Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Biznes bozorlari va xaridorlarning ishbilarmonlik xarakati



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/146
tarix15.06.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#130547
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146
0cadf6fa48921eb6a5c5120acb7ef572 Marketing asoslari

 
4.3. Biznes bozorlari va xaridorlarning ishbilarmonlik xarakati 
Tadbirkorlik bozori juda ham ulkan hisoblanadi. Jumladan, tadbirkorlik bozorlari 
iste’molchi bozorlaridagidan ko’ra katta mablag’dan tashkil topganligi bilan ajralib 
turadi. Misol uchun, birgina Goodyear shinalarini ishlab chiqarish va sotuvi bilan 
bog’liq bo’lgan biznes tranzaksiyalarning naqadar ko’pligini eslang. Ko’pgina 
yetkazib beruvchilar Goodyearga shina ishlab chiqarish uchun rezina, temir, asbob – 
uskunalarni yetkazib berishadi. Korxona bundan keyin, tayyor shinalarni ulgurji 
tadbirkorlarga sotishadi, ular esa o’z navbatida iste’molchilarga sotishadi. Ko’rinib 
turibdiki, birgina iste’molchi xaridi uchun tadbirkorlar bir necha xaridlarni amalga 
oshiradi.
Qo’shimchasiga, Goodyear tayyor shinalarni mashina ishlab chiqaruvchilarga 
ham sotadi. 
Ayrim joylarda, tadbirkorlik bozorlari, iste’molchi bozorlariga o’xshash. Har 
ikkalasi ham iste’molchi ehtiyojlarini qondirish uchun hom ashyo xarid qiladi. Zero, 
ularni bir biridan farq qildiruvchi ko’p omillar ham mavjud. Asosiy farq, bozor tuzilshi 
va talabida, xaridorlarida, qaror va qaror qabul qilish jarayonlarida yotadi.
Tadbirkorlik bozorlarida iste’molchi bozoriga nisbatan ancha kamroq va shu bilan 
birga ancha yirikroq bo’lgan xaridorlar bilan ish yuritiladi. Hattoki katta tadbirkorlik 
bozorlarida, talabning katta qismi bir necha xaridorga to’g’ri keladi. Misol uchun, 
Goodyear o’z shinalarini iste’molchilarga sotganida, uning potensial xaridorlarini 
dunyo bo’ylab millionlab mashina egalari tashkil etadi. Zero, uning taqdiri sanoqli 
mashina ishlab chiqaruvchilarning buyurtmalariga bog’liq. 
Tadbirkorlik talabi hosil qilingan talab hisoblanadi, u iste’mol mahsulotlariga 
bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 
Ekstremallar bilan o’zaro aloqasini yanada chuqurlashtirish maqsadida, Gore 
hattoki, ekstremallar uchun mo’ljallan-gan, foydalanuvchilar o’z taassu-rotlarini, 


86 
videolarni ulashuvchi, mutaxasislar bilan maslaxatla-shuvchi, boshqa brendlarga 
tegishli buyumlar haqida ma’lumot oluvchi, “Experience More” online jamiyatiga 
homiylik qiladi. “Qaysi brendga tegishli kiyimni sotib olishingizdan qat’iy nazar, u 
Gore-Tex dan qilingan, demak u sizni quruq saqlaydi” deb yozilgan saytda

Ko’pgina tadbirkorlik bozorlari no elastik va suzib yuruvchi talabga ega. 
Ko’pgina mahsulotlarga bo’lgan yalpi talabga, narxdagi o’zgarishlar ta’sir etmaydi, 
ayniqsa qisqa davrda.
Charm narxi tushib ketishi, oyoq kiyimning narxi tushib ketib, unga bo’lgan 
iste’molchilarning talabi oshib ketmagungacha, oyoq kiyim ishlab chiqaruvchilar uni 
ko’proq xarid qilishiga olib kelmaydi. Tadbirkorlar uchun mahsulot va xizmatlarga 
bo’lgan talab, iste’molchi mahsulotlariga bo’lgan talabdan ko'proq o’zgarish 
xususiyatiga ega. Iste’molchi mahsulotlariga bo’lgan talabning o’sishi, tadbirkorlar 
uchun mahsulotlarga bo’lgan talabning ham o’sishiga olib keladi. 
Iste’molchi xaridlari bilan solishtirganda, tadbirlorlik xaridlarida ko’proq qaror 
qabul qiluvchilar va ko’proq professional xarid harakatida qatnashadi. Ko’p hollarda, 
xarid, vaqtini faqat qanday qilib yaxshiroq xarid qilishni o’rganishga sarflaydigan, 
professional xarid agentlari tomonidan tadbirkorlik xaridi bajariladi. Mahsulot 
qanchalik murakkab bo’lsa, uni xarid qilishda qaror qabul qiluvchilari soni shunchalik 
ko’p bo’ladi.
Mahsulot xarid qilishda, xarid komiteti va kompaniya boshqaruvchilari 
qatnashishlari odatiy hol.
Tadbirkor xaridorlar, iste’molchilarga qaraganda, murakkab-roq qaror qabul 
qilish jarayonidan o’tishadi. Tadbirkor xaridlari ko’pincha o’z ichiga, katta miqdordagi 
pul, murakkab texnik va iqtisodiy o’rganshlar va kompaniya a’zolari o’zaro 
munosabatini, o’z ichiga oladi.
Tadbirkor xaridlari shuningdek uzoqroq va ko’proq formallashgan bo’lishi bilan 
ham ajralib turadi. Katta tadbirkor xaridlarida, mahsulotni uzoq o’rganish, muqobil 
yetkazib beruvchini tanlash va formal rozilik bo’ladi. 
Shuningdek, tadbirkor xarid jarayonida, sotuvchi va xaridor bir biriga ko’proq 
bog’liq. Yetkazib beruvchi kompaniya marketologlari xaridor kompaniyaga yaqindan 


87 
ko’mak ko’rsatishadi, muammolarini yechishga yordam berishdan, sotuvdan keying 
jarayongacha. Qisqa davrda, sotuvchilar, xaridor dolzarbtalabini qondira oladigan 
yetkazib beruvchilarga borishadi. Uzoq davrda, marketologlar iste’molchi talablarini 
kuzatadi va ularga muammolariga yechim topishga ko’kamlashishadi. Misol uchun, 
Dow Performance Plastics, mahsulotlarini insdustral xaridorlarga shunchaki sotmay, 
balki ular bilan birga ishlab, ularga muvaffaqiyatga erishishlariga yaqindan 
ko’maklashishadi. 
Marketologlar, tadbirkor xaridorlar turli xil marketing siyosatlariga qay darajada 
javob qaytarishini aniqlash muhim hisoblanadi. 4.5 – rasm, tadbirkor xaridor xulqi 
modelini ko’rsatadi. Bu modelda, marketing omillari xarid qilib oluvchi tashkilot 
marketing yoki boshqa omillar natijasida xarid xulqing o’zgarishi va shu ta’sirlar 
natijasida qanday hatti – harakatlar qabul qilishi ko’rsatilgan. Muqobil marketing 
strategiyalarini tashkil etish maqsadida, marketologlar tashkilot, korxonalarda tashqi 
ommilar ta’sir etganda nima sodir bo’lishini aniqlash muhim hisoblanadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin