19
2
e
l
M
k I
(9)
Bu xil relelar tok relelari deyiladi, chunki ularning ishlashi liniya toki liniya
tokiga
l
I bog‘liq.
Tok transformatorlarida bo‘ladigan yukni kamaytirish uchun tok relelari iloji
boricha kam quvvat iste’mol qilishlari kerak. Tok relelarining chulg‘amlaridagi
yuklama tokining uzoq vaqt o‘tishiga, qisqa tutashuv tokining qisqa vaqt ichida
o‘tishiga moslab xisoblangan bo‘lishi kerak.
Relening ishlash toki prujinaning tortish kuchini o‘zgartirish bilan tekis
o‘zgartiriladi. Relening chulg‘ami 2 ta seksiyadan iborat, bu seksiyalarni parallel
va ketma-ket ulash xisobiga ishlash tokining chegarasini 4 marotaba o‘zgartirish
imkonini beradi. ЭT-520 va shu markali relelarga nisbatan PT-40 relelarda kontakt
sistemasi yaxshilangan va teskari ta’sir qiluvchi moment oshirilgan. Buning
natijasida rele iste’mol qiladigan quvvat katta. Kichik ustavkalarda PT-40
relesining xar xil sezgirliklarida istem’ol qilayotgan quvvat miqdori 0,2 dan 8 VA
gacha o‘zgaradi.
2.5 – rasm. PT-40 relesining: a)- relening tuzilishi; b) –qo‘zg‘almas kontaktlar bilan
izolyasiyali kolodka; v) – rostlovchi tugun; 1- temir o‘zak; 2 – o‘ramlardan iborat bo‘lgan
cho‘lg‘am; 3 – yakor; 4 – spiral prujina; 5 – qo‘zg‘aluvchan kontakt; 6 – chap tayanch; 7 – o‘ng
juft kontaktlar; 8 – chap juft kontaktlar; 9 – izolyasiyali kolodka; 10 – prujina tutqichi; 11 –
shakldor vint; 12 – olti qirrali vtulka; 13 – o‘rnatmalar shkalasi; 14 – o‘rnatma ko‘rsatkichi; 15 –
yuqori yarim o‘q; 16 – quyro‘q; 17 – shakldor plastinka; 18 – prujinalovchi shayba; 19 – kumush
tasma bronzali plastinka; 20 – old tayanch; 21 – ort egiluvchan tayanch; 22 – tebranishlarni
so‘ndirgich; 23 – alyumin ustun.