6
Kirish.
Butun dunyoda energiya resurslar narxini oshib borishi barcha korxonalarda energiya tejamkorlik
masalasini ilgari suradi. Ko‘pgina ishlab chiqarish korxonalarda mahsulot tannarxini asosiy tashkil etuvchisi
energiyaga to‘lovlar tashkil etmoqda. Energiya resurslarni tejash orqali mahsulot
tannarxini kamaytirish
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini oshirishning asosiy
omillaridan biridir. Bu esa elektr energiya nisbiy sarfini kamaytirish bo‘yicha
imkoniyatlarimiz borligini
ko‘rsatadi va ishlab chiqarish korxonalarida elektr energiyaini tejovchi oddiy va arzon texnik qurilmalarni
tadbiq qilishni taqozo qiladi.
Energiya oqimining elektr ta’minoti sxemasi barcha elementlari bo‘yicha
aniqlangan quvvat
balanslari noo‘rin sarflanayotgan elektr energiyasini tezroq aniqlash imkoniyatini beradi.
Keyingi yillarda Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ishlab chiqarishdagi iqtisodiy
munosabatlarni, korxonalarni faoliyat yurgizish shart - sharoitlarini o‘zgartirib yubordi. Bundan tashqari,
Respublikamiz korxonalariga chet el investitsiyalari keng jalb qilinib xorijiy elektr uskunalar o‘rnatilmoqda.
Bu esa elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlariga, elektr ta’minoti tizimi ishonchligiga va energiya iste’moli
jarayonlarini avtomatlashtirishga o‘ziga xos talablar qo‘ymoqda. Yuqoridagilar korxonalarni elektr ta’minoti
tizimini zamonaviylashtirish nuqtai nazaridan qayta rekonstruktsiyalashni taqozo qilmoqda.
Jumladan, mavjud GESlarni modernizatsiyalash dasturi bo’yicha ularning umumiy quvvati 6497
mln.kVt.soat dan 7400 mln kVt.soatgacha ortadi. Bundan tashqari yangi GESlarni qurib ishga tushirish
hisobiga 1645 mln.kVt.soat quvvat olinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari Respublikamiz elektroenergetikasining istiqboli
qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini qay darajada samarali joriy etilishi bilan bog’liq. Chunki dunyo iqtisodi bu borada jadal
qadamlab bormoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun dunyo investitsiyalari: 2004 yilda – 52 mlrd. AQSh
dollari, 2014 yilda – 520 AQSh dollari. Shu jumladan: Xitoy – 47,3 mlrd. AQSh dollari, AQSh – 20,7 AQSh
dollari, Buyuk Britaniya – 11,2 mlrd. AQSh dollari, Ispaniya -10,4 mlrd. AQSh dollari, Janubiy Koreya – 10,0
mlrd. AQSh dollari, Braziliya – 7,4 mlrd. AQSh dollari, Germaniya – 6,2 mlrd. AQSh dollari, Kanada – 3,3 -
mlrd. AQSh dollari investitsiyalarni o’zlashtirib bu borada faol siyosat olib bormoqdalar.
Dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga rejalashtirilayotgan
global investiysiya
bashoratlari: 2020 yilda – 1,7 trll. AQSh dollari, 2050 yilda – 45 trll. AQSh dollari.
7
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlanishining asosi sabablari:
mavjud organik energiya resurslar narxlarining doimiy o’sib borishi va atrof-
muhitning
ifloslanishi;
zahiralarning cheksizligi va ekologik tozaligi;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini istiqbolda kutilayotgan dunyo energobalansidagi ulushi:
2030 yilgacha - 20%, 2050 yilgacha – 50%.
Past uglerodli energetikaning parnik samarasini pasaytirishdagi strategik maqsadlari: 2020 yilda –
20-25% gacha, 2060 yilda 50-60% gacha.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishga engillashtirilgan ta’riflar qo’llagan davlatlar:
1990 yilda – 2 ta, 2000 yilda – 14 ta, 2014 yilda – 67 ta.
Yuqoridagi rejalarni amalga oshirishda tayyorlanayotgan kadrlar malakasiga ko’p narsa bog’liq. Shu
ma’noda hozirda respublikamiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar istiqbolda umumiy iqtisodiyot,
xususan elektr energetika tizimi uchun kadrlar tayyorlash va iqtisodiyotda
elektr energiyasidan
foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: