16- MA’RUZA.
Mavzu : Magnitodielektriklar.
Reja:
1. Magnitodielektriklar.
2. Kam uglerodli kremniyli po‘latlar.
Magnitodielektriklar magnit-yumshoq materialning mayin tuyilgan zarrachalaridan iborat kompozitsion materialdir. Bu zarrachalar bir-biri bilan biror organik yoki anorganik dielektrik orqali bog‘langan. Mayin tuyilgan magnit-yumshoq materiallar sifatida Karbonil’ temir, Al’sifer va kukun holigacha maydalangan permalloyning ba’zi turlaridan foydalaniladi. Dielektriklar sifatida esa epoksid yoki bakelit smolalar, polistirol, suyuq shisha va boshqalar ishlatiladi.
D ielektrikning vazifasi magnit material zarralarini bir-biri bilan bog‘lashdan tashqari ular orasida elektrdan izolyatsiyalovchi qatlam hosil qilish, shu bilan magnit-dielektrikning solishtirma elektr qarshiligini oshirishdan iborat. Bu esa uyurma toklarga sarflanadigan 24-rasm energiya isrofini keskin kamaytiradi, shu bilan magnit-dielektriklardan yuqori chastotalarda (magnit-dielektrik tarkibiga bog‘liq ravishda 10 dan 100 MGs gacha) xam foydalanishga imkon beradi. Karbonil temir va polistirol asosidagi magnit-dielektriklar Al’sifer va bakelit smolalar asosidagi magnit-dielektriklarga nisbatan ancha yuqori chastotalarda ishlashi mumkin.
Karbonil magnit-dielektriklarning itemperaturasi —60 dan+100°S gacha, Al’siferlar uchun — 60 dan + 120°S gacha. Magnit-dielektrik tarkibida 15—40% dielektrik bO‘lganda, ular diamagnit material hisoblanib (<1), ularning magnit xarakteristikalari boshlang‘ich ferromagnit to‘ldirgichnikiga (Karbonil’ temir, Al’sifer va b.) nisbatan o‘nlab marta kamayadi.
Magnitodielektriklarning magnit xarakteristikalari ferritlarnikidan birmuncha past bo‘lishiga qaramay, ular elektroapparaturalarning yuqori chastotali qismlaridagi o‘zaklarni tayyorlashda foydalaniladi. Bunga sabab shuki, magnitodielektriklarning magnit xarakteristikalari ferritlarnikiga nisbatan juda barqaror va ulardan murakkab shakldagi O‘zaklar tayyorlash imkoni bor (47-rasm). Magnitodielektrik buyumlar qizdirib presslash yoki bosim ostida quyish usullarida tayyorlanadi. Magnitodielektriklardan buyumlar ishlab chiqarish ferritlarga nisbatan ancha sodda, shu sababli ularga yuqori temperaturada issiqlik ishlov berishning hojati yo‘q. Bundan tashqari, magnitodielektriklardan yasalgan buyumlarning sirtlari juda toza va o‘lchamlari aniq chiqadi.
Molibdenli permalloy yoki karbonilli temir qo‘shilgan magnitodielektriklarning magnit xarakteristikalari juda yuqori. Magnitodielektrik detallarning presslash bosimi qancha yuqori bulsa,ularning magnit singdiruvchanligi va boshqalar shuncha yuqori bo‘ladi. Buyumning shakli va murakkabligiga bog‘liq ravishda bu bosim qiymati (1420)102 MPa oraliqda bo‘ladi. Ularning solishtirma qarshiligi esa 104 -106 Omm atrofida.
2. Magnitodielektriklar
Magnitodielektriklar magnit-yumshoq materialning mayin tuyilgan zarrachalaridan iborat kompozitsion materialdir. Bu zarrachalar bir-biri bilan biror organik yoki anorganik dielektrik orkali bog‘langan. Mayin tuyilgan magnit-yumshoq materiallar sifatida Karbonil’ temir, Al’sifer va kukun holigacha maydalangan permalloyning ba’zi turlaridan foydalaniladi. Dielektriklar sifatida esa epoksid yoki bakelit smolalar, polistirol, suyuk shisha va boshqalar ishlatiladi.
Dielektrikning vazifasi magnit material zarralarini bir-biri bilan bog‘lashdan tashqari ular orasida elektrdan izolyatsiyalovchi qatlam hosil qilish, shu bilan magnit-dielektrikning solishtirma elektr qarshiligini oshirishdan iborat. Bu esa uyurma toklarga sarflanadigan energiya isrofini keskin kamaytiradi, shu bilan magnit-dielektriklardan yuqori chastotalarda (magnit-dielektrik tarkibiga bog‘liq ravishda 10 dan 100 MGs gacha) ham foydalanishga imkon beradi. Karbonil’ temir va polistirol asosidagi magnit-dielektriklar Al’sifer va bakelit smolalar asosidagi magnit-dielektriklarga nisbatan ancha yuqori chastotalarda ishlashi mumkin.
Karbonil’ magnit-dielektriklarning ish temperaturasi —60 dan+100°S gacha, Al’siferlar uchun — 60 dan + 120°S gacha. Magnit-dielektrik tarkibida 15—40% dielektrik bo‘lganda, ular diamagnit material hisoblanib (<1), ularning magnit xarakteristikalari boshlang‘ich ferromagnit to‘ldirgichnikiga (Karbonil’ temir, Al’sifer va b.) nisbatan o‘nlab marta kamayadi.
Magnitodielektriklarning magnit xarakteristikalari ferritlarnikidan birmuncha past bo‘lishiga qaramay, ular radioapparaturalarning yuqori chastotali qismlaridagi o‘zaklarni tayyorlashda foydalaniladi. Bunga sabab shuki, magnitodielektriklarning magnit xarakteristikalari ferritlarnikiga nisbatan juda barqaror va ulardan murakkab shakldagi o‘zaklar tayyorlash imkoni bor (47-rasm). Magnitodielektrik buyumlar qizdirib presslash yoki bosim ostida quyish usullarida tayyorlanadi. Magnitodielektriklardan buyumlar ishlab chiqarish ferritlarga nisbatan ancha sodda, shu sababli ularga yuqori temperaturada issiqlik ishlov berishning hojati yuk. Bundan tashqari, magnitodielektriklardan yasalgan buyumlarning sirtlari juda toza va o‘lchamlari aniq chiqadi.
Kam uglerodli, kremniyli po‘latlar temir va 0,8—4,8% kremniydan iborat qotishma. Kremniyli po‘lat tarkibida uglerod 0,08% dan ortiq bo‘lmaydi. Kremniyli po‘lat 0,05—1 mm qalinlikdagi listlar va tasmalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi, va nisbatan arzon material hisoblanadi. Po‘latga ishlov berilganda undagi kremniy suyuqlangan holatda bo‘lib, u FeO bilan reaksiyaga kirishadi. Bunda po‘latdan sof temir ajralib chiqadi va qumtuproq hosil bo‘ladi.
2 FeO+Si=2 Fe + SiO2.
Qumtuproq po‘latning solishtirma elektr qarshiligini oshiradi va uyurma toklarga ketadigan isroflarni kamaytiradi. Kremniy temir kristallarining o‘sishiga yordam beradi, shuningdek sementit Fe3S ning parchalanishiga sabab bo‘lib, po‘latning magnit xarakteristikalarini yaxshilaydi. Po‘latga ko‘p miqdorda kremniy qo‘shilganda uning magnit xarakteristikasini yaxshilaydi, ammo po‘latning mo‘rtligini oshiradi, bu esa undan shtamplash usuli bilan detallar tayyorlash ishlarini murakkablashtirib qo‘yadi. Shu sababli po‘lat tarkibiga 4,8% dan ziyod kremniy kiritilmaydi.
Kremniyli po‘lat listlarni tayyorlash uchun zagotovkalar qizdiriladi yoki sovuq holda prokat qilinadi, shu sababli issiqlayin va sovuqlayin prokat qilingan kremniyli po‘latlar bo‘ladi. Maolumki, temir kristallari kub strukturaga ega, magnit maydon yunalishi temir kristali kubining qirrasi yo‘nalishi bilan mos tushganda temir jadal magnitlanadi. Shuning uchun kremniyli po‘lat listlar sovuqlayin bir yo‘nalishda bir necha marta prokat qilinadi, shundan so‘ng vodorodli muxitda 900°S da yumshatiladi. Yumshatish jarayonida listlar tarkibidan materialning magnit xossalarini pasayishiga olib keluvchi aralashmalar chiqib ketadi, bundan tashqari, prokat tufayli deformatsiyalangan temir k ristallari dastlabki shakliga qaytadi.
Sovuqlayin prokat qilingan, kristall qirralari prokat yo‘nalishida joylashgan kremniyli po‘lat tekstura qilingan po‘lat deyiladi. Sovuqlayin prokat qilingan teksturali po‘latlarning issiqlayin prokat qilingan po‘latlardan afzalligi 17-jadvalda va 45-rasmda ko‘rsatilgan.
Sovuqlayin prokat qilingan po‘latlar faqat magnit oqimi prokat yo‘nalishi bilan mos kelgandagina yaxshi magnit xarakteristikaga ega bo‘ladi. Bu yo‘nalishlar mos kelmaganda ularning magnit xarakteristikalari issiqlayin prokat qilingan po‘latlarnikidan past bo‘ladi. Shuning uchun sovuqlayin prokat qilingan teksturali po‘latlardan tasmasimon o‘zaklar tayyorlashda foydalanish juda samarali hisoblanadi. Kremniyli po‘latlarning magnit xarakteristikalarini
permalloyniki bilan taqqoslab ko‘rilsa, permalloy katta afzallikka ega ekanligini sezish mumkin. Shu sababdan kremniyli po‘lat radioapparaturalarning magnit singdiruvchanlik juda katta bo‘lmagan va muayyan miqdorda energiya isroflariga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan uncha muhimmas qismlarida ishlatiladi.
Adabiyotlar:
1)K.P.Bogorodiskiy, V.V.Pasinkov, “Elektrotexnicheskiy materiali”1985g
2)I.Xolikulov,M.M.Nishonova”Elektron texnika materiallari“ Toshkent shark 2006y
3)N.V.Nikulin, V.A.Nazarov ”Radiomateriallar va komponentlar “ Toshkent
Dostları ilə paylaş: |