Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə74/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Ichki to'siqlar - yalqovlik, charchovni, bajarilishi kerak bo'lgan vazifaga aloqasi bo'lmagan boshqa biror narsa bilan shug'ullanish istagini engishga majbur qilish qiyin bo'lgan vaqtning belgilangan narsani bajarishga xalaqit beradigan sub'ektiv, shaxsiy mayllardir, zararli odatlar, mayllar, istaklar. Kishi irodaviy zo'r berish tufayli ularni engadi.
Tashqi to'siqlar ishning o'ziga xos bo'lgan ob'ektiv qiyinchiliklar, uning murakkabligi har xil xalaqit berishlar, boshqa kishilarning qarshilik ko'rsatishi, ishning og'ir sharoitlari va shu kabilar tushuniladi. Lekin iroda termini bilan shaxsning qiyinchiliklarni engib, astoydil va aniq maqsadni ko'zlab harakat qilish qobiliyatini ham ataydilar. "Zo'r iroda, bu biron narsani qilishga intilish va unga erisha olishgina emas, balki shu bilan birga, zarur bo'lib qolganda o'zini biror narsadan voz kechishga majbur qila olish hamdir".
I r o d a - bu shunchaki, istak va uning qondirilishi emas, balki bu ham istak, ham uni to'xtatish, ham istak, ham ayni vaqtda undan voz kechishdir.
Iroda o'zaro bog'liq ikkita vazifaning - undovchi va tormozlash to'xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi va ularda o'zini nomoyon qiladi. Filosofiya va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, dastlabki faollikka bo'ysungan bo'ladi. Amerika psixologi U.Jeyms harakatda hech narsaga bog'liq bo'lmagan irodaviy hukmga etakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o'z-o'ziga "Fiat!" (lotincha "Ha bo'la qolgin!" degan ma'noga ega bo'lgan so'zni bildiradi) deydi va go'yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oshiriladi.
Odamlar o'zlarining qilgan ishlari uchun mas'uliyatni kimga Yuklashga moyil bo'lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o'z faoliyati natijalari uchun ma'suliyatni tashqi kuchlarga va sharoitlarga qayd qilib quyish yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g'ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologiyada adabiyotlarda "nazorat lokusi" degan termin qo'llaniladi, lotinchada "locus"- urnashgan joy va frantsuzcha "contlore"- tekshirish deyiladi). O'z xulq-atvori va o'z ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalardan) deb bilishga moyil bo'ladigan odamlar. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to'g'risida gapiriladi. Bu toifaga mansub o'quvchilar olingan qoniqarsiz bahonalarini istagan vaj-bahona bilan tushuntirishadi ("Topshiriq doskada noto'g'ri yozilgan ekan", "Uyimizga mehmon kelib, dars qilishimga xalaqit berishdi", "Bu qoidani biz o'tganimiz yo'q" va hokozo.) Tadqiqotlar nazoratning eksternal lokallikka moyilligi mas'uliyatsizlik, o'z imkoniyatlariga ishonmaslik, xavfsirash, o'z niyatlarini ro'yobga chiqarishni yana va yana kechiktirishga intilish kabi shaxsiy fazilatlar bilan bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Agar individ, odatda, o'z qilmishlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olsa va uning sabablarini o'z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb bilsa, unda nazoratning ichki (internal) lokallashuvi (joylashuvi) ustuni deb hisoblash uchun asos bor. Irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda mehnatning ahamiyati katta.
Kishining qaror topgan qarashlari, dunyoqarashi, irodaviy xulq -atvorning muhim sababidir.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin