Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə33/60
tarix29.03.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#91246
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
2-kurs EEE elmash MARUZA for me

Sinxron kompensator
Sinxron motorning qo‘zg‘atish toki nominal qiymatidan kichik bo‘lsa,u tarmoq kuchlanishi vektoriga nisbatan keyinda qoluvchi tok bilan ishlaydi. Bunda quvvat koeffitsienti kichik bo‘ladi. Agar qo‘zg‘atish toki nominal qiymatidan katta bo‘lsa,u tarmoq kuchlanishi vektoriga nisbatan oldinda keluvchi tok bilan ishlaydi. Bunda tarmoqning quvvat koeffitsienti kattalashadi. Sinxron motorning shu hususiyatidan elektr tarmoqining quvvat koeffitsientini oshirishda foydalanadi.
Sinxron kompensator yengil va yuksiz ishlaydigan sinxron motordir. Bunday motorning qo‘zg‘atish toki odatdagi sinxron motorning qo‘zg‘atish tokidan katta bo‘ladi.
Kompensator tarmoqqa ulanmasdan oldin iste’molchi tarmoqdan R= UI cosφ quvvatni oladi. Sinxron konpensator iste’molchiga parallel ulanganda undagi quvvat isrofi e’tiborga olinmasa, tarmoqdan olingan quvvatning qiymati 0 ga teng deyish mumkin. Shunday qilib istemolchiga sinxron kompensator paralel ulanganda elektr stansiyalardagi ishlab turgan generatordan elektr uzatish liniyalari orqali keladigan tokning qiymati kamayadi. Sinxron kompensator tamoqdan iste’molchiga beriladigan reaktiv quvvatni kamaytiradi. Quvvatning aktiv qismi bir hilda qolaveradi. Sinxron kompensatorlar qo‘zg‘atish toki nominal qiymatidan kichik bo‘lganda ham ishlaydi. Bunda u elektr tarmog‘iga fazasi kuchlanish vektoridan keyinda qoladigan reaktiv tok beradi.
Odatda sinxron kompensatorlarning qo‘zg‘atish toki avtomatik o‘zgartiriladi. Sinxron kompensatorning quvvati quyidagicha aniqlanadi:

Q=Po‘rt(tg1- tg2) (kVar)


Bunda: Q- kompensatsiyalanadigan reaktiv quvvat.


Po‘rt - Bir sutkada korxanaga berilgan o‘rtacha aktiv quvvat (kvt).
tg1- kompensatsiyalashdan oldingi 1 burchak.
tg2- kompensatsiyalashdan keyingi 2 burchak.

Sinxron kompensator ham sinxron motor kabi yurgiziladi. Sinxron kompensator yuksiz ishlaydi, shuning uchun yurgizish ancha yengil, yurgizish toki kichik, rotorning to‘la aylanib ketish vaqti qisqa bo‘ladi.


MAXSUS SINXRON MAShINALAR



Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin