Energetika fakulteti


 Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari



Yüklə 232,08 Kb.
səhifə11/36
tarix15.10.2023
ölçüsü232,08 Kb.
#155822
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

2.4 Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlash usullari 
Rele va himoya elementlarining chizmalarda tasvirlashning ikki prinsipial 

usullari mavjud.


Birinchi usul bo‘yicha rele birlashgan xolda, ya’ni cho‘lg‘am to‘g‘ri 
burchakli to‘rtburchak shaklida (2.3a-rasm) tasvirlanadi, relening kontaktlari
yuqori qismda ko‘rsatiladi. 
Belgining pastki qismida relening chulg‘ami va rele tipining bosh xarflari
yoziladi, ya’ni: 
tok relesi - KA, kuchlanish relesi-KV, vaqt relesi-KT, oraliq, relesi-KL va
ko‘rsatgich relesi-KN. 


17

2.3-rasm. Relelarning prinsipial chizmalaridagi shartli tasvirlari. 
Ikkinchi usul bo‘yicha rele himoyasi yoyilgan xolda ko‘rsatiladi (2.3b-

rasm). Relening chulg‘ami va kontakti chizmaning xar xil qismlarida joylashadilar


va mos keluvchi xarflar bilan belgilanadilar. Yoyilgan tasvirlash murakkab 
sxemalarni o‘qishni osonlashtiradi.

2.5 Relening ulanish usullari. 
Relening cho‘lg‘ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) to‘g‘ridan to‘g‘ri 

yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi tur


relelar birlamchi, ikkinchi tur esa ikkilamchi relelar deyiladi. 
Ikkilamchi relelar ko‘proq qo‘llaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori
kuchlanishdan izolyasiyalanganlar, himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada 
joylashadilar, xizmat ko‘rsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5
A) va kuchlanish (100 V) ga mo‘ljallanadilar. Bunda himoyalanayotgan 
elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog‘liqlik yo‘q.
Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda o‘lchov transformatorlari, operativ 
tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik quvvatli elektr motorlarida,
transformatorlarda va liniyalarda keng qo‘llanadi. 
2.6 Himoyaning uzgichga ta’sir qilish usullari 
Himoya uzgichga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita ta’sir ko‘rsatish 

mumkin (2.4 -rasm).


Rele 1 ishlagan paytda ya’ni rele chug‘amining elektr magnit kuchi 
prujinaning F
pr
kuchidan katta bo‘lganda uning qo‘zg‘aluvchi qismi 2 uzgichniig 

bir-biridan ajratuvchi richagi 3 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Shundan keyin


uzgich prujina 4 xarakati yordamida o‘chiriladi. Bevosita ta’sir qilish relelari 
uzgichning yuritmasiga o‘rnatiladi. Shuning uchun bu relelar o‘rnatilgan rele
deyiladi. 
2.4c-rasmda bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ikkilamchi releli himoya sxemasi
tasvirlangan. 

KA(KV)

KA
KA
KT



18

Rele 1 ishlagan paytda uning kontakti elektromagnit 2 cho‘lg‘amini ulaydi. 
Bu cho‘lg‘am uzgichning o‘chirish cho‘lg‘ami deyiladi. Maxsus manbaning
qisqichlaridan olinuvchi kuchlanish ta’siri ostida o‘chiruvchi cho‘lg‘amda tok 
paydo bo‘ladi. o‘chirish cho‘lg‘ami 2 dan tok oqqan paytda o‘zak 3 prujinaning F
n

kuchini engib xalqa 4 ni qo‘yib yuboradi. Buning natijasida prujina 5 xarakati


yordamida uzgich o‘chadi. uzgich o‘chgandan keyin rele chulg‘amidagi tok 
yo‘qoladi va rele kontakti ajraladi. Ularni ishini yengillatish uchun yordamchi
blok-kontakt BK ishlatiladi. Uzgich o‘chgandan keyin BK o‘chirish chulg‘am 
zanjirini operativ manbadan uzib qo‘yadi. 2.4s-rasmda ko‘rsatilgan sxemadan
ko‘rinadiki, bilvosita xarakatlanuvchi releli himoya uchun yordamchi kuchlanish 
manbasi-operativ tok manbai kerak. Bevosita xarakatlanuvchi releli himoyaga
operatav tok manbai zarur emas, lekin bu himoyaning relelari uzgich mexanizmini 
ajratish yoki qo‘shish uchun katta kuch bilan ta’sir qilishlari kerak. SHuning uchun
bevosita xarakatlanuvchi relelar aniq bo‘lmaydilar va katta quvvat talab qiladilar. 
Bilvosita xarakatlanuvchi relelarning ta’sir kuchi kichik bo‘lishi mumkin,
shuning uchun ular katta aniqlik va kam quvvat sarf qiladilar. Ko‘p releli 
himoyalarda o‘zaro aloqa operativ tok orqali olib boriladi, chunki bu mexanik
yo‘lga nisbatan oson va soddadir. 
Xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi bilvosita ta’sir qiluvchi relelar
himoyada keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladi. 
3, 6, 10 kV kuchlanishli elektr liniyalarida bevosita ta’sir qiluvchi tok
relelari xam keng qo‘llanadi.

Yüklə 232,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin