Ishning maqsadi: Sex podstanSiyalari transformatorlarining tejamli ish rejimini hisoblash va tadbiq qilish usullaqini o‘rganish.
Nazariy qism Sex podstanSiyasi transformatorlarining ulangan yuklama vaqt davomida o‘zgartirib turgani uchun transformatordagi quvvatni yo‘qolishi vaqt davomida turlicha bo‘ladi.
Transformatorlari bir xil yuklangan ikki transformatorli podstanSiyada kuchlanish o‘zgarmas, yuklama esa o‘zgaruvchan bo‘lganda quvvat yo‘qotishi yuklamaga bog‘lik bo‘ladi :
(1)
K3(t) = S(t) / nST Bu yerda Pxx - transformator salt ishlaganda yo‘qoladigan aktiv quvvat
PK3 - qisqa tutashuvda yo‘qoladigan aktiv quvvat;
K3 - transformatordagi yuklash koeffiSiyenti ;
ST - bitta transformatorni nominal quvvati ;
S(t) - ikki transformatorli podstanSiya yuklamasi ;
n - transformatorlar soni;
PodstanSiyada bitta transformator ishlaganda aktiv quvvat yo‘qotilishlari quyidagicha topiladi :
Ikkita transformator ishlagandagi yo‘qotishlar qiymatini yuklama kattaligiga bog‘lik grafigi 1- rasm ko‘rsatilgan (1 - egri chiziq).
Bitta transformatordagi aktiv quvvat yo‘qolishi 2 - egri chiziq orqali ifodalangan
1- rasm. Transformatorlardagi yo‘qotishlarni yuklamaga bog‘likligi grafigi .
I - Ikkita transformatordagi yo‘qotishlar ;
II - Bitta transformatordagi yo‘qotishlar .
I va II - egri chziqlarni kesishgan nuqtasi SA yuklamaga mos keladi, bunday yuklamada ikkita transformatordagi yo‘qotish bitta transformatordagi yo‘qotishga teng bo‘ladi. Rasmdan ko‘rinadiki, S(t) < SAbo‘lsa, bitta transformator ishlaganda quvvat yo‘qotish ikkita transformator ishlaganga nisbatan kampoq va aksincha S(t)>SAda 2 ta transformator ishlaganda yo‘qotishlar kamroq bo‘ladi. Quvvatni (1) va (2) - ifodalarning o‘ng tomonlari o‘zapo tenglashtirib hisoblash mumkin :
Oraliq o‘zgartirishlarini tushurib qoldirib
ni olish mumkin.
Agar transformatorni sutka davomida o‘chirib yoki ulab turish zarur bo‘lsa, bu avtomatik usulda, kamroq kerak bo‘lsa ( bir xaftada bir marta ) qo‘lda amalga oshiriladi. Laboratoriya modelida sutkalik grafik bo‘yicha transformatorlarni avtomatik usulda ulanadi va o‘chiriladi.
Ishni bajarish tartibi
1. Sex transformator podstanSiyasi uchun SA hisoblansin.
2. Oldingi ishda olingan aktiv va reaktiv quvvat grafiklari yordamida sutka ichidagi to‘la quvvat grafigi qurilsin.
3. To‘liq quvvat S=f(t) grafigi bo‘yicha T3 transformatorining ulanish va uzilish momentlari aniqlansin.
4. Qurilma ulanadi. Sex podstanSiyasi uchun belgilangan rejimni to‘g‘ri ekanligi kuzatiladi.Grafiklarda bir yoki ikkita transformator ishlagan vaqtlar belgilangan xolda o‘zi yozuvchi pribor yordamida I(t) grafigi olinsin.
5. Sex podstanSiyasidagi transformatorlarni tejamli ish rejimini tadbiq qilish asosida tejab qolingan elektr energiyasi aniqlansin.
Hisoblash uchun kerakli bo‘lgan transformator parametrlari 1- laboratoriya ishining I - jadvalida berilgan.
Hisobotga qo‘yilgan talablar
Laboratoriya ishi bo‘yicha tayyorlangan hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak :
1. Ishni bajarish uchun kerak bo‘lgan qurilmaning barcha parametrlari;
2. SA ning hisobi ;
3. Oldingi ish natijalari bo‘yicha qurilgan to‘la quvvatning sutkalik yuklama grafigi. Grafikda SA kattalik belgilangan bo‘lib, T3 transformatorini ulash va uzish daqiqalari ko‘rsatilishi kerak;
4. To‘liq quvvat grafigi. Bu grafikda quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak :
5. Sex TP transformatorlarini tejamli rejimini qo‘llash natijasida tejab qolingan elektr energiyasini hisobi. Tejamni sutka uchun hisoblangan va kVT*soatlarda aniqlanishi kerak.
6. Xulosa.