir. Ko’p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g’alaba qozonish emas, balki o’z-o’zini engish hamdir. Bu ayniqsa, muvozanatsiz, hissiy, qo’zg’aluvchan, sust kishilarga xos bo’lib, o’zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to’g’ri keladi. Hech bir muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi. Inson kuchli irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzod boshqa tirik mavjudotlardan o’zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin