Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   172
Marketing

Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi -
bu konsepsiya korxonaning 
vazifasi yakka shaxslarning talabini o‘rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali 
qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan 
iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi boshqarishning 
bozor konsepsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy 
resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyasiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining 
g‘arib holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga to‘g‘ri kelishiga bildirilgan 
shubhalar avj olib turgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor 
munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular 
xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada 
bozor marketinggi konsepsiyasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim 
ishga qo‘l urishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham o‘ylay boshlaydilar. 
Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati 
doirasida uch omilni o‘zaro bog‘liglikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma 
foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari. Bu quyidagi 2.4-rasmda o‘z 
ifodasini topgan. 
2.4 - rasm. Ijtimoiy yo‘naltirilgan marketing konsepsiyasi 
Jamiyat (insonlar farovonligi) 
Iste’molchilar (ehtiyojini 
qondirish) 
Firma (korxona) foydasi 
(foyda) 


39 
Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi.
Marketingni o‘zaro aloqaviy 
konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni 
qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi. 
Marketingni o‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar 
ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda 
– kompaniya(firma) bilan uning sheriklari o‘rtasidagi daromad olib keluvchi 
xohlagan o‘zaro aloqasi sifatida ko‘radi. 
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo‘llanish jarayoni o‘tish davri 
iqtisodiyotining xususiyatlari bo‘lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida iqtisodiyoti 
rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi natijasida moliya 
bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qo‘llash ahamiyati yanada ortdi. 
Marketing evolyusiyasi marketing konsepsiyasini, shaklini va elementlarini 
o‘zgarishi bilan kuzatiladi. Quyidagi 2.3-jadvalda marketing evolyusiyasini nazariy 
asoslari, uslublari, qo‘llash sohalari bilan tanishib chiqamiz. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin