I.1
.O‘rta osiyoning hozirgi zamon muzliklari.
O’rta Osiyo tog’lari Yevrosiyoning eng baland va ulkan tog’lari dan biri hisoblanadi.
Bu tog’lar MDX hududlarida joylashgan boshqa tog’tizmalariga
nisbatan quruq
iqlim sharoitida joylashgan bo’lishiga qaramasdan, balandligi katta hamda g’arb va
shimoldan kelayotgan namgarchiliklarni tutib qoluvchi bir nechta uzellar bo’lganligi
sababli, ularda hozirgi zamon muzliklari keng tarqalgan.O’rta Osiyoning Pomir va
Tyanshan tog’larida Yer sharining eng katta muzliklari joylashgan. Bu tog’larning
muzliklari o’zining kattaligi va uzunligi jihatidan Yer sharining eng katta tog’lari
hisoblangan Qoraqurum va Himolay tog’larining muzliklari bilan tenglasha oladi.
O’rta Osiyo tog’larida turli xil muzliklar bor. Ular tog’larda-ko’pchilik daryo
vodiylarini egallabgina qolmay, ba’zi rayonlarda kattagina territoriyalarni (hatto
tog’ cho‘qqilarini) egallab yotibdi.Glatsiolog olimlarning olib borgan tekshirishlari
shuni ko’rsatdiki, hozirgi vaqtda O’rta Osiyo tog’larida 16,7 ming kvadrat kilometr
maydonni muzliklar qoplab olgan. Hozirgi
zamon muzliklarining makoni
hisoblangan Arktikada muzliklariing maydoni 54 ming kvadrat kilometrga tengdir.
Geolog va geomorfolog olimlarning ko’p yillardan beri olib borgan tekshirishlari
shuni ko’rsatdiki. Yer sharining to’rtlamchi davr mobaynida (taxminan bir million
yillar ichida) O’rta Osiyo tog’larida muzliklarning maydoni hozirgi muzliklar
maydoniga nisbatan bir necha marta katta bo’lgan. O’rta Osiyo tog’larida hozirgi
davr muzliklarining ko’rinishi bir xil emas. Ularning bir nechta tiplari mavjud.Hozirgi
muzliklar ichida eng keng tarqalganlari vodiy muzliklaridir. Vodiy muzliklari O’rta
Osiyo tog’larining yog’ingarchilikka boy hamda chuqur
daryo vodiylari bilan
kesilgan
chekka
qismlarida
tarqalgan.
Pomir O’rta Osiyoning eng baland tog’laridan biri hisoblanadi. Bu tog’ o’zining
tuzilishi jihatidan ikki qismga bo’linadi.SHarqiy Pomir - yassi tog’ bo’lib, uning
hamma tomonidan ko’p qismi doimiy muzliklar bilan qoplangan tog’ tizmalari o’rab
olgan. Uning Shimoli-G‘arbida Fanlar Akademiyasi tizma tog’i, SHarqida Sariko’l
tizma tog’i, Janubida esa Ulkan Vaxon va Hindiqush tog’lari joylashgan. SHarqiy
Pomir yassi tog’ hisoblanganiga qaramasdan ustki qismi tekis emas. Deyarli hamma
qismida tog’ tizmalari chuqurliklar bilan almashinib turadi. Bu tizma tog’larning
balandligi 5000-5500 metrga yetadi, ularning oralig’ida joylashgan chuqurliklarning
balandligi esa 3850-4000 metrdan oshmaydi. Bu chuqurliklardan o’z o’zanini
o’ymagan, yoyilib oquvchi daryolar oqibo’tadi, ba’zilarida esa katta-katta ko’llar
bor. SHarqni Pomir yassi tog’i hamma tomondan baland tizma tog’lar bilan o’rab
olinganligi uchun o’lka
sharoiti juda quruq, yog’ingarchilik juda kam yog’adi.
SHuning uchun hozirgi zamon muzliklari juda kam taraqqiy etgan.G’arbiy Pomirning
tuzilishi SHarqiy Pomirdan butunlay farq qiladi. U chuqur, asosan, dara shakliga ega
bo’lgan daryolar bilan kuchli kesilgan. Daryolarning chuqurligi 1500-1700 metrdan
oshadi.Daryo vodiylari orasida juda baland tog’lar - Rushan, Yazgulem, Vanch va
boshqa tog’ tizmalari joylashgan. Ularning balandligi dengiz sathidan 5500- 6000
metrgacha ko’tarilgan.Pomirning chekka tizma tog’larida O’rta
Osiyoning baland
cho‘qqilari joylashgan. Bulardan eng balandlari Ismoil Somoniy cho‘qqisi (7494
metr), bo’lib alohida ajralib turadi.Glatsiologlarning ma’lumotiga ko’ra Pomir
tog’larining O’rta Osiyo hudududa joylashgan Qismida hozirgi zamon muzliklarining
umumiy maydoni mashhur olim akademik S.V. Kalesnikning fikricha 10200 kvadrat
kilometrdir. Pomir tog’lari bir qancha tizma tog’lardan iboratligini yuqorida qayd
qilib o’tgan edik. Endi shu tizma tog’larning hozirgi zamon muzliklari haqida ba’zi
ma’lumotlar keltiramiz Ko’rsatilgan tog’ tizmalarida muzliklarning uzunligi 1,5
kilometrdan kattalarigina olindi. Aslida kichik muzliklarining soni behisobdir. Pomir
tog’larida uzunligi 10 kilometrdan oshiq muzliklarning soni 40 tadan ko’proq,
uzunligi 20 kilometrdan ortiq muzliklarning soni 11 taga yetadi.Quyida Pomirdagi
muzlik maydonining 70 kvadrat kilometrdan oshiqlarining nomlari keltirildi.Pomir
tog’larining eng katta muzligi Fedchenkodir. Uning uzunligi 71,2 km, maydoni 907
kv. km dir. Fedchenko muzligi uzunligi 20-25 km keladigan 127 ta irmoqlar va
tarmoqlarni qabul qiladi. Muzlikning qalinligi uning o’rta qismida 700-1000 m,
pastki qismida esa 300- 400 m ga kamayadi.Tyanshan tog’lari
baland va turli
tomonlarga cho’zilgan tizmalardan iborat. Tyanshan sistemasiga kiruvchi ko‘pchilik
tizma tog’lar asosan g’arbdan sharq tomonga cho’zilib, birlashadi va uzellar hosil
qiladi. SHunday tog’ tizmalarining tutashgan uzellarida kattakatta muzliklar hosil
bo’lgan. Masalan, Zarafshon, Oloy va Turkiston tizma tog’lari Zarafshon daryosining
boshlanish rayonida bir-biri bilan tutashib,Matchoh uzeli, Orqa Ili Olotovi va Kungey
Olotovi tutashgan rayonda Talgar uzelini hosil qiladi. Tyanshanning sobiq Ittifoqi
territoriyasida joylashgan tog’ tizmalaridagi muzliklar Tyanshan tog’larida
anchagina uzun va maydoni katta muzliklar mavjuddir.
Bulardan biri Zarafshon
muzligi hisoblanadi. Uning uzunligi 26 kilometr, maydoni irmoqlari bilan birga
hisoblaganda 113.9 kvadrat kilometr, qalinligi 200 metr, hajmi esa 8 kub kilometrga
yaqin.«G’alaba» cho’qqisi (7439 m) va Xontangri (6995 m)
rayonlarida katta
muzliklar bor. «G’alaba» cho’qqisining 50 kilometr radiusida 2818 kvadrat kilometr
maydonni muzliklar va doimiy qorlar egallab yotibdi. SHu rayonda 109 vodiy muzligi
bor. Bu muzliklardan (Temirsu, Tugbelchi, Qoragul, Quchorboshi, CHoi Terei, Kichik
Terensu, Saykay) Xitoy territoriyasida joylashgan. Umuman Tyan’shan tog’larida
hozirgi zamon muzliklarining maydoni 10175 kvadrat kilometrdir. Yuqorida asosan
vodiy muzliklari haqidagi ma’lumotlarni keltirdik.
Dostları ilə paylaş: