uzish xarakatlarini sun’iy sekinlatish uchun xizmat qiladilar.
24
va avtomatika qurilmalarida vaqt relelaridagi xatolik kattaroq xam bo‘lishi
mumkin.
Vaqt relelari nominal kuchlanishining 80% qiymati berilganda ishonchli
ishlashlari kerak.
KT relelari qayta ulashga tezda tayyor bo‘lishlari uchun o‘zlarida
operativ
tok manbasi o‘chganda ishlaydigan va bir zumda qaytaradigan qismga ega bo‘lishi
zarur.
Vaqt relesining ishlash prinsipi.
Elektr mexanik vaqt relelari sifatida sinxron kichik motorli vaqt relelari xam
qo‘llaniladi.
2.12 – rasm. PВ–200 vaqt relesi: a) tashqi ko‘rinishi; b) friksion maxkamlash moslamasi
ishlamagan holatda; v) friksion maxkamlash moslamasi ishlagan holatda; 1-cho‘lg‘am; 2-magnit
o‘tkazgich; 3-yakor; 4-qaytaruvchi prujina; 5-o‘tkazgich simcha; 6-qo‘zg‘aluvchan kontakt; 7 va
8 –qo‘zg‘almas kontaktlar; 9-palets (barmoq); 10-tishli sektor; 11-xaraktlantiruvchi prujina; 12-
prujinani tortish uchun skoba; tishli g‘ildirak; 14- friksion ulovchi mexanizm; 15-
xarakalantiruvchi tishli g‘ildirak; 16- soat mexanizmining trubkasi; 17 va 18- tishli uzatma; 19-
ankerli tishli g‘ildirak; 20-ankerli skoba; 21-yukchalar; 22- qo‘zg‘aluvchan kontakt; 23-
qo‘zg‘almas kontakt; 24-shkala.
Vaqt relesining gabaritlarini kamaytirish uchun uzoq vaqt kuchlanish ostida
bo‘ladigan rele chulg‘amlari ketma-ket ulangan qo‘shimcha qarshilik r
d
bilan
bog‘langan bo‘ladi. Qarshilik r
d
normal xolatda laxzada ishlaydigan relening
25
uzuluvchi kontakti bilan shuntlangan. Rele ishlagandan keyin bu kontakt uziladi va
qarshilik r
d
relening zanjiriga ulanadi.
Soat mexanizmining prujinasi 11 doim tortilgan xolatda bo‘ladi.
Cho‘lg‘amga 1 kuchlanish berilganda yakor 3 qaytaruvchi prujina 4
qarshiligini
engib, tortiladi va soat mexanizmining richagini 9 qo‘yib yuboradi. Soat
mexanizmi 10 prujina 11 ta’sirida xarakatlana boshlaydi va qo‘zg‘aluvchan
kontaktni 22 bir tekis xaraktlanishini ta’minlaydi, u esa berilgan vaqt oralig‘idan
so‘ng qo‘zg‘almas kontaktni 23 yopadi. 22 va 23 kontaktlarning yopilish vaqti 23
kontaktning xolatini o‘zgartirish yo‘li bilan o‘zgartiriladi. Soat mexanizmining bir
tekis xaraktlanishi ankerli mexanizm 20 yordamida ta’minlanadi, uning
xarakatlanish tezligi yukchalarning 21 xolatini o‘zgartirish yo‘li bilan sozlanadi.
Rele ta’minlash manbasidan uzilganda yakor 3 prujina 4 ta’sirida
oldingi
xolatiga kaytadi, bunda rele kontaktlari ochiladi, prujina 11 ko‘tariladi
va rele
keyingi xarakatga tayyor bo‘ladi. Releni oldingi xolatga qaytarish tez amalga
oshiriladi, chunki rele oldingi xolatiga qaytayotganda etaklovchi shesternani 15
shesterna g‘ildiragi 13 bilan bo‘linishini ta’minlovchi
friksion maxkamlash
moslamasi 14 mavjud.