Ergasheva ozodaning jahon geografiyasi


-Rasm Qirg‘iziston tabiiy xaritasi va muzliklar tabiati



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix10.02.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#83704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ERGASHEVA OZODA KURS ISHI

5-Rasm Qirg‘iziston tabiiy xaritasi va muzliklar tabiati 
 


 


II.3.O‘zbekiston tog‘laridagi hozirgi zamon muzliklari. 
O‘zbekistondagi nam keltiruvchi shamollarga ro‘para bo‘lgan baland tog‘ 
yonbagarlarida yiliga 1000 mm gacha yog‘in tushadi. Baland tog‘larda asosan qor 
yoqqanligi uchun bu yoqqan qorning hammasi ham shu yili erib ulgura olmaydi va 
bir qismi keyingi yillarga qolib ketadi. SHu tarzda to‘planib qolgan eski qor uyumlari 
ko‘p vaqt otishi bilan zichlashib, muzliklarga aylanadi. SHuning uchun 
O‘zbekistonda iqlim qurg‘oqchilik bo‘lsa ham uning toglarida muzliklar vujudga 
keladi. Ozbekiston tog‘larida 547 ta muzlik bor, lekin bular kichik muzliklar. Ularning 
umumiy maydoni 332,2 km2. Respublikadagi eng yirik hisoblangan Ayutor 3 
muzligining maydoni 3,8 km2, u Toshkent viloyatida joylashgan, Qashqadaryo 
viloyatidagi Seversev muzligi maydoni esa 2,6 km2 , tengdir.Piskom daryosi 
havzasida A.Rasulov, F. Hikmatov, D.Aytboev malumotlariga kora, 250 ta muzlik 
hisobga olingan, ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ni tashkil etadi. Ayutor 
muzligi shu havzada joylashgan. Piskom havzasi muzliklarining 97% kichik muzliklar 
bolib, har birining Maydoni 2 km2 dan, uzunligi esa 1-2 km dan ortmaydi. Piskom 
havzasidagi irmoqlaridan yana biri CHotqol havzasidagi muzliklarning suv zahirasi 
4,7 km3 ga tengdir.CHirchiq daryosining katta muzliklar ham asosan kichik muzliklar 
bolib, ularning soni 124 ta, maydoni esa 51,2 km2ga etadi.O‘zbekiston toglarida 
muzliklar kam bolsa ham ular (3000 3500 metrdan yuqorida) O‘zbekistondagi ko‘p 


daryolarning to‘yinishida muhim o‘rin tutadi, chunki baland tog‘lardagi qor 
ekinlarni sug‘orishga ko‘p suv zarur bo‘lgan yoz oylarida erib, daryolarni suv bilan 
taminlab turadi. O‘zbekiston tog‘larida muzliklar Chirchiq, Qashqadaryo va 
Surxondaryo havzalarining yuqori-suvayirg‘ichlarga yaqin qismlarida joylashgan. 
Ularning "Muzliklar katalogi" bo‘yicha aniqlangan soni 550 ga yaqin bo‘lib, umumiy 
maydoni 232,2 km2 ni tashkil etadi.Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Respublikamizdagi 
tog‘ muzliklari soning 50 foizga yaqini Piskom daryosi havzasida joylashgan. Bu 
havzada 250 ta muzlik borligi aniqlandi. Ularning umumiy maydoni 127,8 km2 ga 
teng. Mamlakatimizdagi eng katta muzlik-Ayutor-3 muzligi ham Piskom havzasida 
joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 3,8 km2 ga teng. Surxondaryo havzasida 
esa jami 239 ta muzlik mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 83,6 km2 ga teng. 
Bu havzadagi eng katta muzlik CHap Qaznoq deb ataladi, uning maydoni 1,9 km2 
ga teng.Respublikamizdagi muzliklarning eng kam soni Qashqadaryo havzasida 
joylashgan. Bu havzada jami 58 ta muzlik bo‘lib, ularningumumiy maydoni 20,8 km2 
ga teng. Havzadagi eng katta muzlik Seversov muzligi bo‘lib, maydoni 2,6 km2 ga 
teng. Muzliklarning Respublikamizdagi daryolarning to‘yinishidagi ahamiyati juda 
katta. Muzliklarning gidrologik rejimini o‘rganish, ularda gidrologik tadqiqotlar olib 
borish va shu maqsadda maxsus ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish lozim. Bu esa 
kelajakda mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barqaror rivojlanishida katta foyda 
keltiradi.O‘zbekiston muzliklarini o‘rganishda Birinchi (1882-1883 y.y.), Ikkinchi 
(1932-1933 y.y.), Uchinchi (1957-1958 y.y.) Xalqaro geofizika yillari, Xalqaro 
geofizik hamkorlik (1959 y.) va Xalqaro gidrologik o‘n yillikning (1966-1975 yillar) 
ahamiyati katta bo‘ldi. Bu yillarda mamlakatimizdagi ko‘pchilik muzliklar holati 
maxsus dasturlar asosida kuzatilib turildi.O‘zbekistonda muzliklarni o‘rganish 
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet)ga qarashli 
Gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutining (GMITI) Glyasiologiya bo‘limida, 
O‘zbekiston FA Geologiya va geofizika institutining Glyasiologiya laboratoriyasida 


amalga oshirilmoqda. 1967 yilda mamlakatimiz hududidan tashqarida (Tojikiston 
Respublikasida) joylashgan Abramov muzligida GMITIning glyasiologik tadqiqotlar 
o‘tkazuvchi maxsus stansiyasi tashkil etilgan edi. Unda 1999 yil avgust oyigacha 
uzluksiz kuzatishlar va tadqiqotlar o‘tkazildi. Afsuski, shu muddatda bir to‘da 
qurollangan jangarilar stansiyani zo‘rovonlik bilan egallab oldilar. Natijada stansiya 
o‘z faoliyatini to‘xtatdi.Hozirgi kunda GMITIda "O‘rta Osiyoda glyasiologik 
tadqiqotlar" mavzuyida doimiy ravishda ilmiy to‘plamlar chop etiladi. 
O‘zbekistonning tog‘ daryolari havzalaridagi barcha muzliklarning katalogi tuzilgan. 
Bu ishlarda va umuman muzliklarni o‘rganishda N.L.Korjenevskiy, O.P.SHeglova, 
V.F.Suslov, A.S.SHetinnikov, A.A.Akbarov, G.E.Glazirin, B.A.Kamolov, L.A.Kanaev, 
V.G.Konovalov, M.A.Nosirov kabi olimlarning hissalari katta. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin