Natijalar tahlili: Tekshiruvchi ballarni bayonnomaga qo’yadi. So’ngra barcha natijalar yig’indisi hisoblanadi. Umumiy yig’indi sub’yektning tasavvur qila olish qobiliyati ko’rsatkichi hisoblanadi. U qanchalik ko’p bo’lsa, tasavvur shunchalik yorqin bo’ladi.
Tekshiriluvchining o’rtacha ballari (M) hisoblanadi va guruhdagi o’rtacha arifmetik qiymatdan qanchaga chetlashgani, dispersiya (D) aniqlanadi.
LABORATORIYA ISHI№ 30 MAVZU: ASAB TIZIMI XOSSALARINI PSIXOMOTOR KO’RSATKICHLAR ASOSIDA O’RGANISH. Maqsad: Asab tizimi kuchini aniqlash. Jihoz: A-4 formatdagi 2 dona oq qog’oz, sekundomer, qalam. Ishning borishi: Asab tizimining kuchi tepping-test yordamida aniqlanadi. Tajriba avval o’ng qo’l, keyin chap qo’l bilan olib boriladi. Tajribalar asosida olingan natijalar 5 ta tipga bo’linadi. - Qabariq tip. Bunda temp 10-15 sekunddan so’ng 25-30 sekundgacha ko’tarilishi hamda oxirgi 5 sekundda pasayishi mumkin. Bu tip sinalayotgan odamda kuchli asab tizimi borligini bildiradi (a).
Tekis tip. Bunda maksimal temp butun tajriba davomida ushlab turiladi. U asab tizimining o’rtacha kuchga ega ekanligini bildiradi (b).
Pastlovchi tip. Maksimal temp ikkinchi 5 sekundlik bo’limdan so’ng pastlaydi va shunday qoladi. Bu tip sinalayotgan kishining asab tizimi kuchsizligini bildiradi (d).
Oraliq tip. Bunda tepm birinchi 10-15 sekunddan keyin butun tajriba davomida past bo’ladi. Bu tip o’rtacha kuchsiz asab tizimiga kiradi (d).
Botiq tip. Maksimal tempning boshida pasayishi, so’ngra qisqa muddatli o’sishi bilan xarakterlanadi (c).
Talabalar ikki guruhga: tekshiruvchi va tekshiriluvchilarga bo’linishadi. Tekshiruvchi tekshiriluvchining oldiga 6 ta teng kvadratga bo’lingan A4 formatdagi oq qog’oz qo’yadi va quyidagi ko’rsatmani beradi: «Mening buyrug’im bo’yicha shu varaqning har bir kvadratiga nuqtalar qo’yib chiqasiz. Har bir kvadrat uchun 5 sekund vaqt ajratiladi. Bir kvadratdan boshqasiga o’tish buyruq asosida amalga oshiriladi. Ishni qo’lni uzmasdan soat strelkasi bo’ylab maksimal tempda bajarishga harakat qiling. O’ng yoki chap qo’lga qalamni olib, birinchi standart varaqning birinchi kvadrati oldiga qo’ying». Tekshiruvchi «boshladik» degan buyruqni bergach, tekshiriluvchi har bir kvadratlar ichiga nuqtalar qo’ya boshlaydi. Oltinchi kvadratdan so’ng tajriba to’xtatiladi va navbatdagi qo’lga o’tiladi. Tajriba har bir qo’l uchun 30 sekunddan davom etadi. B A Y O N N O M A: Tekshiriluvchi: Tekshiruvchi: Tekshiriluvchining ruhiy holati: Sana:
Kvadratlar
Vaqt oralig’i
O’ng qo’l
Chap qo’l
1
0-5
2
6-10
3
11-15
4
16-20
5
21-25
6
26-30
Natijalar tahlili:
Har bir kvadratdagi nuqtalar soni sanaladi.
O’ng va chap qo’l uchun ish qobiliyatining grafigi tuziladi. Bunda abssissa o’qiga 5 sekundlik vaqt oralig’i, ordinata o’qiga esa har bir kvadratga qo’yilgan nuqtalar soni belgilanadi.
Hosil bo’lgan grafik asab tizimi tipi haqidagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi va xulosa chiqariladi.
Foydalanilgan adabiyotlar Drujinin, V.N. Eksperimental psixologiya: Universitetlar uchun darslik / V.N. Drujinin. - SPb.: Piter, 2012. - 320 p.
Klaparede, E. Bolalar psixologiyasi va eksperimental pedagogika: Muammolar va metodlar. Aqliy rivojlanish. Ruhiy charchoq. / E. Claparede. - M.: Ed. LCI, 2007. - 168 p.
Kornilova, T.V. Eksperimental psixologiya: bakalavrlar uchun o'quv qo'llanma / T.V. Kornilov. - LYubertsi: Yurayt, 2016. - 639 p.
Kornilova, T.V. Eksperimental psixologiya: bakalavrlar uchun o'quv qo'llanma / T.V. Kornilov. - M.: Yurayt, 2013. - 640 p.
Internet ssilka: http://ncdo.levsha.ru/ncdo_recr.htm http://science-education-books.webshop Internet ssilka: http://ncdo.levsha.ru/ncdo_recr.htm http://science-education-books.webshops.ru/g10145 http://www.alfaconsultant.ru/collection/ref-order http://oz.by/books/more101 Mustaqil ta'lim materiallari Mustakil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
1-modul'. Eksperimental psixologiya. Shaxs
psixologiyasi. F iziologik psixologiyaning paydo bulish shart-sharoitlari.
G.Gel'mgol'ts - psixofiziologiyaning asoschisi sifatida.
P sixofizika fanini sh akllanishida E.Veber va T.Fexner tadkikotlarining urni.
V.Vundtning eksperimental psixologiyasi va E.Titchenerning radikal introspektsionizmi.
M urakkab bilish jarayonlarini eksperimental urganish.
Ebbingauz, Brayyan va Xarterlarning eksperimental tadkikotlari.
Kasb tanlash ga doyr psixologik tadkikotlar
Eksperimental psixologiyaning asosiy tamoyillari.
Psixologiyada eksperimental metodining tarixi.
0. U mumiy psixologiyada eksperimental metodining rivojlanishi.
F anning metodologik muammolari: nazariya va uning tarkibiy tuzilishi, ilmiy muammo, ilmiy faraz va asosiy umumilmiy tadkikot metodlari.
P sixologiyada empirik metodlar.
Tabiiy va laboratoriya sharoitlarida kuzatish.
Eksperimental muomala, eksperimentator va uning shaxei va faoliyati.
Eksperimentda sinapuvchi, uning shaxei va faoliyati, psixologik eksperiment vaziyati.
Eksperimental tadkikot etikasi. Psixologning axlokiy tamoyillari va xulk-atvori kodeksi.
Psixologik eksperiment jarayonin va uning asosiy xususiyatlari.
Eksperimental uzgaruvchilar va ularni nazorat kilish.
Eksperimental uzgaruvchi turlari.
Eksperimental rejalar
Korrelyatsion tadkikotlar
Eksperimental tadkikot natijalarini takdim etish shakllari23. Ilmiy makolani rasmiylashtirishga kuyilgan talablar P sixologik tadkikot tarkibi va mantikiy izchilligi.
Empirik tadkikotning umumiy tavsifi 2-modul'. Ichki regulyatsiya. Shaxs rivojlanishining turli davrlarida motivatsion jarayonning axamiyati.
Xrzirgi zamon psixologiyasida testning dolzarb muammolari