165
osongina ishga tushiriladi. Bunda aylanish tezligining ortishi bilan qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladigan
o‘zgarmas
tok ham asta-sekin ortadi, tezlik sinxron qiymatga yaqinlashganda motor o‘z-o‘zidan
sinxronizmga tortiladi [4].
Demak, sinxron motorlarni ishga tushirishda, asosan, asinxron usul qo‘llaniladi.
Buning uchun
sinxron motorlarning rotori o‘zagiga qo‘zg‘atish chulg‘amidan tashqari,
kataksimon qisqa tutashgan
chulg‘am ham joylashtiriladi( 12.8-rasm).
12.8-rasm. Sinxron motorlarni asinxron usulda ishga tushirish.
Bu chulg‘am ishga tushirish chulg‘ami deb ataladi va uning yordamida sinxron motor asinxron
motor singari ishga tushiriladi.
Buning uchun, dastavval, uning qo‘zg‘atuvchi chulg‘ami
razryad
qarshiligiga tutashtirilib, so‘ngra stator chulg‘ami elektr tarmog‘iga ulanadi. Bunda stator chulg‘amidan
uch fazali tok o‘tib, natijada
n = 60f/p
chvstota bilan aylanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Statorning
aylanuvchi magnit maydonning rotordagi qisqa tutashgan chulg‘am bilan kesilishi natijasida bu chulg‘amda
EYuK va, demak, tok hosil bo‘ladi. Rotordagi tok bilan aylanuvchi magnit maydon o‘zaro ta’siri natijasida
rotor
n
p
=0,95n
chastota bilan aylana boshlaydi.
Sinxron motori rotorining
n
p
chastotasi asinxron, ya’ni sinxronmas chastota deb ataladi. Asinxron
chastota bilan aylanayotgan rotorning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amini razryad qarshiligidan ajratib, unga
o‘zgarmas
tok berilsa, u holda stator va rotor magnit maydon qarama-qarshi qutblarining o‘zaro
tortishish kuchi ortib, rotor sinxron chastota bilan aylana boshlaydi. Sinxron motorni asinxron usul bilan
ishga tushirishda uning qo‘zg‘atuvchi chulg‘amida katta EYuK hosil bo‘ladi. Chulg‘am izolyatsiyasiga bu
166
EYuK dan bo‘lgan xavfni yo‘qotish
uchun razryad qarshiligi
Dostları ilə paylaş: