energiya manbalarining texnikaviy salohiyatidan to‘liq foydalanishda, yokilganida 447,5 mln.t SO2 chiqindisi chiqadigan miqdordagi yoqilg‘i o‘rnini bosish mumkin bo‘lar edi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda texnikaviy va moliyaviy imkoniyatlarning to‘liq mavjud emasligi, shuningdek, an’anaviy va noan’anaviy elektrostansiyalarining atrof-muhitga ko‘rsatadigan ekologik ta’sirining aniq bir tafsilotlari yo‘qligi tufayli ushbu salohiyatni to‘la-to‘kis amalga oshirish mumkin emas Keyingi yillarda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshirildi, lekin ular asosan ko‘rgazma xarakteriga ega bo‘ldi. Shu bilan birga respublika hozirning o‘zida quyidagi qayta tiklanuvchi energetika texnologiyalarini keng qo‘llash imkoniyatiga ega: 1. Suv issitish quyosh panellari; 2. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun quyosh fotoelektr tizimlari; 3. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun mikrogidroelektr stansiyalari; 4. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun shamol generatorlari; 5. Elektr energiya ishlab chiqarish uchun biogaz uskunalari; 6. Quyosh-Shamol gibrid (aralash) tizimlari. Geotermal resurslarning yalpi salohiyati 244,2 ming t.Sh.yo deb baholangan, texnikaviy salohiyati esa aniqlanmagan. Geotermal suvlarning eng katta salohiyati Fargona vodiysiga (Namangan viloyati-42,6 ming i.Sh.yo.)va Buxoro viloyatiga-81,2 ming t.Sh.yo. to‘g‘ri keladi. Raxmat! Xojibekov Humoyun