Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə10/15
tarix04.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#93167
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi

Ishni bajarish tartibi
ShMA shinani o‘tkazgichning uzunligi 6 metrli tug‘ri sekSiyaning konstruksiyasi bilan tanishish. Bunda fazalarga tegishliy to‘gri to‘rtburchakli 6ta shinaning sekSiya ichida va uning ikki tomonidagi chikish joylarida joylashuvi o‘rganiladi. Nul simi bo‘lgan sekSiyaning pastdan 2 uchidagi o‘rnatilgan shinalarini izolyaSiyalari va bir-biriga yaqin joylashuviga ham e’tibor beriladi. Shinalarning uchlaridagi teshiklar sekSiyalar bir biriga voltlar yordamida ulash imkonini beradi.
ShRA ikkita 3metrli to‘g‘ri sekSiyalar va bitta burilish sekSiyalardan iborat bo‘lib . Ular o‘zaro boltlar yordamida biriktiriladi. Uchta faza uchun bir xil kesim yuzali alyuminiy shinalar korpus ichiga izolyaSiyalovchi elamentlar bilan maxkamlangan. Ketuvchi kabel ulanadigan, uchida eruvchan saqlagichlarning uch fazali guruhi o‘rnatilgan va uch qutbli rubilnik bo‘lgan quti bor. Bu quti korpusga qilingan tugunlar orqali shinalarga ulanadi.


6-LABOROTIRIYA ISHI


KABEL VA SIMLARNING MARKALARINI VA KONSTRUKTIYASINI O‘RNATISH


Ishning maqsadi: Kabel va simlarning markalarini va konstrukSiyasini o‘rganish, markalarini va konstruktiv qismlarini o‘zaro bog‘langanini taxlil qilish ishning maqsadidir.


Nazariy qism
Asosiy tok o‘tkazuvchi materiallar bo‘lgan kabel va simlarning tok o‘tkazuvchi simlari alyuminiydan (70%) va misdan yasaladi. Mis o‘tkazgichlar quyidagi xollarda ishlatiladi:
1).Elektr yoy pechlarining “qisqa tarmog‘i” ni bajarish uchun;
2).Trolley tok o‘tkazgichlari uchun;
3).V-I va V-Ia toifalaridagi portlash xavfi bor xonalar uchun;
4).220 kV va undan yuqori kuchlanishli podstanSiyalarda ikkilamchi zanjirlar uchun;
5).Qizdirilgan va eritilgan (suyuq) metall tashuvchi ko‘prik kranlari uchun; po‘lat o‘tkazgichlar xozirgi vaqtda, yoyilishga chidamli bo‘lgani uchun, trolley liniyalarida ishlatiladi.
Tok o‘tkazgichlar uchun yuqori mustaxkamlikka ega bo‘lgan AM-31 markali alyuminiy qotishmasi ishlatiladi. Bu qotishmaning o‘tkazuvchanligi alyuminiydan 13%dan kam, ammo mexanik chidamliligi po‘latnikiga yaqin.
Simlar va kabellarning markalarini ko‘rib chiqamiz. IzolyaSiyasi yo‘q simlar o‘tkazgich materialining birinchi xarfi bilan belgilanadi; M - mis, A - alyuminiy, S - po‘lat, AS - po‘latalyuminiy. IzolyaSiyali simlar va kabellarning o‘zaro farqi - ularning konstrukSion tuzilishidadir, kabelning, konstrukSiyasi murakkabroq - izolyaSiyasi ustidan turli ximoya vositalari bor. Bularga kabel qobig‘i (obolochkasi), zirxi (bronya) va korroziyaga qarshi qoplamasi kiradi.
IzolyaSiyali simlar va kabellarning konstruktiv elementlari ularning markalarida aks ettiriladi va markalar bo‘yicha kabel to‘g‘risida barcha asosiy ma’lumotlarni olish mumkin. Sim va kabellarning tok o‘tkazuvchi tomirlari quyidagicha markalanadi: misdan bo‘lsa, belgilanmaydi, alyuminiy tomir markaning boshida A xarfi bilan ko‘rsatiladi. Xuddi, shunga o‘xshash qog‘oz izolyaSiyasi belgilanmaydi, rezina izolyaSiya R bilan, polivinil xlorid V bilan, polietilin P bilan belgilanadi.
Kabellarning qobig‘i - materialining 1 - xarfi bilan belgilanadi. S - qo‘rg‘oshin, A - alyuminiy, V - polivinilxlorid, N - neyrit (yonmaydigan rezina); G - xarfi bilan ingichka simchalardan to‘qilgan egiluvchan sim va qobig‘i yoki zirxi ximoyalanmagan (yalang‘och) kabellar belgilanadi. Po‘lat tasmali zirx B va po‘lat simli zirx P bilan belgilanadi.
Kichik “g” xarfi egiluvchan konstrukSiyali kabeldagi gofrlangan qobiqni ko‘rsatadi.
Xozir ko‘p ishlatiladigan rezina izolyaSiyali mis simlarning markalari quyidagilar. PRG - egiluvchan, PRP - metall to‘qima qoplamali, PRTO - po‘lat quvurlarda o‘tkazish uchun xuddi shunday, ammo alyuminiy sim - APRTO, PRL - laklangan, montaj uchun, ShRPA - shlangli, yengil ko‘chma: Polivinilxlorid izolyaSiyali simlar: PV, APV ; tekis (yapaloq): PPV, APPV.
Kabellarning ko‘p uchraydigan markalari - SB va ASB: mis va alyuminiy tomirli, qog‘oz izolyaSiyali, qo‘rg‘oshin qobiqli, po‘lat tasmadan zirxli, korroziyaga qarshi qoplamali; PVG va APVG - yuqoridagidek tomirli kabellar, ammo izolyaSiyasi polietilendan, yalang‘och ; VBV - V-I va V-Ia xonalarida ishlatiladigan mis tomirli, qog‘oz izolyaSiyali, polivinil xlorid qobiqli va zirxi ustidan yana polivinilxloriddan qo‘shimcha qoplamali kabel.
Nazorat kabellari markasi boshida K xarfi bilan boshlanadi. Masalan, KABG - mis tomirli, qog‘oz izolyaSiyali, alyuminiy qobiqli, zarxli va yalang‘och nazorat kabeli.
Ma’lumotnomalarda kabellarning markalari va yotkazish usullari muhit sharoitiga bog‘liq xolda keltiriladi.
Korxona ichida elektr energiyasini tarqatish uchun kabellar va tok o‘tkazgichlar, ba’zan xavo liniyalarida ham ishlatiladi.
Elektr ta’minoti tizimlarida 6,10,20,35,110 va 220 kV li kabellar ishlatiladi. 6-10 kV kuchlanishlarda V-I va V-Ia sinfidagi PX xonalarda mis tomirli SBG va SBGV kabellari, qolgan xonalarda alyuminiy kabellar ishlatiladi. Qog‘oz izolyaSiya oddiy kabel massasi bilan shimitilgan bo‘lsa, 100 metr oraliqda satxlar-ning farqi 15 metrdan ortmaydigan trassada yotqizili-shi kerak. Trassalarda qiyalik va vertikal (tik) uchastkalar ko‘p bo‘lsa, maxsus oqib tushmaydigan Serezin massasi bilan shimitilgan qog‘oz izolyaSiyali kabellar ishlatiladi. Uning markasiga S xarfi qo‘shiladi. Masalan: SSBG. Undan tashqari kabel massasi kamroq shimitirilgan kabel ham yuqoridagi xol uchun ishlatiladi. Bunda markasi oxiriga V xarfi qo‘shiladi: AABV - qog‘oz izolyaSiyali, alyuminiy tomirli va qobiqli, zirxli, korroziyaga qarshi qoplamali, vertikal o‘tkazish uchun chiqarilgan kabel.
20 kV va 35 kV kuchlanishli kabellar markasi: AOSBG-faza tomirlari alohida qo‘rg‘oshin qobiqli, AOSK-dumaloq po‘lat simlardan zirxli.
110 kV li kabellar yog‘ to‘ldirilgan, bir fazali bo‘lib, mis tomiri ichida yog‘ bosim ostida bo‘ladi. Mis tomir to‘g‘ri burchakli kesimli simlardan quvur qilib eshilgan bo‘lib, simlar orasidagi tirqish (zazor) dan yog‘ tashqarida o‘ralgan qog‘oz izolyaSiyani yog‘lab turadi. Quyidagi markalari bor: MNSA-110-yog‘ to‘ldirilgan past bosimli (1kgs/sm2 gacha ), MSSA-o‘rta bosimli (3kgs/sm2 gacha)-asfalt qoplamali bo‘lib, transheyada yotqiziladi.
Tunnellarda MSS, MSSShv va MSAV markali o‘rta bosimli kabellar ko‘proq ishlatiladi. Ular qo‘r-g‘oshin qobiqda 120,150,185,240,300,400,500,625,800 mm2 alyuminiy qobiqda 150,185,240,270 mm2 li kesimlarga ega.
10.1-10.4 jadvallarda xozir ishlab chiqariladigan kabellar simlarning markalari, kesim izlari iщlatish soxalari va yotqizish usullari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.


1-jadval. Ochiq va izolyaSiyalangan simlarning markalari va tavsiflari

Simning
markasi

Nomi va konstrukSiyasi



Tomirlarniig kesimi diapozoin, mm*

A

Ochik. sim, alyuminniydan tayyorlangan, ko‘p simli

16-625

AS



Ochiq sim, alyumnniydan, ko‘p simli,
po‘lat o‘zagi ruxlangan simdan

16-400

ASU

Shuning o‘zi

120—400

M

Ochiq sim, misdan tayyorlangan, 4,6 va 10 mm2 kesimli, bir sim­li; 16 mm-2 va undan yuqori kesimlisi, ko‘p simli

4—400

PRG

Mis tomirli egiluvchan sim, rezina izolyaSiyali, chiritmaydigan tarkib shimdirilgan eshilgan paxta ipidan o‘rami bor

0,75—400

DPRG

Egiluvchan sim, ikki tomirli, rezina izolyaSiyali, tarkib shim­dirilgan eshilgan paxta ipidan umumiy o‘rami bor

0,5—10’

PRF, APRF

Rezina izolyaSiyali bir, ikki yoki uch tomirli PRF mis va APRF alyuminiy sim, rezina qo‘shib to‘qilgan mato bilan o‘ralgan va metal qobiq bilan qoplangan

1-4

PRShP

Mis sim, rezina nzolyaSiyali, rezina qo‘shib to‘qilgan mato bi­lan o‘ralgan, tomirlarining soni:
1—3
4—10
5—30

1-95 1—10 1-2,5

PRTO



Mis sim, rezina izolyaSiyali, tarkio shiidirilgan eshilgan paxta ipi o‘ralgan

1-200

APRTO PV

Shuning o‘zi, faqat alyuminiy sim
Bir tomirli, polivinilxlorid izolyaSiyaln, mis sim

2,5—400 0,75-95

PPV

Mis sim, yassi egilmaydigan, ikkita yoki uchta tomirli parallel yotqizilgan, polivini lxlorid plastikati bilan ajratilgan

0,75—2,5

ppgv

Shuning o‘zi, mis tomirli, egiluvchan

0,75—2,5

APPV

Shuning o‘zi, faqat alyuminiy tomirli

2,5-6

APV

Polivinil xlorid izolyaSiyali alyuminiy sim

2,5—120



2-jadval. Ochiq va izolyaSiyalangan simlarning ishlatilish sohalari va yotqizish usullari

Simning markasi

Asosiy ishlatilish sohasi

Yotqizish usuli

M, A, AS ASU

Kuchlanishi 100 V gacha va undan yuqori liniyalarida

Tayanchlarda yoki po‘lat konstrukSiyalarda mahkamlangan izolyatorlarda

PR, APR



Xonalar ichida va binolar tashqarisida yoritish va kuch tarmoqlarnda, yong‘in chiqishi jihatidan xavfli bo‘lgan xona­larda, ikkilamchi zanjirlarda

IzolyaSion naychalarda, izolyator­larda , metall va beton yuzalarda (simlar tagiga izolyaSion materiallar qo‘yib)

PRG



Binolarning ichida va tashqarisida elektr mashinalari, apparatlari v;1, asboblarni ulashda, simlarni devorlarda yotqizishda

Metall shlanglarda



PV, APV

Atrof muhit harorati 40 °S dan yuqori bo‘lmaganda xonalar ichidagi yoritish va kuch tarmoqlarnda (mineral kislota va ishqorlarning bug‘lari bo‘lgan quruq, zax va o‘ta zax xonalarda), yoritish shchitlari, ishga tushirish yashiklari, ikkilamchi zanjirlarning yopiq shkaflarida

Simlarning tagiga izolyaSion mate­rial qo‘yib metall va beton yuzalar bo‘nlab, naychalarda, izolyatorlarda va kliSlarda

PGV
PRTO, APRTO

Yoritish va kuch tarmoqlarnda, ikkilamchi zanjirlarda, moy va emulsiya mavjud bo‘lgan stanoklar va mexanizmlar bo‘ylab simlarni yotqizishda

Naychalarda va metall shlanglarda


Portlash xavfi bo‘lgan xonalarda ma­shina, agregat va kranlarning titrab ishlovchi yuzalari bo‘ylab va trubaprovodlarni ochish qiyin bo‘lgan hollarda (masalan, badiiy qoplamalar tagidan o‘tkazilgan trubalar) yoritish va kuch tar­moklarnda, ikkilamchi zanjirlarda

Po‘lat naychalarda va metall shlang­larda

PRP, PRShP

Simlarga mexanik ta’sir mavjud bo‘lgan va moy hamda emulsiyalar ta’sir etmaydigan stanok va mexanizmlarning elektr o‘tkazuvchi simlarida, yoritish va kuch tarmoqlarida, ikkilamchi zanjirlarda


Skobalar bilan mahkamlab ochiq holda

PRF, APRF

Simga yengil mexanik ta’sir mavjud bo‘lgan quruq xonalarda (masalan, zina bo‘lmalarida elektr o‘tkazuvchi simlar) yoritish va kuch tarmoqlari, shuningdek arxitektura mulohazalariga ko‘ra simlarni bilinmaydigan qilib ochiq o‘tkazish lozim bo‘lgan hollarda (klublar, kino, teatrlar, muzeylar va va h.k)

Shuning o‘zi

AR, ARD

Simlardan egiluvchanlik talab qilin-maydigan hollarda tomirlar orasndagi kuchlanish 220 V gacha bo‘lganda quruq xonalarda yoritish armaturalarnni zaryadlashda

Yoritish armaturalarnning ichidan va ustidan

DPRG

Agar simlar egiluvchan bo‘lsa binolardan tashqarida va zax xonalarda kuchla­nish 220 V gacha bo‘lganda yoritish armaturalarini zaryadlashda

Yoritish armaturalari ichidan

PPV, APPV

Tarmoq kuchlanishi 500 V gacha bo‘lganda quruq va zax xonalar ichida devorlar va shiplardan yoritish elektr simlarini o‘tkazishda

Mixlar yoki skobalar bilan mahkamlab ochiq holda

APPVS

Tarmoq kuchlanishi 660 V bo‘lganda quruq va zax xonalarda elektr toki o‘tkazishda

Suvoqlar tagidan yopiq holda



3- jadval. Tarkibi shimdirilgan qog‘oz izolyaSiyali kuch kabellarining markalari ishlatilish soxalari va yotqizish shartlari

Kabellar markasn

yotqizish turi va atrof muxit xarakteri

Yotqizish shartlari

ASB, SB, AB, AAB

Yerda (transheyada) va mexanik shikastlanishlar ehtimoli bo‘lganda binodan tashqarida devorlar bo‘ylab

Kabelga ancha katta cho‘zuvchi kuchlar ta’sir etmaydi


Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin