Sinxron generatorlarni sinxronlashtirishning boshqa usullari Katta quvvatli sinxron generatorlarni paralel ishlashga ulash uchun elektromagnit sinxronoskoplar qo‘llanadi.
Buning uchun sinxronoskopga generatorning va tarmoqning kuchlanishlari
beriladi: Bu sinxronoskoplar aylanuvchan magnit maydon prinsipiga asoslangan bo‘lib fr fr bo‘lganda sinxronoskopning strelkasi fr = ft chastota bilan chapga yoki o‘ngga aylanadi. Strelkaning aylanish yo‘nalishi qaysi chastotaning kattaligiga bog‘liq. Sinxronlashtirishning barcha shartlari to‘liq bajarganda strelka aylanishdan to‘xtab, strelka vertikal yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Generator va tarmoqning kuchlanishidan yuqori bo‘lsa u xolda sinxronskop kuchlanish transformotorlari orqali ulanadi. Generatorlarni sinxronlashtirish jarayoni juda mas’uliyatli jarayon bo‘lib mutaxassislardan bunga jiddiy e’tibor berilishini talab etiladi. Sinxron generatorni parallel ishlashga ulashda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Ur va fr avtomatik ravishda rostlaydigan avtomatlashtirilgan sinxron-noskoplar qo‘llanadi. Lekin bunday usulni o‘ziga xos kamchiliklari masalan, sxemaning murakkabiligi, doimiy nazorat qilib turish va xakozalar bor.
Keyingi paytlarda sinxron generatorlarning paralel ishlashga ulashda dag‘al sinxronlizatsiyalash usuli keng qo‘llanilmoqda. Bunda qo‘zg‘tatish cho‘lg‘amiga tok berilmagan (U=0) sinxron generator tarmoqqa ulanadi, rotorning tezligi 0,98 nc tezlikka yetganda sinxron generator tarmoqqa ulanadi va qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga qo‘zg‘atish toki beriladi va sinxron generator avtomatik ravishda paralell ishga ulanadi. Bunda sinxron generatorning kuchlanishini va chastotasini tenglashtirish shart bo‘lmaydi. Bu usul yordamida sinxronlashtirilib, manbaaga ulangan sinxron generatorda ancha katta tok hosil bo‘lishi mumkin, lekin u toklar sinxron generator uchun uncha katta xavf tug‘dirmaydi
Sinxron generatorlarni paralel ishlashga ulash
Elektr stansiyalarda istemolchilarni uzluksiz ravishda elektr energiya bilan ta’minlash maqsadida bir nechta sinxron generatorlar paralel ishlashga ulanadi. Shuning hisobiga elektr ta’minotini ishonchliligi ta’minlanadi. Hamma parallel ishlayotgan generatorlar bir xil chastotali tokni elektr tarmoqlariga uzatishlari kerak, shuning uchun ular sinxron tezlikda aylanishlari shart. Sinxron generatorni paralel ishlashga ulanganda toklarni birdaniga ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuning uchun sinxron generatorni paralel ishlashga ulashdan oldin ya’ni salt ishlayotganida uning parametrlarini to‘g‘rilab olinadi. Sinxron generatorni paralel ishlashga ulash oldidan bajariladigan ishlar majmuasiga generatorlarni sinxronlashtirish jarayoni deb ataladi.
Sinxron generatorlarni paralel ishlashga ulash uchun quyidagi shartlar bajariladi:
1. Sinxron generatorning kuchlanishi tarmoqning yoki ishlayotgan generatorning kuchlanishiga teng bo‘lishi Ur=Ur 2. Generatorning chastotasi fr tarmoq chastotasiga teng bo‘lishi.
3. Generatorning fazalarini ketma-ketligi tarmoqning fazalarini ketma-ketligi bilan bir xil bo‘lishi.
4. Generatorning kuchlanishi Ur tarmoq kuchlanishi bilan bir xil fazada bo‘lishi.
Yuqoridagi shartlar bajarilganda generatorning va tarmoqning kuchlanish vektorlari bir xil tezlikda aylanadi. Ulab-uzgichning kontaktlari orasidagi kuchlanish nolga teng bo‘ladi, shuning uchun generator ulanganda tok birdaniga ortib ketmaydi.
Generator bilan tarmoq kuchlanishini tenglashtirish uchun generatorning qo‘zg‘atish toki o‘zgartiriladi.
Kuchlanishning chastotasini tenglashtirish uchun rotorni aylantirayotgan birlamchi dvegatelning tezligi o‘zgartiriladi. Fazalarning ketma-ketligini bir xilligi bir marta generatorni birinchi marta ulanayotganda tekshiriladi. Generatorning va tarmoqning kuchlanishlarini faza bo‘yicha mos tushishlarini lampalar, nul nuqtali voltmetrlar yoki maxsus sinxronoskoplar yordamida tekshiriladi. Generatorlarni noto‘g‘ri ulash og‘ir avariyalarga sabab bo‘lishi mumkin.