Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi


- L A B O R A T O R I Y A I SH I



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə2/15
tarix04.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#93167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi

1 - L A B O R A T O R I Y A I SH I


SANOAT KORXONALARINING PASAYTIRUVCHI PODSTANSIYALARI SXEMASINI O‘RGANISH


Ishning maqsadi: 110/10,5 kV li bosh pasaytiruvchi podstanSiya (BPP) mnemosxemasini tuzilishini laboratoriya sharoitida o‘rganish.

Qurilmaning mnemosxemasi


Qurilmaning mnemosxemasi 1-rasmda keltirigan bo‘lib, sanoat korxonalarining elektr bilan ta’minlash sistemasi elektr sxemasining bir qismi hisoblanadi va u quyidagi xarakterli elementlarini o‘z ichiga oladi :
1. T1 va T2 transformatorlaridan iborat 110/10,5 kV li bosh pasaytiruvchi podstanSiya ( BPP ).
2. Qo‘l yordamida qo‘zg‘atish tokini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan sinxron dvigatel ( SD ).
3. Sutka mobaynida qo‘l yordamida yoki avtomatik ravishda uchirish mumkin bo‘lgan 10,5 kV kuchlanishli BK1 va BK2 , 0,4 kV kuchlanishli BK3 kondensator batareyalari.
4. T3 va T4 transformatorlaridan tuzilgan 10,5 / 0,4 kV kuchlanishli sex podstanSiyasi ( TP ). T4 - ni PBV qurilmasi ulanishi qo‘l yordamida o‘zgartiriladi.T3 ni sutka davomida qo‘l yordamida yoki avtomatik ravishdaa uzish yoki ulash mumkin.
5. 10,5 va 0,4 kV li shinalardagi umumlashtirilgan elektr yuklamasi.

Qurilma boshqaruv organlarining joylashishi va ularni ishlatish


Qurilma boshqaruv organlarining joylashuvi va ishlatish joylari ( 1 - rasm ) qurilmaning boshqaruv organlari panelning yuza qism iga joylashtirilgan. Panelning pastki o‘ng burchagida qurilma apparatlari ulash ( qora knopka ) va uchirish (qizil knopka ) avtomatlari joylashtirilgan. Signal lampalari kommutaSion apparatlarni xolatini ko‘rsatadi (yonib turgan lampa apparat ulanganligini bildiradi).
O‘lchov asboblari liniyalardagi toklarni, 10,5 va 0,4 kV kuchlanishli shinalardagi kuchlanishlarni, transformator zanjiridagi aktiv va reaktiv energiyani o‘lchash uchun xizmat qiladi. " + " va " - " knopkalari T2 ni RPN otpaykalari ulanishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. " Quvvat VK " tumbleri va "Reaktivnaya quvvat" qayta ulagich ( pereklyuchatel ) kondensator batareyalariga va sinxron dvigatelga ulab generaSiya qiladigan reaktiv quvvat qiymatini berish uchun o‘rnatilgan ( b i r l i g i k V A R da )." Otrayki T4 " qayta ulagich orqali T4 ning otpaykalari xolati o‘rnatiladi. Panel yuzasining markaziy qismida qurilma barcha ish rejimlarini boshqaruvchi: qurilmani ishga tushirib yuborish uchun " P U S K " k n o p k a s i , qurilmani ish rejimini belgilovchi " Ostanovka - Rabota " tumbleri va sutka vaqti modelini kontrol qiluvchi raqamli tablo o‘rnatilgan. KommutaSion maydon yuqori o‘ng qismida joylashtirilgan bo‘lib sxema elementlariga avtomatik ish rejimini berish uchun xizmat qiladi.

Qurilma bilan ishlash etaplari


Qurilma bilan ishlash 3 etapga bo‘linadi :
1. Model sxemasiga dastlabki ( boshlang‘ich ) ish rejimlarini berish , ya’ni sxemani zarur elementlarini ulash kondensator batareyalari va SD reaktiv quvvati kattaligini berish , transformator otpaykasi xolatini tanlash.
2. Kondensator batareyalariga ish rejimi berish (ulash va o‘chirish momentlari), T2 transformatori anSarflari xolatini o‘zgartirish rejimini berish , T3 ga ulash va uchirish vaqti momentlarini berish .
KommutaSion maydonga programma berish " Vremya sutok " uyasini o‘tkazgichlar orqali boshqarish uyasiga ulash bilan sxema elementlarini ishga tushirish orqali amalga oshiriladi.
Misol : " Vklyucheniye T3 " uyalar qatoridagi uya bilan vaqt qatoridagi " 9 " uyasi sim bilan ulansa , T3 transformatori soat 9 da ishga tushadi.
3. Sutka siklini ulanishi.
Sutkadagi yuklamalar grafigini modellashtirish " PUSK " knopkasini bosganimizdan so‘ng raqamli tabloda raqamli I raqami yonishi bilan boshlanadi, shu daqiqada avval o‘chirilgan modellashtirish sxemasiga energiya beriladi. Sutka sikli tugashi bilan (24 soat o‘tishi bilan ) qurilma dastlabki xolatiga o‘zi avtomatik ravishda q a y t a d i . Zarur xollarda qurilmani dastlabki xolatiga qaytarish uchun " SBROS " knopkasi bosiladi. " Ostanovka - rabota " tumblerining "Ostanovka" xolati ulanganda ish shu daqiqada to‘xtatiladi. " Rabota " xolati ulanganda yuklamalar grafigini modellashtirish to‘xtagan vaqtidan boshlab davom ettiriladi.



1-rasm BPP ni tuzilish sxemasi
Qurilmaning parametrlari
1 - jadvalda qurilmada modellashtirilgan elektr ta’minoti sistema-
si elementlari parametrlari, 2 - jadvalda masshtablar keltirilgan.

1-Jadval



Belgilanishi

Turi

Nominal kuchlanishi, kV

Kattaliklari

1

2

3

4

T1, T2

TDN 10000 / 10,5

110 / 10,5

Pxx=27 kVT
Pke=74 kVT
Ukz=10,5 % yuk ostida rostlash diapozoni
+5%, + 2,5%
-5%, -2,5%
nominal quvvati Pn=10000 kVA

T3, T4

TMZ 1000 / 10,5

10 / 0,4

Pxx=2,4 kVT
Pke=12,2 kVT
Ukz=5,5 % yuk
Ixx=2 %
PBB +5%, +2,5%
-5%, -2,5%
Nominal quvvati
Pn=1000 kVA




1

2

3

4

BK1, BK2 kondensator batareyalari




10,5

Nominal quvvati 4x350 kVAR BK1 va BK2 ning zarur bo‘lgan quvvati mnemosxemadagi tumblerlar orqali olinadi. Solishtirma yo‘qotish
Pk=0,0025
kVT / kVAR

BKZ (kondensator batareyasi)




0,4

Batareya quyidagi sekSiyalardan tuzilgan: 210, 105, 42, 3x1,2 kVAR Solishtirma yo‘qotish Pk=0,0045 kVT/kVAR

T3 va T4 ni ta’minlovchi kabellar

ASB -10 3x50 mm

10,5

Yerda yetkazishdagi ruxsat etilgan toki: Idop=140 A Solishtirma qarshiligi r0=0,62 Om/km Uzunligi L=0,8 km

SD (sinxron dvigatel)

STD

10,5

Nominal quvvati 630 kVT, quvvati koeffiSiyenti cos=0,9 Yuklanish koeffiSiyenti Ke=0,8

2-Jadval


Masshtablar nomi

Belglanishi

Masshtab

O‘lchov birligi

Vaqt

t

240

sek. deyst/sek.massh

Tok

I

10

A / B

Energiya:
Schetchik (BPP)

P
W Q

255


kvt* ch/ob.sch.
kvar* ch/ob. Sch

Schetchik (TP)

W P
Q

34

kvt* ch/ob.sch.
kvar* ch/ob. sch

Qurilma bilan qo‘llaniladigan asboblar


a) H390 tipidagi o‘zi yozap pribor.
Qurilmada yuklama va temperatura grafiklarini chizish uchun o‘zi yozar voltmetrlar qo‘llaniladi.Bu priborni ish rejimlari ( o‘lchash chegarasi va lentani tortish tezligi ) doimiy bo‘lib, ish davomida xech qanday o‘lchashlar talab qilinmaydi. ES ning sutka davomidagi ishini modellashtirish boshlanganda priborlar avtomatik ravishdaa ulanadi va modellashtirish tugagandan so‘ng yana avtomatik ravishdaa o‘chadi.
Hisobot tartibi
Hisobot qurilmani elektr ulash sxemasi, ishlashi, uning asosiy parametrlarini o‘z ichiga olishi kerak .

Nazorat uchun savollar


1. Qurilmadagi elementlar nima maqsadlarda qo‘llaniladi ( BPP transformatorlari, o‘chirgichlar, o‘lchov asboblari ) ?
2. Panel yuzasining o‘ng qismida joylashtirilgan kommutaSion maydon nima uchun xizmat qiladi ?
2 - L A B O R A T O R I Y A I SH I



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin