So’ngra tashqi xarakteristikalar va FIK ning yukla-maga bog’liqlik grafigi quriladi.
Laboratoriya ishining natijalarini taxlili. 1. Trans-formatorning salt ishlashxarakteristikalarini taxlil qilishda, birlamchi kuchlanish U1 ning maolum bir qiymatida hosil bo’ladigan, magnit o’tkazuvchining magnitli to’yinishi bilan bog’liq bo’lgan, ularning egri chiziqligiga eotibor berishi kerak. Tajriba yo’li orqali olingan salt ishlashtoki ionom va salt ishlashquvvati Ronom ni, ularni tekshirilayotgan transformatorning katalog bo’yicha qiymatlari bilan solishtiriladi. ionom va Ronomning tajribaviy qiymatlarining sezilarli ortib ketishi, transformatorda nosozliklarni borligiga, magnit o’tkazuvchidagi bir qism plastinalar orasida q.t. yoki qandaydir cho’lg’amlarning ko’p bo’lmagan bir qism o’ramlari-dagi o’ramlararo q.t. borligiga ko’rsatadi.
Agar, uch fazali kuch transformatori tekshirilsa, unda uning fazaviy cho’lg’amlardagi salt ishlashtoklarining teng emasli-gining sababini tushuntirish kerak bo’ladi.
2. Q.t. xarakteristikalarini taxlil etishda, asosiy magnit oqimining kichik qiymatlarga ega ekanligi sababli, q.t. tajribasida, magnit o’tkazuvchining to’yinmaganlik hola-ti bilan tushuntiriladigan tok grafigining to’g’ri chiziq-liligiga eotibor berishi kerak. Asosiy magnit oqimining kattaligi, cho’lg’amga keltirilgan q.t. kuchlanishining kattaligiga proportsional bo’ladi (o’rta va katta quvvatli transformatorlarda uq 10%).
3. Transformatorning tashqi xarakteristikalarini taxlil etishda, yuklama xarakterini transformatorning ikkilamchi kuchlanishini o’zgarishi qiymatiga taosiri to’g’risida xulosa qilish kerak bo’ladi.
4. Transformator FIK ni yuklamaga bog’liqligini taxlil etishda, ushbu grafiklarning shakllarini tushuntirish kerak. FIK ning tajribaviy qiymatini, uning katalogdagi qiymati bilan taqqoslanadi. Transformator FIK ni kama-yish sabablarini, yuklamaning quvvat koeffitsiyentining ka-mayishi bilan tushuntirishi kerak bo’ladi.
Nazorat savollari
1.Transformatorning tuzilishi va ishlash printsipini tushuntiring.
2. Transformatsiyalash koeffitsiyenti nima va u tajriba yo’li orqali qanday aniqlanadi?
3. Nima uchun uch fazali transformatorning cho’lg’amlaridagi salt ishlashtoklari bir xil bo’lmaydi?
4. Nima uchun, salt ishlashtajribasida birlamchi kuchlanishning ortishi bilan transformatorning quvvat koeffitsiyenti kamayadi?
5. Nima uchun salt ishlashquvvati magnit isroflar sifatida, q.t. quvvati esa – elektrik isroflar sifatida qabul qilinadi?
6. Nima uchun q.t. tajribasida birlamchi cho’lg’amdagi tok, o’zining nominal qiymatiga, kuchlanish nominalga nisbatan bir necha marotaba kam bo’lganda erishadi?
7.Tekshirilayotgan transformatorda, birlamchi kuchlanish nominalga nisbatan 10% yuqoriga ortganda, magnit oqimi qancha foizga orttishini aniqlang.