ulangan relelardan iborat bo‘ladi.
16
asosiy (shikastlanishga ta’sir javob beruvchi) va yordamchi (asosiy relening
axboroti ostida va sxemalarning mantiq qismida ishlovchi) guruxlariga bo‘linadi.
Qisqa tutashuvni va shikastlanishlarning belgilari bo‘lib, I tokning oshib
ketishi, U kuchlanishning kamayib ketishi va himoya qilinayotgan qism Z
qarshiligining kamayib ketishi xisoblanadi, chunki liniya uchun quyidagiga teng:
U
Z
I
(8)
Shunga asosan himoyalarda ta’sir javob beruvchi rele sifatida tok relelari
(tokning kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi), kuchlanish relelari
(kuchlanishnaing kattaligiga qarab ta’sir javob beruvchi) va qarshilik relelari
(qarshilikning o‘zgarishiga qarab ta’sir qiluvchi) qo‘llaniladi.
Agar rele biror kattalikning oshishiga ta’sir javob bersa, bu rele maksimal
rele deyiladi. Agar rele kattalikni kamayishiga ta’sir javob bersa, bu rele minimal
rele deyiladi.
Nonormal rejimlardan himoya qilish uchun xam tok va kuchlanish relelari
ishlatiladi. Tok relelari o‘ta yuklanish sodir bo‘lgan xollarda, kuchlanish relelari
esa, elektr tizimlarida kuchlanish xavfli darajada oshib yoki kamayib ketganda
ishlab ketadi. Bulardan tashqari, maxsus relelardan bo‘lgan chastota relelari va
issiqlik relelari nonormal rejimlarda ta’sir javob berish uchun ishlatiladilar.
Yordamchi relelar qatoriga vaqt relelari, ko‘rsatgich relelar, oraliq relelari
kiradi. Vaqt relelari himoyaning xarakatni sekinlashtiradi, ko‘rsatgich relelari esa
himoya elementlari xarakatidan xabar beradi va qayd qiladi, oraliq relelar himoya
elementlarini o‘zaro bog‘laydi va asosiy relening uzatayotgan xabarini uzgichga
etkazadi.
Xar bir releni ikki qismga ajratish mumkin: qabul qiluvchi va bajaruvchi
organlar. Qabul qiluvchi organning vazifasi relega kelayotgan elektr kattalikni
o‘zgarishini qayd qilish va shunga mos bo‘lgan o‘zgarishlarni boshqa relelarda
amalga oshirishdan iborat. Bajaruvchi organning vazifasi tashqi zanjirlarga ta’sir
qilishdan, uzgichni o‘chirishdan, boshqa relelarni ishga tushirish yoki ularga xabar
berishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: