XULOSA
Yer sharidagi hozirgi muzliklariing umumiy maydoni 16-18 mln .Km2 bo’lsa,
to’rtlamchi davrda Yer yuzining ko’p qismini muzliklar qoplaganda ularning
maydoni 45 mln kv km ga yetgan, bulardan 30 mln kv km SHimoliy Yarim sharda
bo’lib, hozirgi davrda uning maydoni deyarli 15 martaga kamaygan.O’rta Osiyoning
tabiatini tekshirish bilan mashg’ul bo’lgan olim vasayohatchi N. A. Severtsov
birinchi bo’lib O’rta Osiyo tog’larida qadimgi muzliklarning paydo bulish sabablari
haqida o’z fikrini aytgan.
Uning fikricha, qadimgi davrlarda iqlim hozirgiga
nisbatanancha namli bo’lgan, shuning uchun qish faslidagi harorat hozirgiga
nisbatan past bo’lsa ham tog’larda juda ko’p qor yog’gan. O’sha
davrda
namgarchilikni asosan O’rta Osiyo tog’lari, uning shimoli vashimoli-g’arbida
joylashgan Kaspiy, Orol, Balxash ko’llari va SHimoliy Muz okeanining birlashishidan
hosil bo’lgan katta suv havzasidan olib turgan degan fikrni aytgan.Taniqli geolog
olim I. A. Preobrajenskiy O’rta Osiyo tog’larining balandligi, ya’ni ko’tarilganligiga
qadimgi muzliklarning paydo bo’lishini asosiy sabab qilib ko’rsatadi.O’rta Osiyo
tog’larini kup yillar mobaynida tekshirgai olim professor Yu. A. Sevortsov qadimgi
muzliklariiig paydo bo’lishi haqida quyidagilarni yozgan. To’rtlamchi davr
mobaynida O’rta Osiyotog’larining dengiz sathidan kuchli ko’tarilishi bu rayonning
iqlim sharoitini o’zgarishga olib kelgan. Buning ta’sirida O’rta Osiyo tog’larining
ayrim rayonlarida Yer sharining iqlimi o’zgarishga bog’lik bo’lmagan
xolda
muzliklariing kelib chikishi uchun sharoit yaratilgan.Akademik I. P. Gerasimov va
professor K.K.Markovlar tog’larning qadimgi muzliklar bo’yicha juda ko’p
materiallarni analiz qilib, qadimgi muzliklaring paydo bo’lishini tog’larda
muzlik
iqlim o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan deb xulosaga kelishdi.L. S. Berg qadimgi
muzliklar hosil bo’lishining asosiy sababchisi qilib butun yer atmosferasi
haporatining pasayishn deb ko’rsatadi. O’rta Osiyo hududida ko’p yillar davomida
tekshirish ishlari olib borgan olim professor B. A. Fedorovich qadimgi muzliklar kelib
chiqishining asosiy sababi qilib paliogen davrining oxirlarida boshlangan kuchli tog’
paydo bo’lish protsesslarini ko’rsatadi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki O’rta
Osiyo hududida qadimgi muzliklarning paydo bo’lishiga bir qancha omillar ta’sir
ko’rsatgan. O’rta Osiyodagi qadimgi muzliklarning paydo bo’lishida tog’ hosil bo’lish
jarayoni ham, iqlim o’zgarishi ham, yerning quyoshga
nisbatan xarakatining
o’zgarishi ham, yeratmosferasi haporatining pasayishi ham katta ta’sir ko’rsatgan
va bu o’z navbatida ma’lum davrda qaysidir omilning yetakchi o’ringa ko’tarilishi
bilan bog’liq.I. A. Suetovaning ko’p yillik olib borgan ishlari natijasida tog’larida
tarqalgan qadimgi muzlik maydonlari hisoblab chiqildi. Uning hisobi bo’yicha O’rta
Osiyo va Qozogiston tog’larida qadimgi muzliklar maydoni, ular juda keng tarqalgan
davrida 176 ming kv km bo’lgan, hozirgi zamon muzliklarining maydoni esa
yuqorida ko’rsatganimizdek 16,7 ming kv km dir.SHunday qilib, SHarqiy Pomir
tog’larida qadimgi muzliklar hozirgi muzliklarga nisbatan 10-15 marta katta bo’lgan.
SHarqiy Pomirda hozirgi davrda iqlim sharoiti quruq bo’lganligi
sababli hozirgi
zamon muzliklari juda kam tarqalgan.Qadimgi muzliklariing eng taraqqiy etgan
markazlaridan biri Tojikiston territoriyasidagi Zarafshon va Hisor tog’larining
orasida joylashgan Markaziy Kubistom bo’lgan. Bu rayondan Zarafshon daryosi
boshlanadi. Bu daryoning yuqori oqimida va uning
irmoqlarining vodiylarida
aniqlangan qadimgi muzliklariing uzunligi 20-40 km bo’lib, ular daraxtsimon shaklga
ega bo’lgan. Zarafshon daryosining o’zidagi qadimgi muzlikning uzunligi esa 104
kmga yetgan, ya’ni hozirgi Zarafshon muzligidan 78 km uzun bo’lgan.