Eksperimental


Xulq-atvorni irodaviy boshqaruv



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə76/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Xulq-atvorni irodaviy boshqaruv.
Kutilgan maqsadga yetishda katta qiyinchiliklar va yengib bo’lmaydigan to’siqlar bo’lsa, kishi shu maqsadga yetishi uchun zarur yo’l, vosita va usullarni o’zgartirib, yangi usullarni qidirib topishi mumkin. Katta to’sqinliklarni bartaraf qilib, uzoq qunt qilib, maqsadga yetishda ko’rinadigan bunday iroda kuchi sabotmatonat deb ataladi. Shunday iroda sifatiga ega bo’lgan kishi esa sabot-matonatli, kuchli irodali, qat'iy xarakterli kishi deb ataladi.
Har qanday faoliyatning, jumladan o’qib, o’rganishning muvaffaqiyati sabot-matonatga bog’liq. Bilimli bo’lmoq uchun sabot-matonat kerak. Har bir sohada-texnika, san'at, muzika, sport va shu kabi sohalarda bilim va malaka ortirmoq uchun sabot-matonat kerak.
Sabot-matonat xarakterning eng qimmatli xislatidir. Bu xislat kishining maqsadga yetish yo’lida qanday qiyinchilik va to’sqinliklar bo’lishidan qat'iy nazar shu maqsadga erishishida o’z ifodasini topadi.
Xarakter xislati bo’lgan sabot-matonat ba'zi kishilar faoliyatining hamma sohalarida namoyon bo’ladi boshqa kishilarda esa bu xislat ularning manfaatlari bilan bog’langan, va ayrim faoliyat sohalarida ko’rinadi.
Sabot-matonatli kishilar boshlagan ishlarini hamisha oxiriga yetkaza biladilar. Ular o’zlariga nisbatan ham boshqa kishilarga nisbatan ham talabchan bo’ladilar.
Sabot-matonatli kishilar muvaffaqiyatsizlikka uchraganda ruhini tushirmaydi, balki aksincha, maqsadga erishish uchun ishga yanada qat'iyroq kirishadi, shu maqsadga erishishning yangi yo’l va vositalarini izlab topadi.
Sabot-matonatli kishilar o’ziga va boshqa kishilarga nisbatan talabchanligi bilan ajralib turadilar. Ular belgilangan yo’ldan Yurishlariga to’sqinlik qila 265 oladigan hamma narsaga qarshi tura oladigan, bu to’sqinliklarni yenga oladigan matonatli kishilardir.
Sabot-matonat irodaning chidam va toqat degan sifati bilan ham chambarchas bog’liq. Maqsadga yetishda bartaraf qilinadigan to’sqinlik va qiyinchiliklar kishidan kuch va vaqt sarf qilishni talab etibgina qolmay, balki ko’pincha jismoniy va ruhiy azob beradi ham.
Kishining o’z faoliyatida ba'zan sovuq va issiqdan, yomg’ir va qordan, qattiq toliqish, och qolishdan, hamma turli kasalliklardan azob chekadigan kishi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga sodiq bo’lib shu maqsadga yetishga intilaversa, bunday intilishlarda ko’rinadigan iroda chidam va toqat deb ataladi. Odamning organizmidagi yemirilish jarayonlarini yengishda ifodalanadigan ajoyib iroda o’zini tuta bilish va matonatda ko’rinadi.
SHaxs irodasining shakllanishi. Iroda mexanizmlari.
Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta’minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko'rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ruyxati juda katta: qahramonlik, sabotlilik, qat’iylik, mustaqillik, o'zini tuta bilish va ko'pgina boshqalar. Xususan qat’iylik - irodaning individual fazilati bo'lib, mustaqil ravishda mas’uliyatli qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so'zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog’liqdir.
Irodaviy fazilatni baholash atiga birgina "kuchli-kuchsiz" o'lchovi bilan ifodalanmasligi kerak. Irodaning axloqiy tarbiyalanganligi, agar hal qiluvchi bo'lmasa ham, muhim ahamiyatga egadir. Irodaviy ko'rinishlar xarakteristikasi, ularning ma’naviy bahosi irodaviy akt amalga oshirilishining asosiga qo'yilgan motivlarning sotsial ahamiyatiga bog’liqdir.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo'lishi mumkin, lekin ularning hammasi quyidagi shartlarga amal qilishni o'z ichiga oladi.
l.Irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo'lmagan qiyinchilikni, vaqt o'tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda chiniqtiradi. Har bir qarshilikni "buysundirilmagan qal’a" sifatida baholash lozim va uni, bu "qal’ani olish" uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerak.

  1. Qiyinchiliklarni va to'siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo'lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik Yuqori bo'lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni hech qachon unutmasligi, faoliyatning so'nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi kerak.

  2. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo'yadi. Ammo qaror qabul qilayotib, uning ham maqsadga muvofiqligini, ham bajarilishini hisob-kitobga olishimiz kerak .

  3. Agar kishi uzoqqa mo'ljallangan maqsadni oldiga qo'ygan takdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi, bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, yaqin kelajakka mo'ljallangan istiqbolni ko'ra olishi juda muhimdir. Pirovardida pirovard maqsadga erishish uchun sharoitlar yaratiladi.

Sport bilan muntazam ravishda shug’ullanish kishi irodasini chiniktirishning muhim sharoitlaridan biridir. Irodani tarbiyalash to'g’risida gapirilarkan, faoliyatning muvaffaqiyatli bajarilishi faqat u yoki irodaviy fazilatlar shakllanishiga emas, balki belgilanadigan narsaning real bajarilishi sharti sifatidagi tegishli ko'nikmalarning borligiga, qo'yilgan maqsadlarga erishilishiga bog’liq ekanligini unutmaslik
kerak. Foydali ko'nikmalarning va birinchi navbatda mehnat ko'nikmalarini shakllantirish qo'yilgan maqsadlarga muvaffaqiyatli erishishning muhim shartlaridan biri sifatida nomoyon bo'ladi. Pirovardida, shuni aytish kerakki, asosiy irodaviy fazilatlarning rivojlanishi kishining boshqa odamlar bilan doimiy muloqoti jarayonida, u bilan birgalikda ishlashi davomida Yuz beradi. Jamiyatdan tashqarida, jamoadan tashqarida kishining irodasi normal rivojlana olmaydi.
Har bir talabada irodani rivojlantirish va uni mustaqil ravishda tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Irodani ongli ravishda tarbiyalash jarayoni qanchalik tez boshlansa, shunchalik ko'p muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Irodaviy xarakatlarning tuzilishi.
Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki etarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo’lishi natijasida ro’yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo‘zg‘olish ma’nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo‘lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma’lum ob’ektga qaratish Yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda Yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir. Undagi atamalar ma’nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi hissiyot to‘g‘risidagi ma’lumotlarda keng ko‘lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi».
SHaxsning irodaviy faoliyati o‘z oldiga qo‘ygan anglangan maqsadlarni bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning majmuasidan iborat emas. Zo‘r berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan, shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy faoliyat tarkiblari o‘rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, uning mohiyati shundan iboratki, bunda shaxs o‘z oldiga qo‘ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o‘zi uchun kamroq qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo‘ysundiradi. Ustivor (etakchi) motivlar qo‘shimcha ko‘makchi motivlarni muayyan yo‘nalishga safarbar qilib, umumiy maqsadga xizmat qildiradi.
SHaxs faolligining har xil ko‘rishlari mavjud bo‘lib, ular funksional tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining alohida o‘ziga xos shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o‘z xatti-harakatlarini (xulq-atvorini) o‘zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi mujassam bo‘lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat mohiyati shunda ko‘zga tashlanadiki, bunda shaxs o‘zini o‘zi boshqaradi, o‘zini qo‘lga oladi, o‘zining xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, hatto zarurat tug‘ilsa, u holda ularni tamoman yo‘qotadi ham. Iroda paydo bo‘lishining bosh omili-inson tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarni tizimli tarzda tatbiq etilishi bunday ish- harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng qo‘lamda anglanilgan va ruhiy jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo‘yicha irodaviy zo‘r berishni talab qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi vaziyatni baholash, kelgusida amalga oshirishga mo‘ljallangan harakatlar uchun vositalar va operatsiyalar tanlash, maqsad ko‘zlash va unga erishishning usullarini saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo’lib hisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operatsional tomoni deb baholanadi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, ba’zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda irodaviy faoliyat insonning butun hayot yo‘lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy-psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma’naviy-axloqiy qadriyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan uyg‘unlashadi. SHuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish jarayonida shaxs ongli harakat qiluvchi sub’ekt tariqasida ham ularning kashfiyotchisi, ham bir davrning o‘zida ijrochisi (bajaruvchi) bo‘lib ishtirok etadi. Mazkur holatda shaxs o‘zida to‘kis mujassamlangan qarashlari tizimiga (dinamik stereotipiga), iymon-e’tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, hayotiy munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma’naviyatiga asoslangan holda ongli yo‘l tutadi. SHaxsning umr (hayot) yo‘lida qadriy xususiyat kasb etuvchi javobgarlik hissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishdauning miyasiga mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy-psixologik shartlangan fazilatlar (qarash, e’tiqod, qadriyat, ma’naviyat va hokazolar) sog‘lom fikr, ustuvor (Yuksak tuyg‘u) hissiyot tariqasida faollashadi, mustahkamlanadi hamda baholash, qarorga kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta’sir qilib, umumiy hamkorlik tizimida o‘z izini qoldiradi. Javobgarlik hissi shaxs ma’naviyati, ruhiyati, qadriyati namoyon bo‘lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko‘taruvchisi funksiyasini bajaradi.
Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning barcha uchto tomoni faollik manbai, uning yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir. Irodaviy aktning bo'g'inlari. Irodaviy harakatlar sababli har doim ozmiko'pmi darajada anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni ham farq qilsa bo'ladi. Intilish ham differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak faoliyatinning motivi sifatida extiyojning yetarli darajada tushunib yetilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas, balki uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib yetiladi. Faoliyatning butun sabablari kishining yashash sharoitlarini aks ettirish va uning extiyojlarini fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan motivlar kurashi paydo bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. Irodaviyxatti- harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina Yuksak g'oyaviy motivlarga qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin