Elektrotexnika va elektronika asoslari



Yüklə 7,94 Mb.
səhifə35/119
tarix07.09.2023
ölçüsü7,94 Mb.
#141968
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119
iSROILOV eLEKTRONIKA

i3 = I3msin(t - 4/3  -3)
Bunda i1,i2,i3ва I1m,I2m,I3m - ayrim chulg‘amlardagi toklarning oniy qiymatlari; va - chulg‘amlardagi toklar-ning amplituda qiymatlari; va - ayrim chulg‘amlardagi e. yu. k. va tok orasidagi fazalar siljish burchagi.
Agar uchala fazadagi e. yu. k. bir xil amplitudali bo‘lsabunday uch fazali sistema simmetrik sistema deb yuritiladi, ya’ni
E1m = E2m = E3m = Em
E.yu.k. larning grafigi a rasmda, vektorlar diagrammasi b rasmda, tasvirlangan.
Xakikatan, b rasmdan ko’rinib turibdiki, kattaliklarni o‘zaro teng va faza bo’yicha 1200 ga siljigan uchta vektorning geometrik yig‘indisi nolga teng. Ifodadan e. yu. k. larning oniy qiymatlarning yig‘indisi nolga tengligi kelib chikadi:
e1 + e2 + e3 = 0
Aylanuvchi magnit maydon.
Uch fazali tokning eng ahamiyatli xossalaridan biri aylanuvchi magnit maydoni hosil qilishidir. Shuning uchun o‘zgaruvchan tok mashinasi uch fazali chulg‘amning magnit maydonini tekshiramiz.
Stator ichiga o’qlari bir - biriga nisbatan 120 gradus burchak hosil qilib joylashtirilgan uchta induktiv chulg‘am joylashtirilgan bo’lsin. Chulg’amlarning uchlarini A, V va S, oxirlarini esa X, Y, Z xarflari bilan belgilaymiz.

Chulg’amlarni yulduz shaklida ulanganda ularning oxirgi X, Y, Z uchlarini bir - biriga ulab, neytral nukta hosil kilinadi, chulg‘amlarning A, V, S uchlari esa uch fazali tok tarmogiga ulanadi.
Uchala magnit maydoni uchala chulg‘amlar sistemasida birdaniga ta’sir etib turadi. Natijada ayrim – ayrim magnit maydonlari emas, balki teng ta’sir etuvchi yagona magnit maydoni hosil bo‘ladi.
Demak, vaqt o‘tishi bilan bu magnit oqimining miqdori o‘zgarmas ekan. Endi uch fazali chulg‘am hosil qilgan magnit maydonining xar xil paytlardagi yo‘nalishini aniklaylik t = 0bo’lgan paytda A-x chulg‘amda tok nolga teng, V- z chulg‘amda tok manfiy, S- Y chulg‘amda esa tok musbat. Demak, bu paytlarda A va x o‘tkazgichlarda tok bo’lmaydi, S va Y o‘tkazgichlarda o‘tkazgichlarda tok musbat yo’nalishda, V va Z o‘tkazgichlarda manfiy yo’nalishda bo‘ladi.
Shunday qilib, t = 0 paytda, S va Y o‘tkazgichlarda tok biz tomonga, V va Z o‘tkazgichlarda esa biz tomondan chizma tekisligiga karab yo’naladi.
Tok bunday yo‘nalganda hosil bo’lgan magnit chiziqlari parma koidasiga muvofiq, pastdan yuqoriga karab yo’naladi, ya’ni stator ichki aylanasining pastki qismida shimoliy kutb, yuqorigi qismida esa janubiy kutb joylashadi. paytda tok A fazada musbat, V va S fazalarda manfiydir. Demak, Y, A va Z o‘tkazgichlarda tok biz tomonga, S, x va V o‘tkazgichlarda esa biz tomondan chizmaga karab yo’naladi va magnit maydonining magnit chiziqlari o’zining boshlangich yo‘nalishiga nisbatan soat strelkasi

aylanishi yo‘nalishida 90 gradusga burilgan bo‘ladi. paytda A va V fazalarda tok musbat, S fazada esa manfiydir. Demak , A, V va Z o‘tkazgichlarda tok biz tomonga, S, x va Y o‘tkazgichlarda esa biz tomondan chizmaga yo‘nalgan va magnit maydonining magnit chiziqlari ukining boshlangich yo‘nalishiga nisbatan yanada kattarok burchakka burilgan bo‘ladi.


Shunday qilib, uch fazali chulg‘am hosil qilgan magnit maydoni magnit kuch chiziqlarining yo‘nalishi vaqt o‘tishi bilan uzluksiz ravishda bir tekis o‘zgaradi, ya’ni bu magnit maydoni o‘zgarmas tezlik bilan aylanadi.
Agar uch fazali chulg‘am fazalarining navbatlashishi o‘zgartirilsa, ya’ni uchta chulg‘amdan xoxlagan ikkitasining elektr tarmogiga ulanishi o‘zgartirilsa, magnit maydonining aylanish yo‘nalishi o‘zgaradi.

Yüklə 7,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin