Eng muhim qaytaruvchi va oksidlovchilar. a) Metallar, vodorod, ko‘mir. Uglerod (II) oksid CO
Vodorod sulfid H2S, oltingugurt (IV) oksid S 0 2, sulfit kislota H2S 03 va uning tuzlari. Yodid kislota HJ, bromid kislota HBr, xlorid kislota HC1. Qalay (II) xlorid SnCl2, temir (II) sulfat FeS04, marganes (II) sulfat M nS04, xrom (III) sulfat Cr2(S04)3. Nitrat kislota H N 03, ammiak NH3, gidrazin N2H4, azot (II) oksid NO. Fosfit kislota H3P 0 3. Aldegidlar, spirtlar, chumoli va oksalat kislotalar, glukoza. Elektroliz jarayonida katod.
b) Galogenlar... Kaliy permanganat KM n04, kaliy manganat K2M n04, marganes (IV) oksid M n02. Kaliy dixromat K,Cr20 7, kaliy xromat K2C r04. Nitrat kislota H N 03. Kislorod 0 2, ozon 0 3, vodorod peroksid H2Ov Sulfat kislota H2S 04(kons.), selenat kislota H2Se04. Mis (II) oksid CuO, kumush (I) oksid Ag20 , qo‘rg‘oshin (IV) oksid P b02. Nodir metallarning ionlari (Ag+, Au3+va boshqalar). Temir (III) xlorid FeCl3. Gipoxloritlar, xloratlar va perxloratlar. Zar suvi, konsentrlangan nitrat va aftorid kislotalarning aralashmasi. Elektroliz jarayonida anod
Nitridlar, gidrazin, gidroksilamin, azid kislota, xossalari. Azotning oksokislotalari Gidroksilamin, NH2OH -rangsiz kristallar. Mol. m. 33,0298, rombik panjarali, 32"da eriydi, zichligi 1335 kg/m3 (10° da). G. issiqlik taʼsiriga chidamsiz, gigroskopik modda, qizdirilganda (100° dan yu kori da) portlashi mumkin. Parchalanganda ammiak, azot va suv hosil qiladi. Suv, metanol va etanol bilan turli nisbatda aralashadi, lekin efir va benzoldya erimaydi. G. kislotali muhitdagi suvli eritmada barqaror boʻlib, kimyoviy reaksiyalarga oksidlovchi sifatida ham, qaytaruvchi sifatida ham kirisha oladi. Mas, temirni uch valentli birikmalaridan ikki valentli, misni ikki valentli birikmalaridan bir valentli va plutoniyni toʻrt valentli birikmalaridan uch valentli birikmalarigacha qaytara oladi. Havo kislorodi G.ni sekin NO2 va N2O2 ga oksidlaydi.
Suyuq holdagi G. faol oksidlovchilar bilan alangalanib shiddatli, brom, kaliy xromat, kumush nitrat va b. bilan sust reaksiya ga kirishadi. G. tarkibidagi azot va kislorod atomlarida boʻlinmagan elektron juftlari borligi sababli mustahkam (barqaror) komplekslar hosil qiladi. Uning platina va nikel bilan hosil qilgan komplekslari 100° ga chidamli kam gigroskopik moddalardir.
G. kuchli kislotalar bilan gidroksil-ammoniy kationi tutuvchi tuzlar hosil qiladi, bulardan xlorid NH,OHC1, sulfat (NH3OH)2SO4 va perxlorat NH3OHC1O4 lar ahamiyatlidir. G. molekulasidagi vodorod atomlari turli anorganik va organik krldiqlarga almashtirilishi mumkin. Natijada gidroksilaminsulfonatlar, giponitritlar, giponitratlar olish mumkin boʻladi. Sanoatda G. platina katalizatori ishtirokida NO ni vodorod bilan qaytarib yoki nitrat kislotani palladiy ishtirokida gidrirlab olinadi. G. va uning tuzlari oksimlar, gidroksim kislotalari va baʼzi b. moddalarni sintez qilishda qoʻllaniladi. G. sulfati rangli fotova kinotasmada ochiltirgich (proyavitel) sifatida ishlatiladi. G. perxlorati esa raketa qattiq yoqilgʻisi uchun oksidlovchidir. G. va uning tuzlari zaharli.
Azidlar – kimyoviy birikmalar, tarkibida bir yoki bir necha – N3 guruhi boʻlgan azid kislota hosilalari. Anorganik A.ga azid kislota tuzlari [mas, natriy azid NaN3, qoʻrgʻoshin azid Pb(N3)2], galogenazidlar (mas, xlor-azid C1N3) va boshqa kiradi. Koʻpchilik anorganik A. yengil zarblanish yoki ishqalanish na-tijasida nam holda boʻlishiga qaramay portlash xossasiga ega (mas, qoʻrgʻoshin azid portlash xossasini kuchaytiruvchi modda sifatida qoʻllaniladi). Azid kis-lota va uning boshqa tuzlarini olishda odatda suyuqlantirilgan natriy amid orqali azot (1)-oksid oʻtkazish yoʻli bilan olinadigan natriy azid xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Barcha organik A., alkil va aril (umumiy formulasi RN3) yoki atsil ma’lum darajada portlovchi mod-dalar xossasiga ega. Nitroguanilazid HNqC(NHNO2)N3 organik A.ga misol boʻla oladi.
Nitridlar — azotning elektr musbat elementlar, asosan, metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Koʻpincha N. deganda tarkibida azot va biror metall boʻlgan birikmalar tushuniladi. N. tuzilishi va xossasiga koʻra 3 guruhga boʻlinadi: ion bogʻli, kovalent bogli va metall bogʻli N. (yoki metallsimon N.). Ishqoriy va ishkrriy-yer metallarning nitridlari, Mas, K3N, CaN2, mis va rux nitridlari ion bogʻli N.ga kiradi. V, Al, Si, Ga, Ge kabi elementlarning nitridlari (BN. A1N, SiN4, GaN, GeN4) kovalent bogli N.ga kiradi. Bular kimyoviy taʼsirlarga chidamli, qiyin suyuqlanadigan va termik barkaror moddalardir. Metall bogʻli N. azotning baʼzi elementlar bilan birikishidan hosil boʻladi. Masalan, TiN, Cr2N, TaN, Ta2N va h.k. W2N, Ti3N, Mn4N oʻta qattiq, moʻrt, qiyin suyuklanadigan birikmalar. N. tex-nikaning turli sohalarida, jumladan, yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarishda keng qoʻllanadi.
Azot oksidlari – azotning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari. Azot oksidlari azot va kislorod molekulalarining birikishidan hosil boʻlib, reaksiya issiqlik yutilishi bilan boradi. Ba’zilari termodinamik jihatdan beqaror. Azotning quyidagi oksidlari ma’lum:u88okhhuu1)-oksid N2O, azot (I)-oksid NO, azot (Sh)-oksid N2O3, azot (GU)-oksid NO2, azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (V)-oksid N2O5. Azot (1)-oksid N2O – rangsiz, xushboʻy shirinroq gaz, suvda oz miqdorda eriydi; kislota, ishqor va suv bilan birikmalar hosil qilmaydi; yuqori (900°) temperaturada azot bilan kislorodga ajra-ladi, havo bilan aralashmasi tibbiyotda narkoz sifatida ishlatiladi. Azot (N)-oksid NO – rangsiz gaz, suvda kam eriy-di, havodagi kislorod bilan oksidlanib, azot (IV)-oksidga aylanadi; birikish reaksiyalariga kirishadi; nitrat kis-lota ishlab chiqarishda asosiy oraliq mahsulot hisoblanadi. Azot (P)-oksid ammiakni katalitik oksidlash yoki azot bilan kislorod aralashmasini Volta yoyidan oʻtkazish orqali olinadi. Azot (1P)-oksid N2O3 – qoʻngʻir tusli gaz, kon-densatlanganida koʻk tusli suyuqlikka aylanadi; suv bilan birikib, nitrit kis-lota (HNO2) hosil qiladi. Azot (II)- va (1U)-oksidlar aralashmasini sovitish natijasida hosil boʻla-di; beqaror modda. Azot (IV)-oksid NO2 – qoʻngʻir rangli gaz, suv bilan birikib, nitrat kislota (HNO3) va nitrit kislota hosil qiladi. U kuchli oksidlovchi, raketaning suyuq yonilgʻisini oksidlash, organik moddalarni nitrolash uchun ishlatiladi. Azot qoʻsh oksid N2O4 va azot (U)-oksid N2O5 – rangsiz kristall modda. Amalda deyarli ishlatilmaydi. Azot oksidlari fiziologik faol moddalardir.
Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda boʻladi (havoning ogʻirlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,09 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida boʻladi, toshkoʻmirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha boʻlishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud boʻladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.Azot turmushda ham juda kerakli hisoblanadi.Azot boshqa olisdagi sayyoralarda ham qattiq holatda uchraydi masalan,Uran sayyorasi sirtida qattiq holatda Azot(N) uchraydi.Azot(N) vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi.Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliyahamiyatga ega bõlgani ammiakdir.Uning molekularformulasi NH³ kõrinishda bõladi.Azot vodorodga nisbatan elektro-manfiy elementligi uchun ammiak molekulasiqutbli hisoblanadi.