Nazorat uchun savollar
1. Transformatorlardagi qisqa tutashuv va salt ishlashda aktiv va reaktiv quvvat yo‘qotishlari nimaga bog‘liq bo‘ladi va qanday paydo bo‘ladi ?
2. Transformatorni G - simon almashtirish sxemasini chizing va u yordamida transformatordagi yo‘qotishni fizik ma’nosini tushuntirib bering.
3. TMZ - 1000/10 tipidagi transformator konstrukSiyasini va ishlash prinSipini tushuntirib bering .
4 - L A B O R A T O R I Y A I SH I
KUCHLANISHI 1000 VOLTGACHA BO‘LGAN SEX ELEKTR
TARMOQLARIDA "FAZA - NOL" XALQASI QARSHILIGINI TEKSHIRISH
Ishning maqsadi: Ish hisoblash - tajriba xarakteriga ega. " Faza - nol " xalqasi qarshiligini aniqlash,tekshirilayotgan liniyalarda qisqa tutashish tokini topish, bir fazali qisqa tutashish toki bo‘yicha ximoya apparatlarini tanlashdan iborat.
Nazariy qism
Sanoat korxonalarida 4 ta simli kuchlanishi 380/220 V bo‘lgan neytrali yerga ulangan va nol simli sex elektr tarmoqlari keng tarqalgan. Ba’zi xollarda normal xolatda kuchlanish ostida bo‘lmaydigan metall qismlarda korpusga ulanib qolish natijasida odamlar uchun xavfli bo‘lgan potenSial paydo bo‘lishi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy tadbirlardan biri yerga ulash hisoblanadi. Elektr qurilmasining biror qismini ataylab yerga ulovchi qurilma bilan elektr bog‘lash " yerga ulash " deyiladi." Yerga ulovchi qurilma ": " yerga ulovchi " va "yerga ulovchi o‘tkazgichlar" dan iborat bo‘ladi." Yerga ulovchi " deb yer bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri kontaktda bo‘ladigan metall o‘tkazgich yoki o‘tkazgichlar gupuxiga,"yerga ulovchi o‘tkazgichlar" deb elektr qurilmalarining yerga ulanadigan qismlarini "yerga ulovchi" bilan birlashtiruvchi o‘tkazgichga aytiladi.
Transformatorning yerga ulanadigan neytrali "yerga ulovchi qurilma"ga kichik qarshilik ( tok transformatori birlamchi cho‘lgami ) orqali yoki to‘gridan -to‘g‘ri sim bilan ulanadi. Transformator neytralini "yerga ulovchi qurilma" ga ulovchi nol sim fazalarining yuklamasi xar xil bo‘lganda teskari sim bo‘lib xizmat qiladi. Neytrali to‘gridan -to‘g‘ri ulangan elektr qurilmalarida yerga ulangan qism lar izolyaSiya buzilishi yoki boshqa sabablar bilan biror faza bilan birikib qolgan taqdirda avtomatik ravishda manbadan qisqa vaqt ichida uni uzilishi ta’minlanishi zarur. Shu maqsaddda bunday elektr qurilmalarida nol sim yordamida elektr uskunalari korpuslari yerga to‘gridan -to‘g‘ri ulangan neytral bilan metall bog‘lanishda bo‘lishi kerak.Yerga ulashning bunday sistemasi "nolga ulash" deb ataladi. Bunday metall bog‘lanish nol simdan tashqari "yerga ulovchi simlar" yordamida bajarilishi mumkin. "Yerga ulovchi qurilma"da tabiiy va sun’iy " yerga ulovchi " lar va "yerga ulovchi o‘tkazgichlar" ishlatiladi. Tabiiy "yerga ulovchi" lar sifatida yer bilan bevosita aloqada bo‘lgan metall kuqurlar, binolarning metaldan qilingan yerosti qismlari kabellarning qo‘rg‘oshin qoplamalari ishlatiladi ( alyuminiy qoplamalarni ishlatish mumkin emas ). Sun’iy "yerga ulovchilar" burchakli va yumaloq po‘latdan va gaz-suv quvurlaridan bajariladi." Yerga ulovchi o‘tkazgich " lar va "nol ximoya o‘tkazgichlar yoki simlar" sifatida esa :
1. Nol simlar faqat shu maqsadda ishlatiladigan o‘tkazgichlar ( mis va alyuminiy simlar, po‘lat tasma );
2. Binolarning metall konstrukSiyalari ;
3. Temir - beton konstrukSiyalar armaturasi;
4. Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan metall konstrukSiyalar ;
5. Elektr simlari uchun po‘lat trubalar ;
6. Kabellarning alyuminiy qoplamalari ;
7. Shinoprovodlarning metall qoplamalari va konstrukSiyalari ;
8. Ochiq yotqizilgan quvurlar ( turboprovodlar ); ( yonuvchi va portlovchi moddalar quvurlaridan va kanalizaSiya hamda isitish quvurlaridan tashqari );
Kuchlanishi 1000 V gacha, neytrali yerga to‘gridan -to‘g‘ri ulangan elektr qurilmalarida shikastlangan uchastkalarni avtomatik tarzda uzish imkoniyati yaratish uchun kerak. Buning uchun "yerga ulovchi simlar" ni shunday tanlash kerakki, biror faza korpusga yoki nol simga ulanib qolgandagi 1 fazali qisqa tutashuv toki uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak :
Eruvchan quymali saqlagichlar uchun :
a ) Normal muxit sharoitlarida
(1)
b) Portlash xavfi bor muxitlarda
(2)
Bu yerda IBCT - saqlagich eruvchan quymasining nominal toki.
2. Tokga teskari bog‘liq xarakteristikali avtomatlar uchun :
a) normal muxit sharoitlarida
(3)
b) Portlash xavfi bor muxitlarda
(4)
Bu yerda IHP - avtomatik u z u v ch i sining nominal toki.
3. Faqat qisqa tutashuv tokidan ximoya qiluvchi uzuvchi elementli avtomatlar uchun :
(5)
Bu yerda Iy.k - qisqa tutashuvdan ximoya elementining ishlab ketish ustavka toki.
" Yerga ulovchi simlar " ning o‘tkazchanligi faza simi o‘tkazchanligini kamida 50 % ni tashkil etishi kerak.
Tekshirishlar va tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ichida fazalar o‘tkazilgan po‘lat quvurdan, po‘lat zirxdan va shinoprovod qoplamasidan tashqari o‘tkazilgan nol simlar nol tartibli toklarga katta qarshilik ko‘rsatadi. Natijada 1 fazali qisqa tutashuv toklari ximoya apparatlari ishlashi uchun yetarli qiymatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun kabel, po‘lat trubalar, shinoprovoddagi nol shina yoki alyuminiy tasma nol sim sifatida ishlatilsa, 1 fazali qisqa tutashuv toki qiymati ancha ortadi. Agar 4 - jilalik kabelning nol jilasi, shinoprovodning nol shinasi yoki shinoprovod kojuxidagi alyuminiy tasma nol sim sifatida ishlatilsa, yerga ulanish toki ( 1 fazali qisqa tutashuv toki ) eng katta qiymatga ega bo‘ladi.
Neytrali yerga bevosita ulangan, kuchlanishi 1000 V gacha elektr tarmoqlarida faza va nol simlar o‘rtasidagi qisqa tutashuv toki quyidagicha topiladi :
(6)
Bu yerda : UF - faza kuchlanishi ;
Dostları ilə paylaş: |