Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə113/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Simpatiya - o’zaro yoqtirib qolish, bu sevgining ilk bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan sevgi ob’ektning tashqi jozibasi rol o’ynaydi.
Kayfiyat - insonning psixik hayotida namoyon bo’ladigan, o’rtamiyona yoki zaif samaradorlikning nisbatan davomiy, barqaror, emotsional holati bo’lib, u yoki bu hissiyotning ustunligi bilan harakterlanadi.
Do’stlik- o’zaro bir- birini tushunuvchi 2 inson o’rtasida Yuzaga keluvchi emotsional ijobiy xisdirodatda bir jins vakillari orasida Yuzaga keladi.
Attraksiya- (lotincha so’z - attrahere -yoqtirish, o’ziga jalb etish) - bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.
Affekt (latincha affectus - ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuyg'u (g'azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reaksiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg'otishga moyil bo’ladilar.
Antipatiya - (Yunon. antipotheia - ko’ngilsizlik, xushlamaslik, yoqtirmaslik) - antipatiya, mas., sportchining sport mashg’ulotida, mashqqa, raqibiga, komandadoshlariga yoki biror kimsaga nisbatan bo’lgan salbiy munosabatidan kelib chiqadigan va uni ifodalaydigan yoqimsiz hissiyot.
Emotsiya -(lat. Emovco - hayajonlantiraman, iztiroblayman) - emotsiya,
his-tuyg’u, kechinma; bu termin o’rnida o’zbek tilida “hissiyot” termini ishlatiladi. Hissiyot shaxsning voqeilikka bo’lgan o’z munosabatini his qilishdan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan yoqimli va yoqimsiz kechinmalaridir.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin