Eksperimental


Emotsiyalarning tavsifi, Emotsiyaning shaxsga ta’siri



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə64/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Emotsiyalarning tavsifi, Emotsiyaning shaxsga ta’siri
Shaxsning individual hayoti va faoliyatiga aloqador (xoh foydali, xoh zararli bo'Isin) omillar, qo‘zg‘ovchiIar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar (ovqatianish, himoyalanish, qo’rqish va boshqalar) bilan bog'liq sodda hissiy holatlar „emotsiya“ deyiladi. Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki jonli mavjudotiarga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatlardir.
Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Hissiyot bilan emotsiya inson shaxsining ijtimoiy hayotiy shart-sharoitlarida Yuzaga kclgan, odam ning ijtimoiy tarixiy taraqqiyotida emotsional yo’sinda shakllangan , muayyan ijtimoiy muhitda istiqomat qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g’oyalar, me’yorlar, qonun - qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni aks ettiruvchi anglangan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir.
Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma’noda emotsiyalar hissiy kechinmalarining o‘ziga xos xususiyatli shakllaridan bittasidir. Emotsiya - u yoki bu hissiyotning inson tomonidan bevosita kechirilishi (kechishi) jarayonidan iboratdir Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno bildirish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoqmasa g‘azabli hissiy kechinma hosil bo‘lishi ijobiy, salbiy emotsiya deyiladi. Qo‘rqinch, dahshat hissiy kechinma sifatida ob’ektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib turlicha shaklda namoyon bo’lishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo’rquvdanserrayib qoladi, o‘zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto xavf-xatarga o‘zini tashlashi ham mumkin.
Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatli hissiy holatlar stenik (Yunoncha sthenos so‘zidan olingan bo‘lib, kuch degan ma’no anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunday emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, ijobiy izlanishlarga kuch-quvvat, qanot bag‘ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs «parvoz qiladi», «Yulduzni narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi, faollik, tinib tinchmaslik uning sifatiga aylanadi. Aksariyat hollarda xushxabar, muvaffaqiyat shaxsda stenik xususiyatli emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ba’zi hollarda emotsiyalar o‘zining sustligi, zaifligi,nursizligi bilan tavsiflanadi, bunday hissiy holat astenik (Yunoncha actenia so‘zidan olgan bo‘lib, kuchsizlik, zaiflik ma’nosini bildiradi) deb ataladi. Bunday hissiyot insonni bo‘shashtiradi, uni xayolga cho‘mdiradi, xayolparast qilib qo‘yadi, shu sababdan favqulodda shaxsdagi rahmdillik befoyda emotsional kechinmaga, uyalish vijdon azobiga, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolish xavfi kuchli.
Har qanday vaziyatda ham emotsional xatti-harakat, faoliyat motivlari bo‘lishidan tashqari, ular ba’zida faoliyatni tashkillashtiruvchi, goho uni izdan chiqaruvchi omilga ham aylanishi mumkin. Emotsional holatlar yo haddan tashqari kuchaysa yoki susaysa, xullas me’yori,maromi izdan chiqsa, u holda shaxs faoliyati maqsadga yo‘nalishini yo‘qotadi, buning natijasida ob’ektlar noto‘g‘ri aks ettiriladi, ular xolisona talqin qilinmaydi, baholashda mantiqiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilad

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin